Farg’ona davlat universiteti harbiy fakultet


Feodal tuzumidagi Markaziy Osiyoni Arablar tomonidan bosib olinishi


Download 0.59 Mb.
bet9/54
Sana19.06.2023
Hajmi0.59 Mb.
#1626758
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   54
Bog'liq
ҲАРБИЙ ТАРИХ МАЪРУЗА МАТНИ

Feodal tuzumidagi Markaziy Osiyoni Arablar tomonidan bosib olinishi.

Markaziy Osiyoning qulay va go’zal tabiiy iqlim sharoiti hamda behisob boyliklari hamisha arablarning diqqat-e’tiborini o’ziga tortib kelgan. Manbalarning ma’lumotlariga qaraganda, arablar 651 yilda Markaziy Osiyo chegaralari Mavr, Xirot va Balx xududlarida paydo bo’ladilar.
Arab bosqini arafasida Movaraunnaxr xududida feodal tarqoqlik xukum surgan. Bu erda 15 dan ortiq kichik-kichik davlatlar bo’lib ular o’zaro urushlar olib borar edilar. Bu xol arablar tomonidan Markaziy Osiyo erlarini bosib olishni engillashtirdi. Arab bosqini ikki bosqichda olib borildi. Birinchi bosqich 705 yilgacha bo’lgan davrni o’z ichiga oladi. Bu davrda arablar Vatanimiz xududiga vaqti-vaqti bilan xujumlar uyushtirib turdilar. Mamlakat boyliklarini taladilar, ko’plab odamlarni qul qilib o’z yurtlariga olib ketadilar va o’lkani bosib olish maqsadida harbiy ma’lumotlar to’plash bilan shug’ullanganlar.
Markaziy Osiyo erlariga birinchi bor lashkar tortib kelgan xukmdor Ziyod bin Abu So’fyondir. U 666 yilda Sirdaryo bo’ylarigacha keladi. Mavrni egallab katta boylik va o’ljalar olib yurtiga qaytib ketadi. To’rt yildan so’ng 670 yilda Ziyodning o’g’li Ubaydullox Ziyod yana Buxoroga qo’shin tortib keladi. U Boykand va Romiton erlarini egallaydi. Bu erda Buxoro taxtini malika Xotun boshqarar edi. U Buxoro xukmdori bevaqt olamdan o’tgan Bidun Buxorxudotning bevasi bo’lib o’g’li Toqshoda yosh bo’lganligidan davlatni o’zi boshqarmoqda edi. Xotun oqila va tadbirkor bo’lganligidan aholi qirg’in bo’lmasligi va mamlakatni vayronalikdan saqlab qolish maqsadlarini ko’zlab, Ubaydullox bilan sulh bitimi tuzadi va arablarga xar yili bir million dirham tovon to’lab turish majburiyatini oladi. Shunday qilib saxroyi arablar dunyoning eng qadimiy va madaniy o’lkalaridan biri bo’lmish Movaraunnaxrni o’z mustamlakalariga aylantiradilar. Movaraunnaxr xududida yashagan ajdodlarimiz ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy va madaniy taraqqiyotda saxroyi arablarga qaraganda anchagina oldinda edilar. Nima sababdan ularni arab istilochilari nisbatan tez va oson bosib oldilar.
Buning sabablari o’lka xalqlari O’rtasida ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy birlikning bo’lmaganligi va feodal tarqoqlikning mavjudligidir. Arablar Movaraunnaxr erlariga bostirib kelgan paytda o’lkada bir-biriga dushman bo’lgan 15 dan ortiq kichik-kichik feodal davlatlar bor edi. Bu xoldan arablar ustalik bilan foydalandilar. Arablar ko’chmanchi Turk qabilalari bilan maxaliy o’troq halqlar O’rtasida mavjud bo’lgan qarama-qarshiliklardan ham foydalandilar. Arablar Movaraunnaxrga qadar juda ko’plab boshqa mamlakatlar va aholi xududlarini bosib olgan edilar. Ular bu mamlakatlarning aholi kuchlari moddiy boylik imkoniyatlaridan Ona tuprog’imiz xududlarini bosib olish chog’ida foydalandilar. Arablar Movaraunnaxr xududlariga bostirib kelganlarida bu erda ko’p dinlilik xukum surardi. Bu hol arablarga qarshi o’lkamiz xududi xalqlarining birlashuviga to’sqinlik qildi va arab bosqinchilarining g’alabasini engillashtirdi.
Arablar Movaraunnaxrning tabiiy er osti va er usti boyliklarini talash bilangina cheklanmadilar, ular xalqni qattiq ekspluatatsiya qilish va ishlatishdan keladigan boyliklardan qanoat hosil qilmadilar. Maxalliy xalq kelgindi arablarga og’ir miqdordagi soliqlar-«Juzya», «Xiroj», «Zakot», «Ushr» deb nom olgan soliqlarni to’lashga majbur qilinar edi.
Arablar madaniy taraqqiyotda maxalliy xalqdan orqada bo’lsalarda o’zlarini xar tomonlama ustun qo’yar edilar, erli aholini nazar-pisand qilmasdilar. Ular biz oqsuyak «Xo’jalar», «Saxobalar», va «Saidlar» avlodidanmiz deb gerdayar edilar. Bizning davrimizgacha saqlanib kelayotgan almisoqdan qolgan «Xo’jalar» va «Qoralar» degan tushunchalar mavjud ijtimoiy tengsizlikning bir ko’rinishi sifatida o’sha davrdan qolgan sarqitdir. Albatta arab istilochilarining maxalliy xalqga nisbatan o’tkazgan bunday adolatsizlik va zulmkorlik siyosatlari ommaning keskin norozilik harakatlari va qo’zg’olonlari uyushtirilishiga sabab bo’lgan.

Download 0.59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   54




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling