Farg’ona davlat universiteti fizika kafedrasi Umumiy astronomiya kursidan masalalar to’plami Farg’ona – 2017
§ 4. Yoritgichlarni chiqishi va botishi
Download 352.5 Kb.
|
UMUMIY ASTRONOMIYA masalalar to\'plami
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mavzuga doir masalalar yechish
§ 4. Yoritgichlarni chiqishi va botishi.
Asosiy iboralar: balanndlik, azimut, refraksiya. Geografik kenglamasi - ga teng bo’lgan kuzatish joyida soat burchagi t va og’ishi bo’lgan yoritgichning zenit masofasi sferik trigonometriya quyidagi formulasi bo’yicha aniqlanadi cosZ = sin sin+cos cos cost (8.1) Yoritgichlar chiqayotganda va botayotganda ularning zenit masofasi Z=900 ga teng (cosZ=0) bo’lib yuqoridagi formuladan cost = - tg tg (8.2) ekanligini topamiz. Bu tenglikdan foydalanib, yoritgichlar chiqayotgandagi yoki botayotgandagi soat burchaklari kuzatish joyining kenglamasi va yoritgichning og’ishiga ko’ra aniqlanadi. Yuqoridagi oxirgi tenglama 2 – ta +t va –t ga teng bo’lgan ildizlarga egadir. Yoritgichlar chiqayotganda minus alomati va botayotganda esa plyus alomati bilan olinadi. Botish va chiqishni yulduz vaqti S=t+ - ga tengdir, - yoritgichning to’g’ri chiqishi. Quyosh uchun ma’lum, ki t haqiqiy mahalliy Quyosh vaqtini ifodalaydi. O’rtacha Quyosh vaqtini topish uchun t – ga vaqt tenglamasini qo’shish kerak. Gorizontal koordinatalarni ekvatorial koordinatalarga aylantirish formulasidan sin= sin cosZ - cos sinZ cosA Z = 900 bo’lganda cosA= (8.3) ekanligini topamiz. Bu formula chiqayotgan va botayotgan yoritgichlarni azimutini topish imkonini beradi. Bu tenglama ham ikkita yechimga ega bo’lib, bittasi chiqish ikkinchisi botishni ifodalaydi. Chiqish uchun A>0 dir. Refraksiya yoritgichni gorizontdan yuqoriga ko’taradi. Gorizontni yaqinida refraksiya 35/ teng bo’lganligi uchun, yoritgichni ko’rinma chiqish paytida yoki botish paytida uning zenit masofasi 900 emasu 90035/ - ga teng bo’ladi. Natijada yuqorida keltirilgan formulalar murakkablashadi. Oy va Quyosh burchak radiusi 16/ teng ekanligi uchun bu yoritgichlarni zenit masofasi (ularning og’ishi - ga ham taalluqli) 90035/+16/=90051/ ga teng bo’ladi. sos90051/ - ni uning qiymati –0, 0148 –ga almashtirib, quyidagi formulani topamiz. cost= -(0, 0148 sec sec+tg tg) (8.4) Z=90051/ ekanligini sin=sin cosZ - cos sinZ cosA formulaga qo’yib (8.5) ekanligini topamiz yoki (8.6) Quyosh va Oyning chiqishi va botishi momentlariga yana sutkali paralaks ham ta’sir ko’rsatadi. Lekin sutkali paralaksni hisobga olinishi ularni zenit masofasini hamasi bo’lib 9// sekundga kamaytiradi. Mavzuga doir masalalar yechish: Yulduz shimoliy – sharqdan chiqib, shimoliy - g’arbga bota oladimi? Janubiy - g’arbda chi? Javob: Yoritgichlarni chiqishi va botishi Yerning o’z o’qi atrofida g’arbdan sharqga tomon harakati tufayli vujudga keladi, shuning uchun shimoliy - sharqda chiqqan yoritgich shimoliy - g’arbda botadi. Janubiy - g’arbda bota olmaydi. Yoritgichning og’ishi 00 – ga tengdir. Uning azimuti va chiqish hamda botish momentlarini toping. Javob: Bunday yoritgich aniq ekvator yoyi bo’yicha harakat qiladi. Shuning uchun u aniq sharq nuqta Ye – da chiqib, g’arb nuqta W – da botadi. Shuning uchun chiqishida A=t=2700 va botishida A=t=900 bo’ladi. Gorizont tekisligidan yuqorida 12 soatdan kam vaqt ko’rinuvchi yulduzlar gorizontning qaysi nuqtalari orasida chiqib, qaysi nuqtalari orasida botadi? 12 soatdan ko’p vaqt ko’rinuvchi yulduzlar chi? Javob: Gorizontning janub – S va sharq - E nuqtalari orasida chiqib, janub – S va qarb – W nuqtalari orasida botuvchi yulduzlar gorizont ustida 12 soatdan kam bo’lsa, gorizontning shimoliy – N va sharqiy – Ye nuqtalari orasida chiqib, shimoliy – N va qarbiy – W nuqtalari orasida botadigan, yulduz gorizont tekisligidan yuqorida 12 soatdan ko’p bo’ladi. Yoritgichning chiqishida uning paralleli gorizont tekisligi bilan ψ burchak hosil qilsa, u holda cos ψ =sin φ sec δ ekanligini isbotlang, bunda φ kuzatish joyining geografik kenglamasi, δ yoritgichning og’ish aylanasi. Download 352.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling