Farg’ona davlat universiteti harbiy fakultet


O’rta Osiyo xalqlarining mo’g’ul-tatar bosqinchilariga


Download 0.59 Mb.
bet11/54
Sana19.06.2023
Hajmi0.59 Mb.
#1626758
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   54
Bog'liq
ҲАРБИЙ ТАРИХ МАЪРУЗА МАТНИ

5. O’rta Osiyo xalqlarining mo’g’ul-tatar bosqinchilariga
qarshi kurashi.
Chingizxon qo’shinlarining O’rta Osiyoga bostirib kirishi.
Chingizxon O’rta Osiyoga boshlayotgan harbiy yurushiga juda katta ahamiyat beradi va unga alohida qunt bilan tayyorgarlik ko’rmoqda edi. Harbiy harakatlar boshlanguncha qadar raqib harbiy kuchlarining miqdori va tayyorgarlik darajasi xaqida O’rta Osiyolik savdogarlardan bilib olgan ma’lumotlar diqqat bilan o’rganib chiqiladi. Demak, ko’pgina burjua muarrixlari ta’kidlaganidek, Chingizxonning O’rta Osiyoga bostirib kirishi ko’chmanchi mo’g’ullarning betartib va ko’r-ko’roni harakati bo’lmay, balki oldindan belgilab olingan reja bo’yicha puxta o’ylab qilingan xujumi ekan. Istilochilarning yo’lida odamlarning murdalari va kuyib kulga aylangan shaharlarning xarobalarigina qolgan edi. Bu bilan mo’g’ullar o’zlarining naqadar shafqatsizliklari Bilan, bu siz ham tinkasi qurigan xalqni daxshatga solardi. Movaraunnaxrni ishg’ol qilish uchun Chingizxon o’zining 200 ming kishilik qo’shinini uch qismga bo’ladi. O’trorni qamal qilishga O’g’aday va Chig’atoyni yuboradi, Juchi esa Qizilqum osha Xorazmga yo’l oladi, Chingizxonning o’zi esa Toshkent orqali Buxoroga yo’l oladi.
1219 yilning sentyabrida mo’g’ullar O’trorni qamal qiladi. Chig’atoy bilan O’g’aday bu shaharni ishg’ol qilaman deb besh oy urinadi. Faqat 1220 yilning yanvariga kelgandagina a’yonlardan birining sotqinligi tufayli mo’g’ullar shaharga yorib kirishga muvaffaq bo’ldilar. Ular odamlarni asir olmasdilar, qimirlagan jon borki, qilich tig’idan o’tkazilar edi. Shahar boshdan oyoq vayron etilib, uning o’rnida xarobalargina qoldi.
1220 yilning fevralida Chingizxon Buxoroni zabt eta boshlaydi. Ruxoniylar bilan zodagonlar shaharni sotib qo’yadilar. Ular aholi uchun kutilmagan bir holda shahar darvozalarini mo’g’ullarga ochib beradilar. Faqat bir necha yuz botir Arkga yashirinib oladi-da, o’n ikki kun mobaynida uni dushmanlardan qaxramona himoya qiladi. Ularning hammasi halok bo’ladi, dushman esa shaharga o’t qo’yib kulini ko’kga sovuradi.
1220 yilning martida Chingizxon Samarqandga Yaqinlashadi. Samarqand aholisi, eng avvalo mehnatkash xalq shahar uchun jonini berishga tayyor edi. Ular qaxramona qarshilik ko’rsatadilar. Ammo ruhoniy zodagonlar bu erda ham shahar darvozalarini dushmanga ochib beradilar, Mo’g’ullar Samarqandni ayamay vayron etadilar, minglab aholini qirib tashlaydilar, qo’li gul usta, hunarmandlarni esa asir oladilar.
Bosqinchilar Sirdaryoning hayot buloqday qaynab turgan yuqori va quyi oqimi tomon harakat qilishda davom etadilar. Sig’noq, Jand, Banokent shaharlarini ishg’ol qiladilar. Chingizxon qo’shinlari Xo’jand shahrini ham qamal qiladi. Shahar himoyachilarining bir dastasi Temur Malik rahbarligi ostida daryodagi bir orolchada o’rnashib olgan edi. Tong oldidan ular mo’g’ullar egallab turgan qirg’oqqa pisib keladilar-da, dushman istehkomlariga qo’qqisdan xujum qiladilar, dambalarni buzadilar. Dushman o’qlaridan himoya qilish uchun ular kemalarga qalin kigiz qoplab, otilgan portlovchi moddadan yonib ketmasligi uchun kigiz betini loy bilan shuvab olgan edilar. Xalqdagi bu rivoyatga ko’ra Temur Malikning yo’lini to’sish uchun mo’g’ullar daryoning u qirg’og’idan bu qirg’og’igacha quyma zanjir tortib qo’yishgan ekan. Biroq pahlavon jangchi oqim bo’ylab suzib ketayotgan kema uchida turib qaddini ozod ko’taradida, bir hamla bilan zanjirni cho’rt uzib yuboradi va quroldosh do’stlariga yo’lni ochib beradi. Qirg’oqqa tushgach, Temur Malik Xorazm tomon chekinadi.
1220 yilning yoziga kelib Movaraunnaxrning Sharqiy va markaziy qismi mo’g’ullar qo’liga o’tadi. Xorazmshox bo’lsa urushning daxshatli avzoyini ko’rib, qo’rqqanidan uncha katta bo’lmagan harbiy dastasi bilan Kaspiy dengizidagi bir orolga boshlab ketadi va o’sha yoqda dunyodan o’tadi.
1220 yilning kuzida Chingizxon Termizni qamal qiladi va bo’ysundiradi. 1221 yilning boshlarida mo’g’ullarni Xorazmshoxlarning poytaxti Urganchga yaqinlashib keladilar. Shaharni himoya qilish uchun bu erda Xorazmshoxning o’g’li Jaloliddin, Temur Malik, qo’shin sarkardalari yig’ilishadi. Chingizxon esa shaharni qamal uchun o’g’illari Chig’atoy bilan Juchini 50 minglik qo’shin va juda katta miqdordagi asirlarga bosh qilib jo’natadi. Besh oylik qamaldan keyin amir Xumar Teginning sotqinligi tufayli shahar mo’g’ullarga berib qo’yiladi. Junbushga kelgan mo’g’ullar Amudaryodagi dambani buzib, shaharni suvga bostiradilar, xalqni talab, qirib, Urganchni xarobazorga aylantiradilar. Tarixiy Urganch fojeasi Xorazmshoxlar davlatning inqirozini bildirar edi. Movaraunnaxr va Xorazmning bepoyon xududlari Chingizxon davlati tasarrufiga o’tdi. Ammo Chingizxon va uning galalari bilan kurash hali o’z nixoyasiga etgan emas edi. Bu kurashning asosiy sardori va bayroqdori sulton Jaloliddin Manguberdi edi.

Download 0.59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   54




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling