Farg’ona davlat universiteti harbiy fakultet


Samarqandda Sarbadorlar harakati


Download 0.59 Mb.
bet14/54
Sana19.06.2023
Hajmi0.59 Mb.
#1626758
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   54
Bog'liq
ҲАРБИЙ ТАРИХ МАЪРУЗА МАТНИ

Samarqandda Sarbadorlar harakati.


Xalq ommasining kelgindi bosqinchilarga mahalliy er egalarining xaddan ortiq zarbu-zulumlariga qarshi kuchli noroziligi tarixda sarbadorlar deb nom olgan qudratli ozodlik harakatining boshlanishiga olib keldi. Bu harakat 1330 yillarda Xurosonda boshlanib, butun O’rta Osiyoga yoyilgan edi. Sarbadorlar mo’g’ullarga bo’ysunib yashagandan ko’ra dorga osilib o’lgan afzal, der edilar. Sarbador so’zi «boshi dorda» degan ma’noni anglatadi. Shunday qilib Sarbadorlar Xurosonda o’z davlatlarini tashkil etadilar. Sarbadorlar mo’g’ul xokimlarining mahalliy er egaligi zadagonlariga, yirik mulkdorlarga, yuqori tabaqa musulmon ruhoniylariga va boy savdogarlarga suyanishlarini yaxshi bilar edilar. Shu bois ular faqat mo’g’ullarni quvib chiqarishni o’z oldilariga maqsad qilib qo’ymagan edilar, balki ularga tayanch bo’lib xizmat qilgan yirik mulkdorlar, din peshvolari va boy savdogarlarni ham yo’q qilishga azmu qaror qilgan edilar. Oliy tabaqa er egaligi xukmdorlari mo’g’ullarni qo’llab - quvvatlabgina qolmay, o’zlari ham xalqni ezishda ishtirok etar edilar.
Sarbadorlarning g’oyasi Samarqand mehnat ahlining ham yuragidan joy oladi. Ular dushman yaqinlashib kelayotganligini bilib, jome’ masjidiga to’planadi. Samarqandlik sarbadorlar ichidan Samarqand madrasasining tolibi ilmi Mavlonozoda, paxta tituvchi Abu Bakr Keleviy va boshqalar oldinga chiqadilar.
Shahar oliy tabaqasi mudofaasini mohirona tashkil etadilar: mustaxkam –g’ov-to’siqlar o’rnatadilar, ko’chalarga ajoyib o’qchilardan qo’yib chiqadilar. Birgina darvozani ochiq qoldirgan holda Mavlonozoda odamlarini pistirmaga joylaydi, o’zi esa piyoda yoylandozlar bilan birgalikda darvoza to’rida turib oladi. Mo’g’ul dastalari tuzoqqa tushib qoladi. Hamma tarafdan ular ustiga o’q-yoylar, toshlar, kaltaklar do’lday yog’iladi. G’animlar vaximaga tushib, tum - taraqay qochishadi.
Bu jangda ikki mingga yaqin mo’g’ul qurbon bo’ladi. Shunda Ilyosxo’ja Samarqand mudofaasini gir atrofdan o’rab oladi, lekin baribir mo’g’ullar qamalni to’xtatishga majbur bo’ladilar va yilnomachilar ta’bir etganlaridek, «tishlarini bo’riday shaqillatgan» cha izlariga qaytib ketadilar.
Samarqandliklar bir necha oy shaharni boshqarib turadilar. Ular qator soliqlarni bekor qiladilar, dehqon va xunarmandlarning turmushini yaxshilash borasida g’amxo’rlik qiladilar. Sarbadorlarning mo’g’ullar ustidan g’alaba qozongani xaqidagi habar, amir Xusayn va Temur qulog’iga etib boradi. Ular birgalikda Samarqand sari yo’l oladilar va shahar Yaqinidagi Konigil degan joyda to’xtaydilar.
Amir Xusayn va Amir Temur 1366 yil bahorida Samarqandga keladilar. Amir Xusayn xiyla bilan sarbadorlar boshliqlarini qo’lga olib o’ldirtiradi. Bu hol Amir Temur irodasiga zid o’laroq yuz berdi. Amir Temurning sayyi harakatlari tufayligina Mavlonozoda tirik qoladi. Mamlakatda xukumdorlik Amir Xusayn qo’liga o’tadi. Amir Xusayn Movaraunnaxrda Amir Temurni qoldirib o’zi Xurosonga ketadi.
Amir Temurning keyingi jo’shqin faoliyati davomida uning Amir Xusayn bilan do’stligi, ittifoqi mustaxkam bo’lolmadi.
Tabiatan shuxratparast, xokimiyatparast shaxs bo’lgan amir Xusayn qanday qilib bo’lmasin Amir Temurga pand berish, unga xiyonat qilishdan qaytmadi. Sharofiddin Yazdiy aytganidek, «ularning o’rtalarida sadoqat va do’stlik munosabati yaqinlik va qarindoshlik aloqasi bilan qat’iy qilingan edi. Ammo, Amir Xusaynning ko’ngli makr va g’addorlik o’y - hayolidan bo’shamasdi» (Sh. Yazdiy. «Zafarnoma» 207 bet.)
Amir Temur Amir Xusayn o’rnashib olgan Balxga 1370 yilning bahorida qo’shin tortib bordi va uni maxf etdi. Shundan so’ng Amir Temur Mavarounnaxrning yagona xukmdori bo’lib qoldi. Samarqand mamlakat poytaxtiga aylandi. Endilikda yurtni boshqarish jilovini qo’lga kiritgan Amir Temur oldida hali g’oyatda katta, murakkab vazifalar ko’ndalang bo’lib turardi. Eng asosiysi, mamlakat xududlarini birlashtirish, yagona markazlashgan davlat tuzishdan iborat bosh vazifani hal etish kerak edi. Buningsiz mamlakat taraqqiyotini olg’a bostirish, uning dovrug’ini jahon miqyosiga ko’tarish mumkin emasdi.

Download 0.59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   54




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling