Farg’ona davlat universiteti fizika kafedrasi Umumiy astronomiya kursidan masalalar to’plami Farg’ona – 2017
Download 352.5 Kb.
|
UMUMIY ASTRONOMIYA masalalar to\'plami
- Bu sahifa navigatsiya:
- Sinov savollari
Mustaqil yechish uchun masalalar:
Qachon sutka davomida Quyoshning zenit masofasi 900 – ga teng bo’ladi? Shimoliy – sharqda chiqqan yulduz gorizontning qaysi nuqtasidan botadi? Bu holda chiqish va botish nuqtalarining azimutlari nimaga teng? To’g’ri chiqishi 40, og’ishi 00 bo’lgan kometa 21 sentyabr kuni soat nechada chiqadi? 13 noyabr kuni Quyosh qaysi geografik kengliklarda chiqmaydi? Quyoshning bu kundagi qutb masofasi 1080 – ga tengdir. Qaysi geografik paralleldan boshlab tungi va ertalabki astronomik sumerkalar kechasi ustma - ust kelmaydi? Ko’rsatma: Grajdancha sumerkalar Quyosh markazi gorizont tekisligidan 60 – ga tushganda tamom bo’lsa, astronomik sumerka Quyosh markazining balandligi h= -180 bo’lganda tamom bo’ladi. Ikkita yulduz berilgan bo’lib, ularning og’ishlarini son qiymati teng alomatlari qarama - qarshidir. Ulardan birining chiqish nuqtasi, ikkinchisini botish nuqtasiga diametral qarama - qarshi ekanligini isbotlang. 27 avgust kuning uzunligi Grinvichda uzunroqmi yoki Irkutskdami? Bu joylarning geografik kenglamalari o’zaro teng bo’lib, Irkutsk Grinvichdan 7h – ga sharq tomonda joylashgan. (Javob: Grinvichda avval.) - orion yulduzining (= -0, 21/) Toshkent shahri (=41020/) uchun botish nuqtasi va chiqish nuqtasini soat burchagini va azimutini aniqlang. (Javob: Chiqish va botish soat burchagi 18h va 6h bo’lib, azimuti mos ravishda 2700 va 900.) Refraksiyani hisobga olmasdan to’g’ri chiqishi (=6h39m,7) va og’ishi (=+25012/) bo’lgan yulduzni Moskva shahrida (=55045/) chiqishi va botishini yulduz vaqtlari va azimutlarini aniqlang. (Javob: tch=15h5m,1; tb=8h54m,9; Ach=22005/; Ab=13909/.) Pulkova (=59046/,3) uchun Veganing (=18h34m36s, =+38043/,6) chiqish nuqtasini yulduz vaqti va azimutini toping. (Javob: Vega Pulkovada chiqmaydigan yulduz.) Chiqish paytida gorizont bilan sutkali parallelli =sin sec ekanligini isbotlang. Bunda - geografik kenglama, -yoritgichni og’ish koordinatasi. Sinov savollari: Yoritgichlar osmon sferasining qaysi tomonidan chiqib qaysi tomonida botadi. Yoritgichlar chiqayotganda va botayotganda ularning zenit masofasi qanday bo’ladi. Refraksiya yoritgich balandligiga qanday ta’sir ko’rsatadi. Quyoshning 22 mart kuni azimutini aniqlang. Download 352.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling