Farg’ona davlat universiteti harbiy fakultet


Download 0.59 Mb.
bet24/54
Sana19.06.2023
Hajmi0.59 Mb.
#1626758
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   54
Bog'liq
ҲАРБИЙ ТАРИХ МАЪРУЗА МАТНИ

Xiva Xonligi. XIX asr birinchi yarimida Xiva xonligining xududi 19 ming kvadrat km bo’lib, 800 minga yaqin aholi yashagan.
Xonlik tasarufiga Amudaryo soxillarida joylashgan Xiva, Urganch, Qiyot, Xazarasp, Qo’ng’irot, Xo’jayli, Kurdar (Hozirgi Chimboy) kabi yirik shaharlar kirgan.
Xiva xonligida taxminan 40 ming otliqdan iborat qo’shin bo’lib, qo’shinga lashkarboshi qo’mondonlik qilgan. Askarlik xizmatida bo’lganlar soliqlardan ozod etilgan. Yurishda qatnashgan xar bir suvoriy 5 oltin tanga olgan.
Xonning ko’rsatmasiga binoan, o’zini ko’rsatgan harbiy lavozimdagilarga 10, 20, 50, 100 va undan ham ko’proq miqdorda oltin tanga berilgan.
Biylarga 50-100 tanga, izboshilarga 10-20 tanga maosh berilgan. Tinchlik paytlarda askarlar xo’jalik ishlari bilan shug’ullanganlar.
Xon qo’shinlari qilich, o’q- yoy, nayza bilan qurollangan. Ozchilik askarlarda pilta miltiqlar ham bo’lgan, oz miqdorda to’plar ham bor edi.


Qo’qon xonligi. XIX asrning birinchi yarmida Qo’qon xonligi xududiy jihatdan O’rta Osiyodagi yirik davlat edi. Xonlikning markazi Qo’qon bo’lib, quyidagi katta shaharlar xonlik tasarufiga kirgan: Marg’ilon, O’zgan, Andijon, Namangan, Toshkent, Chimkent, Turkiston, Avliyo-Ota, Pishpak, Suzak, Oq machit va boshqalar.
Qo’qon xonligida 3 millioncha kishi yashardi. Xonlikda qo’shinni, aslaxaxonani, xarbiy ishlarni Mingboshi boshqarardi. Qo’shinda beshyuzboshi, yuzboshi va o’nboshi harbiy lavozimlari bor edi. Qo’shinning bir qismi muntazam xizmatda bo’lib, markaziy xokimiyat ixtiyorida bo’lardi. Xon gvardiyasi deb atalgan bu harbiy qismda qipchoqlar, qirg’izlar va tojiklar katta o’rin tutardi. Urush paytlarida xon tajribali zobitni lashkarboshi qilib tayinlardi. Harbiy xizmatdagilarga bir ot va egar-jabduq berilar edi. Yuzboshiga bir yilga 147 so’m, ellikboshiga 98 so’m, o’nboshiga 65 so’m, oddiy sarbozga 48 so’m maosh to’lanardi.
Harbiy qo’shin qilich, nayza, piltali miltiq bilan qurollantirilgan. Shuningdek, qo’shinda to’plar ham bor edi. Qo’qon xonligi 15 beklik, harbiy okrugga bo’lingan bo’lib, ularning yarmidan ko’piga xonning o’g’illari va qarindoshlari xokimlik qilardi. Xokimlar o’z xududidagi harbiy kuchlar qo’mondoni hamda fuqarolik boshqaruvining boshlig’i edi. Xokimlar xonning birinchi da’vatidan o’z qo’shinlari bilan belgilangan joyga etib kelishi shart edi. Shu tariqa, xon ancha qo’shin to’plash imkoniyatiga ega edi. Qo’qon xoni zaruriyat bo’lganda, oziq- ovqat ortilgan 12 ming aravaga ega bo’lgan 60 mingcha sipoxni yig’a olardi.



Download 0.59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   54




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling