Farg’ona davlat universiteti harbiy fakultet
XVI- XVIII asrlarda o’zbek xonliklarini tashkil topishi
Download 0.59 Mb.
|
ҲАРБИЙ ТАРИХ МАЪРУЗА МАТНИ
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1. Xiva xonligini tashkil topishi.
XVI- XVIII asrlarda o’zbek xonliklarini tashkil topishi
Reja: 1. Xiva xonligini tashkil topishi. 2. XVII-XVIII asrlarda Buxoro xonligi. 3. Qo’qon xonligini tashkil topishi. 4. Xonliklardagi qo’shinlarni yig’ish tartibi va qo’shinlarni qurol-aslaxalari 1. Xiva xonligini tashkil topishi. XVI-asr boshlarida zaiflashib borayotgan Temuriylar saltanatiga Dashti qipchoq tomonidagi o’zbeklar xukmdori Muxammad Shoxbaxt Shayboniy xujum boshladi. Shayboniyxon 1500-1501 yillarda Samarqand va Buxoroni, 1504 yilda Xisor viloyatini, 1504-1505 yillarda Urganchni, 1506-1507 yillarda Xuroson poytaxti Xirot hamda Balxni, shuningdek, Marv, Mashxad va Nishopur shaharlarini zabt etdi. Toshkent, Farg’ona va Sirdaryo erlari ham Muxammad Shayboniyxonga qaram bo’lib qoldi. Shunday qilib, Movaraunnaxr va Xuroson birlashtirildi va Shayboniylar sulolasi xukmronligi qaror topdi. Shayboniyxon janubda Eron shoxi Ismoilshox bilan to’qnashdi. 1510 yilda Marv Yaqinida bo’lgan jangda Shayboniyxon qo’shinlari engildi, xonning o’zi ham xalok bo’ldi. Taxtga Ko’chkunchixon (1510-1530) chiqdi. Biroq shayboniy zodagonlar, harbiy qo’mondonlar jipslashib, Ismoilshoxga qarshi kurashish o’rniga Shayboniyxon birlashtirilgan viloyatlar va erlarni taqsimlashga kirishdilar, ular o’rtasida o’zaro kelishmovchilik, ziddiyatlar avj oldi. Bundan foydalangan Ismoilshox tez orada Xuroson va Xorazm o’lkalarini, Shimoliy Afg’onistonni bosib oldi. Poytaxti Samarqand bo’lgan Movaraunnaxrda esa Shayboniylar xukmronligini saqlab qoldi. Xorazmda Ismoilshox xukmronligiga, uning shialik diniy mazxabiga qarshi harakat boshlandi. Bu harakatga Vazir shahri qozisi Umar qori va Sayid Xisammiddin etakchilik qildi. Ular Shayboniylar avlodidan bo’lgan Berka sultonining o’g’li Elbarsxonga murojat qilib, xon bo’lishni taklif qildilar. Elbarsxon 1511 yilda qo’shin bilan kelib Vazir, Urganch, Xiva, Xazoraspni Ismoilshox qo’shinlaridan tozaladi. Shunday qilib, 1511yilda mustaqil Xiva xonligi tashkil topdi, Elbarsxon uning birinchi xoni bo’ldi. Xivada Shayboniylar sulolasi xukmronligi 1770 yilgacha davom etdi. Xiva xonligi poytaxti Urganch edi. Arabxon (1602-1620) davomida poytaxt Xivaga ko’chirildi. Xiva xonligi tassarrufiga Amudaryo quyi oqimidagi voxalar, Mang’ishloq, Dag’iston (Mashxad) va O’zboy atrofidagi ko’chmanchi turkman xududlari kirardi. Biroq, xonlikda tinchlik bo’lmadi. Uzoq yillar davomida xonlik tepasida turgan o’zbek qabilalari bilan turkman qabilalari o’rtasida tinimsiz urushlar bo’lib turdi. Xiva va Buxoro xukumdorlari o’rtasida Murg’ob daryosi bo’ylari uchun, Marv uchun qirg’inbarot urushlari bo’lib turar, bu xududlar qo’ldan-qo’lga o’tardi. Xonlikka shimoldan qalmoqlar, qozoqlar, O’ral kazaklari tez-tez xujum qilib falokatlar keltirardi XVIII asr 40-yillarida Eron shoxi Nodirshox, uning o’g’li Nasrullo Xiva xonligini bosib olib, o’z boshqaruvini o’rnatdi, turkman qabilalarini Xorazmdan Xurosonga ko’chirdi. Biroq Xiva xonligida tinchlik bo’lmadi. Eron xukumdorlariga qarshi tez-tez g’alayonlar bo’lar, aholi boshi oqqan tomonga ketardi. Shunday vaziyatda xonlikdagi o’zbek qabilalaridan Qo’ng’irot urug’ining boshlig’i Muxammad Amin Inoq 1770 yilda xokimiyatni qo’liga oldi va Xiva xonligida yangi sulola-Qo’ng’irot sulolasiga asos soldi va bu sulola 1920 yilgacha xukum surdi. Muxammad Amin Inoq turkmanlar qo’zg’olonini bostirdi, Buxoro xukumronining xujumini daf etdi va Xiva xonligidagi viloyat xokimlarini markaziy xokimiyatga bo’ysundirdi. Download 0.59 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling