Farg’ona davlat universiteti harbiy fakultet


O’zbek xalqini XX asr boshlardagi mustaqillik uchun qurolli kurashi


Download 0.59 Mb.
bet30/54
Sana19.06.2023
Hajmi0.59 Mb.
#1626758
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   54
Bog'liq
ҲАРБИЙ ТАРИХ МАЪРУЗА МАТНИ

O’zbek xalqini XX asr boshlardagi mustaqillik uchun qurolli kurashi

Reja:


  1. Turkistonda jadidlar harakatining vujudga kelishi, ularning isloxatchilik faoliyati.

  2. Turkiston muxtoriyatini tashkil topishi.

  3. Bol’sheviklarning mustabid tuzumiga qarshi kurash. Istiqlolchilik harakati.

1. TURKISTONDA JADIDLAR HARAKATINING VUJUDGA KELIShI,
ULARNING ISLOXATChILIK FAOLIYaTI.

Turkistonda o’rnatilgan mustamlakachilik zulumi XX asr boshlarida yanada kuchaydi. Chorizm iqtisodiy jihatdan mahalliy xalqni talash, ezish bilan birga, ularni jaholatda, savodsizlikda tutib turish, maonaviy qashoqlantirishga intilar edi.


Qrim tatar farzandi Ismoil Gaspirali (1851-1914) maorifiy isloh qilish, maktablarda dunyoviy fanlarni o’qitish masalasini ko’taradi. U 1884 yilda Qrimdagi Bog’chasaroy shaxrida jadid maktabiga asos soldi.
«Jadid» arabcha so’z bo’lib, «yangi» degan maononi bildiradi. U o’zi tashkil etgan maktab o’quvchilari uchun o’quv dasturi va darsliklar yozdi. U 40 kun ichida 12 o’quvchining savodini chiqarib tezda shuxrat qozondi.
Ismoil Gaspirali g’oyalari Turkiston, Buxoro amirligi va Xiva xonligiga ham kirib keldi. 1893 yilda u O’rta Osiyoga kelib ilg’or ziyolilar bilan uchrashdi. Buxoro Amiri huzurida bo’lib, bitta jadid maktabi ochishga rozilik oldi. 1898 yilda Qo’qonda Saloxiddin domla, 1899 yilda Andijonda Shamsiddin domla va Toshkentda Mannon qori jadid maktabiga asos soldilar. 1903 yilda Turkistonda 102 ta boshlang’ich va 2 ta o’rta jadid maktablari faoliyat ko’rsatdi.
Jadidlar guruhiy, ijtimoiy va hududiy birlik to’g’risida masalalarni ko’tarib, xalqni milliy va diniy birlikka chaqirdi, ijtimoiy ongni XX asr darajasiga ko’tarishga intildilar.
Buxoro Amirligi va Xiva xonligida jadidchilik harakati o’ziga xos vaziyatda kechdi. Negaki, ularda mustabid monarxiya tuzumini qaror toptirishi, xukumdorlar va amaldorlarning xuquq imtiyozlarini cheklash, xalq vakilligi tuzumini yaratish kabi talablarni ilgari surdilar.
Jadidlar tobora olg’a yurdilar. Mustamlakachilar mutassib ruhoniylarning jadidlarga nisbatan qo’llagan zo’ravonlik choralari, ularni ma’naviy-ma’rifiy islohatdan siyosiy qarshilik ko’rsatish darajasiga ko’tarilishiga olib keldi. Dastlabki siyosiy uyushma va firqalar vujudga keldi.
X1X asr oxiri va XX asr boshlarida Turkistonda maydonga kelgan jadidchilik madaniy-ma’rifiy, milliy, ijtimoiy-siyosiy harakat edi. U o’sib mustamlakachilarga qarshi ko’tarilgan milliy-ozodlik harakatining mavkurasiga aylandi.
Birinchi jaxon urushi, unda ishtirok etayotgan Rossiya imperiyasi tobora holdan toymoqda edi. O’n minglab askarlar jangda qurbon bo’ldilar. Rossiya imperatori Nikolay II 1916 yil 25 iyunda Turksiton, Sibir va Kavkazdagi 19 yoshdan 43 yoshgacha bo’lgan erkaklarni front orqasidagi xizmatlar uchun safarbar qilish to’g’risida farmon chiqardi. Xalq bu tadbirga markdikorlikka olish deb nom berdi. Boylarning o’g’li pul bilan qutilib qolar, kambag’al oilalar esa yolg’iz o’g’lidan, boquvchisidan ayrilar edi. Bu hol xalqning kuchli noroziligiga sabab bo’ldi. Petrograddan ba’zi tabaqadagilar tovon evaziga mardikorlikdan ozod qilinishi mumkinligi to’g’risida qo’shimcha ko’rsatmalar etib kelganidan keyin xalq noroziligi qo’zg’olonga aylanib bordi.
1916 yil 4 iyulda Xo’jand shaxrida, 5 iyulda Samarqand uezdining Urgut qishlog’ida, 11 iyulda Toshkentda, 9 iyul kuni Andijonda, Farg’onada aynan Qo’qon shahri, Kattaqo’rg’on, Rishton, Skobolev uezdida Ganjirovon qishloqlarida qo’zg’olonlar ham bo’lib o’tdi. Ularning barchasi ayovsiz bostirildi.
1916 yildagi qo’zg’olonning eng kuchlisi Jizzax qo’zg’oloni bo’ldi. Turkiston General-gubernatori Jizzax qo’zg’olonini bostirish uchun polkovnik Ivanov boshchiligida oltita to’pi bor 13 rota askar, 300 kishilik kazak otryadi va 3 rota sapyorlarni safarbar etdi. Jazo otryadi qo’zg’olonni shafqatsizlarcha bostirdi. Omon qolgan aholi cho’lga haydaldi. Jizzax ishi bo’yicha 100 kishi xibsga olindi, 151 kishi sud qilinib turli muddatlarga qamaldi.
Qo’zg’olon o’lkadagi Chor Rossiya mustamlakachilik tizimining tagi bo’sh zaminda ekanligi va uning ustunlari qimirlay boshlaganini ham ko’rsatdi. Qo’zg’olon Turkiston xalqlarining vatanparvarligi, g’ururi so’nmaganligini yana bir bor namoyon etdi.


  1. Download 0.59 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   54




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling