Farg’ona davlat universiteti harbiy fakultet
O’rta Osiyo xalqlari va Turk xoqonligi
Download 0.59 Mb.
|
ҲАРБИЙ ТАРИХ МАЪРУЗА МАТНИ
2. O’rta Osiyo xalqlari va Turk xoqonligi.
Eftalitlar davlati Turk xoqonligi tomonidan mag’lubiyatga uchraydi. Bu davlat birlashmasini eramizning I asrdan boshlab Oltoyda yashagan ko’chmanchi qabilalar vujudga keltirgan edi. Xitoylar bu qabilani tukuyu deb atar edilar. Keyinchalik bu so’z «Turk yut» (Turklar) deb talaffuz qilina boshlab, kuchli, baquvvat degan ma’noni anglatardi. Bu birlashmaga uyg’urlar (mo’g’ulistonda yashaydigan), qirg’izlar (Enisey xavzasida yashaydigan) va o’g’uzlar (Oltoy va Tyang’-Shang’ O’rtasida ko’chib yuradigan) kirar edi. Turklar O’rta Osiyoning iqtisodiy va madaniy taraqqiyotiga muxim xissa qo’shdilar. O’z navbatida, ular O’rta Osiyo xalqlarining (so’g’dliklar, xorazmliklar va x.k.) madaniy yutuqlarini ham o’zlashtirib oladilar. Kushonlar va eftalitlar davrida boshlangan iqtisodiy o’sish turklar davrida ham davom etadi. Mamlakat asta-sekin quldorlikka nisbatan ijtimoiy hayotining xiyla ilg’or shakli bo’lmish er egalari tuzumiga o’ta boshlaydi. Vizantiya, Xitoy hamda O’rta Osiyoning buyuk olimi Abu Rayxon Beruniy (X-XI asrlar) ning ma’lumotlaridan bizga ayonki, bu davrda O’rta Osiyoda 15 ta mustaqil mamlakat bo’lgan edi. Sharqiy Turk xoqonligi Xitoyga bir necha bor yurushlar qilgan va xitoyliklarni xar kuni 1000 bo’lak miqdorida ipak , o’lpon to’lashga majbur etgan edi. Biroq, 589-617 yillarda Xitoyda xokimiyat tepasiga Suy dinastiyasi kelgach, mamlakat iqtisodiy yuksalib ichki hayotda ijobiy o’zgarishlar boshlandi. Shundan so’ng Turk xoqonligi kuchlari Xitoyliklar bilan bo’lgan to’qnashuvda mag’lubiyatga uchradi. Xoqonlik xalq xo’jaligi inqiroz sari yo’l tutdi, mamlakatda ochlik va qashshoqlik kuchaydi. Beklar o’zlarining turkcha nomlarini tashlab xitoycha nomlarini qabul qildilar va ularning xoqonlariga bo’ysundilar. Bu hol natijasida kambag’allar va zodagonlar o’rtasida sinfiy kurash kuchaydi. VII asr boshlarida g’arbiy Turk xoqonligi yana yuksalish sari yo’l tutadi. Bu yuksalish Xitoyda Suy sulolasining qulashi davriga to’g’ri keladi. Tan sulolasi xukumronligi (618-907) davrida Xitoy bilan Turk xoqonligi O’rtasida qizg’in munosabatlar o’rnatiladi. Buxoro, Samarqand, Ishtixon va boshqa shaharlardan Xitoyga elchilar bilan sovg’a-salomlar kelib turardi. 630 yildan e’tiboran g’arbiy Turk xoqonligi chegaralari kengayib eftalitlar davrida bo’lgani singari Xind daryosi qirg’oqlarigacha etib boradi. Shaharlarning o’sishi oqibatida Xitoy va Eron bilan savdo munosabatlari jonlandi. Savdo karvonlari Marv orqali Chorjo’y, Buxoro, Samarqand, Choch, Isfijob, Talas, Siyob va Sharqiy Turkiston vohasigacha borgan. Xitoyliklar VII asrning 30-yillarida Turklarni yana mag’lubiyatga uchratganlar. Natijada 659 yilda bir necha mag’lubiyatdan so’ng turklar Xitoy oliy xokimiyatini tan olganlar. 660 yillarda esa Xitoyliklar Markaziy Osiyo xududlarida ham xuddi o’zlaridagi kabi ma’muriy uslubiy boshqaruvni joriy qilmoqchi bo’ldilar, ammo bu ishni eplay olmadilar. Chunki, 670 yilda tibetliklar Sharqiy Turk xoqonligini tashkil etdi. Bu voqea Xitoy ma’murlarining diqqat- e’tiborini Markaziy Osiyodan chalg’itib Tibetga qaratishga majbur qildi. VII asrning oxirlarida Markaziy Osiyo xududlarida Turk xoqonligini qaytadan tiklashga bir qadar urinishlar bo’ldi. Biroq bu ishni amalga oshirib bo’lmadi. G’arbdan arablar Movaraunnaxr ustiga yopirilib, bostirib keldilar. Download 0.59 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling