Farg’ona davlat universiteti harbiy fakultet


Buxoro amirligini boshqargan mang’itlar sulolasi


Download 0.59 Mb.
bet22/54
Sana19.06.2023
Hajmi0.59 Mb.
#1626758
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   54
Bog'liq
ҲАРБИЙ ТАРИХ МАЪРУЗА МАТНИ

Buxoro amirligini boshqargan mang’itlar sulolasi:

  1. Muxammad Raximxon - (1753-1758)

  2. Doniyolbiy - (1758-1785)

  3. Shoxmurod - (1785-1800)

  4. Xaydar - (1800-1826)

  5. Nasrullo - (1826-1860)

  6. Muzaffar - (1860-1885)

  7. Abdulaxat - (1885-1910)

8. Olimxon - (1910-1920)
Buxoro amirligida xokimiyat 1920 yilgacha mang’itlar sulolasi qo’lida bo’ldi.
3. Qo’qon xonligining tashkil topishi.
Buxoro xonligidagi ichki kurashlar markaziy xokimiyatning zaiflashuvi sababli u XVIII asr boshlarida ikkiga bo’linib ketdi. Ashtarxoniylar xukmronligining zaiflashuvi oqibatida Farg’onaga uning shimolida tashkil topgan Jung’orlar davlati tez-tez bostirib kiradigan, talon-taroj qiladigan bo’lib qoldi. Bunday vaziyat Farg’onadagi ichki kuchlarning birlashuviga, mustaqil davlat tuzishga intilishini kuchaytirdi.
Chust yaqinidagi Chordak qishlog’ida yashovchi din peshvolarining mavqei XVIII asr boshlaridayoq Farg’onada ancha kuchayib, xokimiyatni qo’lga olishga intildilar. Biroq ularning xokimiyati boshqa qabilalar tomonidan tan olinmadi. Bir guruh harbiy zodagonlar Rishtonda qo’zg’olon ko’tarib Farg’ona xokimi xo’ja Amirqulni o’ldiradilar.
1710 yilda Qo’qon atrofida yashab turgan o’zbek qabilalaridan biri- minglar o’z etakchisi Shoxruxbiyni xokimiyat tepasiga ko’taradilar. Shu tariqa, Qo’qon xonligi tashkil topadi, o’zaro ichki kurashlar botqog’iga botib qolgan Buxoro xoni Ubaydullaxon o’ziga qarashli xududning ajralib chiqib, alohida davlat tuzishiga qarshilik ko’rsata olmadi. Qo’qon xonligida «Ming» qabilasi sulolalari 1875 yilgacha xukmronlik qildi. Qo’qon shahri chetida joylashgan Tepaqurg’on Qo’qon xoni Shoxruxbiyning qarorgohiga aylantirildi. Tepaqo’rg’onda mustaxkam qal’a, bozor va aholi yashaydigan mahallalar qurildi.
Qo’qon xonlari Farg’ona vodiysini, Xo’jand, O’ratepani birlashtirgach, Qo’qon xonligining mutaqilligi XVIII asr o’rtalarida Buxoro davlati tomonidan tan olindi. XVIII asr oxirlarida Qo’qon xonlari Toshkentni buysundirishga kirishadilar. 1784 yilda Shayxontoxir daxasi sobiq xokimining o’g’li Yunusxo’ja Toshkentni Buxoro tobeligidan chiqarib, mustaqil siyosat yuritardi. Toshkent bekligi o’ziga xos boshqaruv tizimiga ega edi.
Toshkent shahar nazorati va soliq yig’ini Boshchixo’janing qo’lida bo’lib, savdo-sotiqni qozi va devonbegi nazorat qilishgan. Shariat qonun- qoidalari, narx- navo, o’lchovlar ustidan Rais lavozimidagi amaldor nazorat qilishgan. Yunusxo’ja XVIII asr oxirlarida qozoq urug’lari xujumlarini bartaraf etib, Sayram, Chimkent, Turkiston, Qurama, Qorabuloq shaharlarini Toshkent bekligiga bo’ysundirgan edi.Toshkent bekligining mavqeining oshib borishi Qo’qon xonlariga yoqmadi. 1799 yilda Qo’qon xoni Norbo’tabiy Toshkentga yurish qildi, ammo, Chirchiq bo’yidagi jangda mag’lubiyatga uchradi. Yunusxo’ja vafotidan keyin Qo’qon xoni Olimxon qo’shinlari yurish qilib, 1809 yilda Toshkentni va unga qarashli xududlarni Qo’qon xonligiga bo’ysundiradi.
Xonlar tarixi iqtisodiy va madaniyat hayotning bir tekisda bormaganligidan, ayrim davrlarda siljish kuzatilsada, xonliklar o’rtasidagi o’zaro kurash avj olgan yillarda esa tanazzullik xollari yuz berganligidan guvoxlik beradi.

Download 0.59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   54




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling