Farg’ona davlat universiteti harbiy fakultet


Turkistonni Chor Rossiyasi tomonidan bosib olinishi


Download 0.59 Mb.
bet26/54
Sana19.06.2023
Hajmi0.59 Mb.
#1626758
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   54
Bog'liq
ҲАРБИЙ ТАРИХ МАЪРУЗА МАТНИ

2. Turkistonni Chor Rossiyasi tomonidan bosib olinishi.
O’zbek xonliklarining shimoliy-g’arbiy xududida Orenburg general-gubernatori V.A.Perovskiy katta qo’shin bilan xujumga shaylanib turardi. U 1834 yilda Kaspiy dengizi qirg’og’idagi Mang’ishloqda harbiy iste’kom qurib, unga Novo-Aleksandrovskoe deb nom berdi. Perovskiy qo’shinlari 1853 yilda Qo’qon xonligining strategik axamiyatga molik bo’lgan Oq masjid (hozirgi Qizil O’rda) qal’asini bosib oladi va u erda mustaxkam o’rnashadi.
Xonliklarning shimoliy-Sharqiy tomonida esa G’arbiy Sibir general-gubernatori G.Gosford 1860 yilda Qo’qon xonligi hududiga qarashli harbiy istehkomlarga xujum qilib, To’qmoq, Pishpak va boshqa qal’alarni birin-ketin bosib ola boshlaydi.
Perovskiy va Gosfordlarning harbiy harakatlari amalda chor Rossiyasining O’rta Osiyoga e’lon qilinmagan bosqinchilik yurishining boshlanishi edi.
Turkistonni bosib olish masalasi podshox Aleksandr II tomonidan 1859 va 1861 yillarda o’tkazilgan saroy kengashida muhokama qilinadi va birinchi navbatda Qo’qon xonligini bir yoqli qilish, unga qarshi harbiy harakatlarni boshlashga qaror qilinadi.
Qo’qon xonligi. 1864 yil may oyida Qo’qon xonligi xududiga Sharq tomondan Chernyaev qo’mondonligidagi Rossiya qo’shinlari, g’arbdan Verevkin qo’shinlari bostirib kiradi. Ular tomonidan Qo’qon xonligining muhim va tayanch shaharlari: Avliyoota, Suzoq, Turkiston egallandi. Bosqinchilar 1864 yil 14 iyulda Chimkentga yurish boshlaydilar.
Qo’qon xoni sulton Sayidxon va aliquli Amirlashkar bor kuchlarini to’plab, Chimkent atrofida jangga tayyorlandilar. Uch kun davomida qattiq jang bo’ldi. Jangda Aliquli qo’shinlari g’olib chiqdi, Chernyaev qo’shinlari jangda engilib, orqaga chekinishga majbur bo’ldi.
Aliquli o’z qo’shinlarini bosqinchilar egallangan shaharlarni ozod qilish uchun jangga tayyorlayotgan bir paytda, Buxoro amiri Muzaffarning Qo’qon xonligi xududlariga bostirib kirganligi to’g’risida xabar olindi. Aliquli o’z qo’shinini bosqinchilarga emas, Buxoro amiriga qarshi Qo’qonni ximoya qilishga otlantirishga majbur bo’ldi. Vaziyat Chernyaevga qo’l keldi, uning qo’shinlari Orenburg otryadlari bilan Sayramda qo’shilib, 1864 yil 14 sentyabrda Chimkentga yangidan yurish uyushtirdi va shaharni bosib oldi.
1864 yil 2 oktyabr kuni Chernyaev Toshkentga xujum boshladi. Shahar Shayxontoxir, Sebzor, Beshyog’och va Ko’kcha dahalariga bo’lingan. 12 darvozasi, 189 masjid, 10 madrasa mavjud bo’lgan. Toshkent uzunligi 25 chaqirim, eni 2-3 metr balandligi 5-7 metr bo’lgan devor bilan o’rab olingan edi. Devor tepasining kengligi 2 m bo’lib, mudofaa minoralari, o’q otadigan shinaklari bo’lgan, devor atrofi suv to’ldirilgan zovur bilan o’rab olingan edi,
Toshkent mudofaachilarining mardona xarakati tufayli Chernyaev qattiq mag’lubiyatga uchradi, 72 ta zobit va askarni yo’qotdi. Chimkentga qaytishga majbur bo’ldi.
Abduraxmonbek, Saidazimboy va Soatboy kabi sotqinlar Toshkentni egallashda Chernyaevga ko’maklashdilar. 1865 yilning bahorida Chernyaevning xujumi boshlandi. 28 aprel kuni Chirchiq djaryosi qirg’og’idagi Niyozbek qal’asini egallab, Toshkentni suv bilan ta’minlovchi Kaykovuz an’origa Chirchiq daryosidan suv chiqarib beruvchi to’g’onni buzib tashlab, shahar aholisini suvsiz qoldirdi. Alimquli Amirlashkar katta qo’shin bilan Qo’qondan Toshkentga etib keladi. Toshkent uchun shiddatli janglar bo’ldi. 9 may Salor arig’i bo’yida katta jang bo’ldi. Aliquli og’ir yaralandi va xalok bo’ldi.
1865 yil 15 iyun kuni Chernyaev Toshkentni zabt etdi. Toshkent Rossiya imperiyasining tarkibiy qismiga aylantirildi. Orenburg general- gubernatorligi tarkibida Turkiston viloyati tuzildi, uning harbiy gubernatori etib general Chernyaev tayinlandi.
Chernyaev 1866 yil yanvarida Jizzaxga xujum qiladi va mag’lubiyatga uchraydi. O’zboshimchaligi uchun Sank-Peterburgga chaqirib olinadi, o’rniga general D.Romanovskiy tayinlanadi.
1873 yildan e’tiboran butun vodiyda qo’zg’olonlar boshlanadi. Xudoyorxon ularni bostirishga ojizlik qilib, oxiri Qo’qondan Toshkentga qochib ketadi. Kaufman Xudoyorxonning 40 aravadagi boyliklarini musodara qilib, o’zini Orenburgga surgun qiladi. Xon u erdan qochib Xajga ketadi va hayoti ayanchli yakun topadi.
Kaufman xonlikdagi ichki kelishmovchilikdan foydalanib, uni 1875 yil avgust oyida batamom bosib oladi. Rossiya imperatori Aleksandr II ning maxsus farmoniga binoan Qo’qon xonligi tugatiladi, uning o’rniga Farg’ona viloyati tuzilib, Turkiston general-gubernatorligi tarkibiga kiritildi. Viloyatga Skobolev harbiy gubernator etib tayinlanadi.

Download 0.59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   54




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling