Farg’ona davlat universiteti harbiy fakultet


Eramizning IV-I asrlarida O’rta Osiyo xalqlarining qurollanishi va harbiy san’ati


Download 0.59 Mb.
bet4/54
Sana19.06.2023
Hajmi0.59 Mb.
#1626758
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   54
Bog'liq
ҲАРБИЙ ТАРИХ МАЪРУЗА МАТНИ

3. Eramizning IV-I asrlarida O’rta Osiyo xalqlarining qurollanishi va harbiy san’ati
Eramizning IV asriga kelib O’rta Osiyoda aslaxasozlik ishi eng yuqori rivojlanish darajasiga ko’tarildi. Xujum qurollaridan temir xanjar va qilich keng qo’llanila boshlandi. Qilichning uzunligi goho 1-2 m ga etar edi. Ko’pincha sagaris degan jang oyboltasi qo’llanilar edi. Brinch yoki temir uchli uzun nayzalarining axamiyati ayniqsa zo’r edi. Uzoqdan turib jang qilishda o’q-yoydan foydalanilar edi. Gerodotning xabar berishicha, jangchilar o’zlarini temir qalqonlar bilan himoya qilganlar. Asosan misdan yasaladigan dubulg’alar jangchilarning boshini omon saqlagan. Otlarning ko’kragiga ham temir qalqon taqilgan. Bulardan tashqari jangovar aravalar jang chog’ida sipoxiylarning ishonchli hamrohlari bo’lgan.
Umumshahar istehkomlari bilan bir qatorda yirik shaharlarni minora va minaklari, osma darvozalari bo’lgan qudratli devorlar ximoya qilgan. Ko’pincha bunday shahar qalhalar suvga to’ldirilgan keng xandaq (zovur) bilan o’rab olingan. Jang olib borishning yana bir mashhur usullaridan biri - bu uzoqni ko’zlovchi (strategik) chekinish bo’lib, otliq sarbozlarga goh hamla qilishar, goh ko’zdan g’oyib bo’lishar, goh shiddatli zarba berish uchun hech kim o’ylamagan tomondan paydo bo’lib qolishar edi. Lekin aksariyat hollarda jang cho’l tomondan qilingan hamla bilan boshlanib, bunda himoyaga o’tib olgan raqiblar ustiga ot qo’yib yopirilgancha nayza va o’q yomg’irini yog’dirishgan. Ikki taraf qo’shinlari bir-biri bilan to’qnashib, aralashib ketgandan keyin esa chinakamiga qo’l kuchi va nayzavozlik jangi boshlangan. Jang o’zining hal qiluvchi pallasiga etay deganda zahira (rezerv)ga qo’yilgan lashkarlari ishga tushgan.
4. Iskandar Zulqarnayning O’rta Osiyoni bosib olishi.
Milloddan avvalgi 336 yilda Iskandar qo’shinining ilg’or qismi Gallespont (Dardanel) bo’g’ozidan kechib o’tadi, biroq hali urushga kirishmasdanoq kichik Sharqda fitna qo’zg’alib Filipp o’ldiriladi.
Otasi boshlagan urushni 334 yilda o’g’li davom ettiradi. 30.000 kishilik piyoda, 5000 suvoriy va 150 ta kema bilan qurollangan Aleksandr Makedonskiy 10 yil mobaynida Suriya, Fininiya, Misr, Eron, Turonni zabt etdi va Xindiston sari yurdi.
Iskandar askarlari O’rta Osiyo tuprog’ida milloddan avvalgi 329 yilda paydo bo’lishdi.
Iskandar zolimlikda otasidan ham oshib tushadi. U Axmoniylar davlati bilan urushga tayyorgarlik ko’ra boshlaydi. Erondan kelayotgan xabarlar tufayli Iskandar Zulqarnayni A’moniylar davlatidagi o’zaro nizolar, ijtimoiy va iqtisodiy tangliklardan yaxshi xabardor bo’lib turardi. Eramizgacha 334 yilda Granik daryosi va Ies sha’ridagi janglarda yunon makedon qo’shini ahamoniylar qo’shinini sharmandalarcha mag’lubiyatga uchratadi. Iskandar Kichik Osiyoni, shom (Suriya) ni, Falastinni, Finikiya va Misrni bosib oladi. 331 yilda Gavgamel ostonalarida Doro III qo’shini yakson qilib tashlandi, uning o’zi esa qochib qoladi. Iskandar uni asirga tushirishga harakat qilib ta’qib eta boshlaydi. Bu paytda ahmoniy zodagonlar orasida fitna uyushtirishlar avjga chiqmoqda edi. Ular Doro III ni qo’lga oladilar va qatl etadilar, ahamoniylar shohining qarindoshi Bessni shoh deb e’lon qiladilar. Bess yunon makedon qo’shinlariga zarba berish uchun kuch to’play boshlaydi. Kuchlar nisbati O’rtasidagi farq juda katta edi, shuning uchun u O’rta Osiyo xududlari tomon chekinishga majbur bo’ladi.

Download 0.59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   54




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling