Farg’оna davlat universiteti harbiy ta’lim fakulteti


a — shaxsiy aptechka (AI)


Download 3.78 Mb.
bet20/195
Sana05.10.2023
Hajmi3.78 Mb.
#1692731
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   195
Bog'liq
ЧҚБТ 3-КУРС МАЖМУА — 2023

a — shaxsiy aptechka (AI)



b — shaxsiy bog‘lov paketi(PPI)
— asfiksiyaning oldini olish yoki uni bartaraf etish uchun yuqori nafas yo‘llarini qon, shilhq modda va yot jismlardan xalos etish; — tilning orqaga ketib qolishining oldini olish uchun fiksatsiya qilsh, nafas olish trubkasini og'ziga kiritish;
— nafas olishi, qon aylanishi aniqlanmaganda sun’iy nafas oldirish va yurakni yopiq massaj qilsh;
— jarohatlangan joy yoki kuygan yuzaga himoyalovchi bog'lam qo‘yish, ochiq pnevmotoraksda esa shaxsiy bog'lov paketining rezinalangan qoplamasi yordamida okkluzion bog‘lov qo‘yish;





d — shaxsiy kimyo'viy paket (IPP)
— jarohatlangan joylarni oddiy qo‘l ostidagi vositalar bilan immo- bilizatsiya qilsh;
— og‘riqsizlantiruvchi va ziddi-zahar (antidot) vositalarini shpris- tyubiklar yordamida mushaklar orasiga yuborish;
— shaxsiy aptechkadagi radioprotektor va antibiotiklarni ichish uchun berish;
— jarohatlanganlarga gazniqob va himoya kiyimlarini kiydirish (zararla- nish joylarida bo‘lgan vaqtlarida) hamda zudlik bilan zararlangan hududdan ohb chiqish;
— yaradorlarga qisman sanitar ishlovini o‘tkazish.
2. Yonayotgan kiyim-kechaklar yoki yonuvchi aralashmalarni o‘chirish. Kiyim-kechaklar yonishi, yonuvchi moddalar ta’siri (napalm, termit, pirogel), atom bombasining portlashi natjjasida ajrab chiqqan yorug'lik nurlanishi, zarba to‘lqinining qizib ketgan havosi ta'siri va mudofaa inshootlarida, binolarda, jangovar texnikalarda yuz bergan yong'inlar alangasi ta’siri ostida vujudga keladi.
Teri yoki kiyim-kechaklarga kamdan kam tushgan napalm qorishmasi jarohatlanganning o‘zi yoki do‘sti yordamida, yonayotgan joy qo‘1 ostidagi bushlat (shinel), kurtka, plash-yopinchiq yoki nam tuproq, qor bilan qalin qilib yopiladi. Tananing chegaralangan qismida napalm yonayotgan bo‘lsa, shu yerga bir necha qavat bint bog'lanadi, odam yuzida yonayotgan bo‘lsa, tezlik bilan gazniqob kiygiziladi. Qish vaqtida kiyim-kechak ustiga qalin qor tashlab, yoz vaqtida tuproq yoki qum sepish orqali o‘chirish mumkin. Kiyim-kechaklardagi yonishlar o‘chirilgandan so‘ng yonish sodir bo’lgan joylardagi kiyim-kechak va ichki kiyim (ko‘mirga aylanib, teriga yopishib qo‘yiladi. Kuyish bo‘lgan joylar ustidan kiyim-kechakni sidirib olish va pufaklami ochish tavsiya etilmaydi. Tananing katta ko‘lamda kuyishi sodir bo‘lganda jarohatlanganga og'riqsizlantimvchi vosita beriladi.

Download 3.78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   195




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling