Farg’ona davlat universiteti harbiy fakultet


Arab istilochilariga qarshi Muqanna boshchiligidagi qo’zg’olon


Download 0.59 Mb.
bet10/54
Sana19.06.2023
Hajmi0.59 Mb.
#1626758
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   54
Bog'liq
ҲАРБИЙ ТАРИХ МАЪРУЗА МАТНИ

4. Arab istilochilariga qarshi Muqanna boshchiligidagi qo’zg’olon.
VII asrning 70-yillarida Hoshim ibn Xakim-Muqanna rahbarligidagi butun Zarafshon vohasi va Qashqadaryoni qamrab olgan qo’zg’olon maxalliy aholining arablarga va er egalariga qarshi boshlagan eng yirik harakatlardan biri bo’ldi. «Muqanna» qo’zg’olon raxbarining laqabi bo’lib, arabchada «pardali» degan ma’noni beradi. Xoshim ibn Xakimga bunday laqab berishlarining sababi shundaki, u asli-nasli qul edi, qulligim bilinib qolmasin deb yuziga yashil parda tashlab yurar edi. Boshqa rivoyatlarda esa, go’yo uning yuzi chechak tufayli juda xunuklashib ketgandan odamlarga ochiq ko’rinmaslikka harakat qilar emish. Qo’zg’olonchilar moddiy tengsizlikni yo’q qilib, arablar xukumronligiga barxam berishni talab qila boshladilar. Xudoga munkir kelganini e’lon qilib, Muqanna xalqga shunday murojat etadi: «Musulmonlar, sizlar Xudoni azob-uqubatlardan xalos qiluvchi, payg’ambarlarni esa bu xaloskorlik raxnamolari deb bilasizlar, axir siz ayni mana shu musulmon dini peshvolari tufayli cheksiz azob-uqubatlarni boshdan kechiryapsizku! Agar gapimga kirib, aytganlarimga yursangiz, men sizlarni bu azob-uqubatlardan xalos etaman». Qashqadaryo, So’g’d, Farg’ona va Shosh aholisi Muqannani qo’llab-quvvatladi. O’z ko’lami va maqsadiga ko’ra bu qo’zg’olon ko’proq dehqonlar urushi edi.
776 yilda Muqanna Marvga etib borgach, o’z tarafdorlarini to’playdida, istilochilarga qarshi xalqni oyoqqa turg’izishga da’vat etib, ularni O’rta Osiyoning barcha mintaqalariga yuboradi. Uning tarafdorlari kundan-kun ortib borardi. Ko’p o’tmay, Muqanna harakati qisqa vaqt ichida butun Movaraunnaxrni qamrab olgan qo’zg’olonga aylandi.
776 yilning aprelida Buxoroga Yaqin Narshaxiy qishlog’i ostonasida Muqanna izdoshlari bilan arab qo’shinlari O’rtasida qattiq jang bo’ldi. Qo’zg’olonchilar mag’lubiyatga uchraydi. Biroq birmuncha vaqtdan keyin ular yana Buxoro atrofini qo’lga oldilar. Qo’zg’olonchilar bu gal ham Narshaxiy Yaqinida tor-mor keltiriladi, biroq g’alayonlar endilikda O’rta Osiyoning yangi mintaqalarida yoyilmoqda edi. Kurashning ikkinchi bosqichi boshlangandi. Birinchi bosqichida Muqanna harakati So’g’d zodagon tabaqalarining bir qismi madadidan foydalangan bo’lsa, ikkinchi bosqichida g’alayonlar ko’lamidan qo’rqqan oliy tabaqa butunlay xalifalik tomoniga o’tib ketdi. 778 yilda xalifa qo’shini Samarqandni egallashga muvaffaq bo’ldi. Arab istilochilari qo’zg’olonchilarga qarshi qonli kurashlarga ko’p yillarni sarfladilar. 783 yilda arab qo’shinlari Muqanna joylashgan qal’ani qo’lga oladi. Qal’aning barcha ximoyachilari qatl etiladilar. Asir tushishni xoxlamagan Muqanna o’zini o’zi o’ldiradi. Ba’zi manbalarda aytilishicha, u lovillab yonib turgan olovga o’zini tashlab, daxshatli ajal bilan o’ladi. Yana bir rivoyatda esa, ishqor to’ldirilgan xumga o’zini tashlab, erib ketgan deyiladi. Muqanna qo’zg’oloni mag’lubiyatning asosiy sababi o’zaro murosali harakatning bo’lmaganligida, maxalliy er egalarining sotqinligida va nixoyat, arablarning harbiy jihatdan ustunligida edi. Xulosa qilib aytganda, arablar istilosi olovlarida Xorazm va Movaraunnaxr xalqlari yaratgan madaniy xazinalarning katta qismi kuyib kul bo’ladi. O’rta Osiyoning ko’pgina shaharlaridagi ulug’vor ibodatxonalar buzib tashlandi, kitoblar yoqiladi, sug’orish inshoatlari vayron etiladi.
Maxalliy xalqlarning madaniyati va urf-odatlarini ta’qib qilgan holda bosib olingan xududlarda arablar olov va qilich yordamida o’zlariga qulay va foydali tartibni zo’rlab o’rnatdilar. Ular bu erga yangi Islom dinini olib keldilar va Islom bayrog’i ostida o’zlarining vayrongarchilik urushlarini olib boradilar. Arablar So’g’d yozuvini deyarli butunlay yo’q qildilar. O’rta Osiyoning bosib olinishi nafaqat vayrongarchilik va katta miqdordagi vayronliklarining talon-taroj bo’lishiga olib keldi, bundan tashqari, tinch aholini katta qismi halok bo’ldi va qul qilib olib ketildi. Shunday bo’lsada, ajnabiy bosqinchilar xokimiyati ostida o’zining uzoq davrli madaniy an’analariga ega bo’lgan Movaraunnaxr xalqlarini maxalliy madaniyati rivojlanishdan to’xtab qolmadi. O’rta Osiyoning Arab xalifaligi tarkibiga kirish uning rivojlanishi tezlashib, er egaligi parokandaligi bir muncha susaydi va markazlashgan davlat tuzish jarayoni boshlandi. Bundan tashqari, avvaliga maxalliy madaniyatiga ancha zarar etkazsada, keyinchalik u turli xalqlar o’rtasidagi munosabatlarni kengaytirishga imkoniyat tug’dirdiki, pirovard natijada O’rta Osiyo xalqlari madaniyatining rivojlanishi uchun keng yo’l ochildi.
Tarix sahifalariga nazar soladigan bo’lsak, Arab halifaligi xukmronligi O’rta Osiyo xududida 651 yildan 874 yilgacha davom etgan.

Download 0.59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   54




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling