Farg’ona davlat universiteti harbiy fakultet


Download 0.59 Mb.
bet27/54
Sana19.06.2023
Hajmi0.59 Mb.
#1626758
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   54
Bog'liq
ҲАРБИЙ ТАРИХ МАЪРУЗА МАТНИ

Buxoro amirligi. 1866 yil may oyida Romanovskiy Erjarda bo’lgan jangda g’alabaga erishdi. Amir Muzaffar qo’shinlari bilan Jizzaxga qochdi. 1866 yil 19-22 mayida Romanovskiy Xo’jandni egallaydi. Katta qo’shin yordamida Romanovskiy 1866 yil oktyabrida O’ratepa viloyati, Zomin qal’asini bosib oladi.
Jizzax uchun qattiq jang bo’ldi. Jizzax shaxri balandligi 4 metr va eni 3 metrlik ikki qavat devor bilan o’rab olingan bo’lib, qal’aga o’xshardi. Shaharda 10 ming ximoyachi askar, 53 ta to’p bor edi. 11-18 oktyabr kuni bo’lgan jangdan so’ng bosqinchilar Jizzaxni egalladi.
Aleksandr II 1867 yil 14 iyulda Turkiston General-gubernatorligi va Turkiston harbiy okrugini tuzish to’g’risida Farmon berdi. General-gubernator va okrug qo’mondoni etib general-ad’yutant K.P.Kaufman tayinlandi.
Kaufman Samarqand tomon yurish boshlaydi. 1868 yil 1 may kuni shahar yaqinidagi Cho’ponota tepaligida Buxoro amiri qo’shinlari bilan jang qilib, osongina mag’lubiyatga uchratdi. Samarqand 2 may kuni jangsiz dushmanga taslim bo’ldi.
Buxoro amiri o’z qo’shinlari bilan dushmanni yakson qilgani Samarqand tomon yurdi. Buni eshitgan Kaufman Buxoro tomon qo’shinlari bilan yurdi. Ular Zirabuloqda 1868 yil 2 iyunda to’qnashdi, amir qo’shinlari tor-mor etildi. Bu orada Samarqandda istilochilarga qarshi qo’zg’olon ko’tarildi. Shaxrisabz, Kitob beklari Jo’rabek va Bobobek hamda amirning o’g’li Abdumalik To’ra 27 may kuni Samarqandga qo’shin bilan etib kelib, qo’zg’olonchilar bilan birgalikda Kaufman tomonidan Samarqandda qoldirilgan polkovnik Nazarov va mayor Shtempel boshliq harbiy qismlar bilan qattiq jang qildilar, jang 8 kun davom etdi. 500 kishidan iborat dushman kuchlaridan 275 tasi o’ldirildi va yarador qilindi. Samarqanddagi voqealardan xabar topgan Kaufman zudlik bilan Samarqandga qaytib keladi va 8 iyun kuni shaharni yoppasiga to’plardan o’qqa tutishga, shaharni yondirishga buyruq beradi. Aholi qirg’in qilindi, masjidlar va tarixiy yodgorliklar yondirildi, qadimiy noyob moddiy va ma’naviy obidalar Peterburgga olib ketildi.
1868 yil 23 iyunda Kaufman bilan amir Muzaffar O’rtasida sulh bitimi imzolandi. Buxoro amirligi chor Rossiyasining vassaliga aylantirildi. Amir 125 ming tilla (500 ming so’m) tovon to’lash majburiyatini oladi.

Download 0.59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   54




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling