Farg’ona davlat universiteti harbiy fakultet


Qo’qon xonligini boshqargan minglar sulolasi


Download 0.59 Mb.
bet23/54
Sana19.06.2023
Hajmi0.59 Mb.
#1626758
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   54
Bog'liq
ҲАРБИЙ ТАРИХ МАЪРУЗА МАТНИ

Qo’qon xonligini boshqargan minglar sulolasi:

  1. Shoxruh (1710-1721)

  2. Abduraxim (1721-1733)

  3. Abdulkarim (1733-1750)

  4. Abduraxmon (1750- 9 oy)

  5. Erdona (1751-1752)

  6. Bobobek (1752-1753)

  7. Erdona (ikkinchi marta) (1753-1762)

  8. Sulaymon (1762-1763)

  9. Norbo’ta (1763-1798)

  10. Olimxon (1798-1810)

  11. Umarxon (1810-1822)

  12. Muxammadalixon (1822-1842)

  13. Sheralixon (1842-1844)

  14. Murodxon (1844)

  15. Xudoyorxon (1845-1858)

  16. Mallaxon (1858- 1862)

  17. Xudoyorxon (ikkinchi marta) (1862-1863)

  18. Sulton Saidxon (1863-1865)

  19. Xudoyorxon (uchinchi marta) (1865-1875)

Qo’qon xonligida xokimiyat 1875 yilgacha Minglar sulolasi boshqaruvida bo’lgan. 1875 yili Rossiya imperatori Aleksandr II ning maxsus farmoniga binoan Qo’qon xonligi tugatiladi, uning o’rniga Farg’ona viloyati tuzilib, Turkiston general- gubernatorligi tarkibiga kiritildi. Viloyatga Skobolev harbiy gubernator etib tayinlandi.


4.Xonliklardagi qo’shinlarni yig’ish tartibi
va qo’shinlarni qurol-aslaxalari.
Buxoro amirligi. XIXasrga kelib, Buxoro amirligining xududi qariyib 200 ming kvadrat kilometrni tashkil etgan. Aholisi esa 2 millioncha bo’lgan. Buxoro amirligining poytaxti Sharqda eng nufuzli shahar sifatida e’tirof etilgan Buxoroi sharif edi, yirik shaharlardan Samarqand, Qarshi, Shaxrisabz, Kitob, Termiz, Sherobod, Xisor, Dushanbe, Ko’lob va boshqalar amirlik tassarufida edi.
Mavr va Chorjo’y shaharlari uchun Buxoro amirligi bilan Xiva xonligi o’rtasida, Jizzax, O’ratepa va Xo’jand shaharlari uchun Buxoro amirligi bilan Qo’qon xonligi o’rtasida tez-tez urushlar bo’lib, bu shaharlar qo’ldan qo’lga o’tib turardi.
Buxoro amirligi 27 ta beklikdan iborat edi. XIX asr 30- yillarida amir qo’shinida 19 mingga yaqin yollangan askarlar bo’lib, ular turli shahar iste’komlarda harbiy xizmatni o’taganlar.
Qo’shin askarlari, asosan, o’q-yoy, nayza, qilich, xanjar, oybolta kabilar bilan qurollangan. Manbaalarda amir qo’shinida piltali miltiqlar va kichik to’plar ham bo’lganligidan guvoxlik beradi.
Amir qo’shinining jangovarlik darajasi past edi. Askarlar harbiy mashqlarga nisbatan ko’proq mehnat bilan band bo’lardi. Sipoxlikka 15 yoshdan 70 yoshgacha bo’lgan erkaklar olinardi, qo’shin safida keksayib qolganlar anchagina bo’lardi. Oziq-ovqat etishmasligidan sipoxlar qochardi, kiyimi yupun edi.
XIX asr o’rtalarida askarlar soni, piltali-miltiq va to’plar ham anchagina ko’paygan. Qo’shinda yuzboshi, mingboshi singari harbiy lavozimlar bo’lib, umumiy qo’mondonlikni lashkarboshi boshqargan. Amirlikning qo’shini muntazam bo’lmay, zaruriyat bo’lganda to’planardi, ularni to’plash qiyin kechardi. Bu amirlikning zaiflik omillaridan biri edi.

Download 0.59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   54




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling