Farg'ona davlat universiteti sirtqi bo’lim “ijtimoiy-gumanitar fanlar” kafedrasi iqtisodiyot


Inflyatsiyaning shakllari va turlari


Download 0.72 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/16
Sana19.04.2023
Hajmi0.72 Mb.
#1365565
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
Bog'liq
Obidov Muhammadjon 20-116 Pul va Banklar Mustaqil ish

Inflyatsiyaning shakllari va turlari 
Xalqaro amaliyotda inflyatsiyaning narxlarini o`sishi, ya`ni pullarning 
miqdori o`sishi jixatidan asosan uch shaklini ajratiladi:
1. 
Sokin (polzuchaya, umerennaya) inflyatsiya. Ushbu inflyatsiya 
iqtisodiy rivojlangan mamlakatlarda mavjud bo`lib, ushbu holatda mahsulotlar
bajariladigan ishlar va ko`rsatiladigan xizmatlarga bo`lgan narx-navolar yiliga 
o`rtacha 3% dan 10% gacha oshishi mumkin. Bu mamlakatlarda muomaladagi pul 
massasi saqlanib turadi va milliy pul birligining xarid qilish qobiliyati saqlanib 
turadi.
1 chizma Inflyatsiyaning yuzaga chiqish shakllari.  


Milliy 
pul 
birligining xarid
qilish 
qobiliyatini 
pasayishi
Aholi 
va 
xo`jalik 
sub`ektlarida 
xorijiy 
valyutaning 
jamg`arilishi
Mamlakat aholisida 
oltinning to`planishi
(tezavratsiya)
2. 
Shiddatli (galopiruyuhaya) inflyatsiya. Ushbu inflyatsiya iqtisodiy 
rivojlanayotgan mamlakatlarda mavjud bo`lib, ushbu holatda mahsulotlar, 
bajariladigan ishlar va ko`rsatiladigan xizmatlarga bo`lgan narx-navolar yiliga 
o`rtacha 10% dan 100% gacha ba`zi holatlarda 200% gacha oshishi mumukin. 
Buning natijasida muomaladagi pul massasi ko`payadi va milliy pul birliginng 
xarid qilish qobiliyati tushadi. Mamlakat aholisi o`rtasida pulning moddiylashtirish, 
ya`ni milliy pul birligini jamg`arishi emas, balki oltin, ko`chmas mulk holatida 
jamg`arishi jarayoni kuchayadi.
3. 
Jilovlanmagan (giperinflyatsiya) inflyatsiya. Ushbu inflyatsiya 
holatida mahsulotlar, bajariladigan ishlar va ko`rsatiladigan xizmatlarga bo`lgan 
narxnavolar yiliga 1000% dan ortiq yoki oyiga 100% dan ortiq darajada oshadi. 
Ushbu holatda milliy iqtisodiyotda inqiroz yuzaga chiqadi. Buning natijasida ishlab 
chiqarish va bozor boshqaruvsiz faoliyat ko`rsataditi, narx-navo va ish haqi 
o`rtasidagi farq ortadi. Mamlakat aholisi qo`lidagi qog`oz pullarga tovarlar sotib 
oladi. Bu holat esa muomalada tovar massasi bilan tovar va xizmatlar bilan 
ta`minlanmagn ortiqcha qog`oz pullarni to`lib-toshishiga olib keladi.
Inflyatsiya
yuzaga
chiqish
shakllari
Mahsulotlar
va
xizmatlarga
narxni
o`sishi
natijasida
pulning
qadrsizlanishi
Milliy
pul
birligining
xorijiy
valyutaga
nisbatan
kursini
tushishi
Oltin
va
xorijiy
valyutaning
milliy
valyutadagi
narxini
ko`tarilishi


Yuqorida ta`kidlab o`tganimizdek, inflyatsiyaning asosiy sababi odatda bir 
emas, balki bir nechta bo`lib o`zaro mahkam bog`langan bo`ladi va narx-navoning 
ko`tarilib borishi bilangina namoyon bo`lib qolmaydi, balki narx-navoni 
boshqarilishiga ham bog`liq bo`ladi. Ushbu jixatdan quyidagi inflyatsiya shakllari 
ajratiladi:
1. 
Oshkora inflyatsiya. Talab tomoniga qaragan makroiqtisodiy 
tengsizlik doimiy ravishda narx-navoning ko`tarilib borishi bilan ifodalanadigan 
bo`lsa, bunday inflyatsiya oshkora inflyatsiya deb ataladi. Oshkora inflyatsiya 
bozor mexanizmini buzmaydi: narx-navo ba`zi bozorlarda ko`tarilishi bilan bir 
vaqtda boshqa bozorlarda pasayib borishi mumkin. Buning asosiy sababi shundan 
iboratki, bozor mexanizmlari o`z ta`sirini davom ettirib, milliy iqtisodiyotga 
baholar to`g`risidagi ma`lumotlarni oshkora etkazib turadi, investitsiyalarni ilgari 
surib, ishlab chiqarishning kengayishi bilan taklifni rag`batlntirib boradi.
2. 
Yashirin inflyatsiya. Inflyatsiyaning ushbu turi shunday ko`rinishda 
bo`ladiki, bunday holatda ba`zi bir iste`mol mahsulotlariga narx-navo ma`muriy 
tarzda davlat tomonidan o`rnatiladi va tartibga solib turiladi. Bundan asosiy 
maqsad, davlat tomonidan ba`zi mahsulotlarga narx-navoni «ijtimoiy past» 
darajada belgilaydi. Yashirin inflyatsiya sharoitida narx-navoning keskin o`sishi 
kuzatilmasligi mumkin. Lekin milliy pul birligining qadrsizlanishi, mahsulotlar 
aholi pul mablag`lariga kerakli mahsulotlarni harid qilib bo`lmasligi holatlari 
paydo bo`ladi.
Iqtisodiyotda yashirin inflyatsiya yuzaga chiqqanda mahsulotlarning 
narxnavosi hamda aholini daromadlarini o`sishi vaqtincha to`xtatiladi. Yashirin 
inflyatsiyani vujudga kelishini asosiy sabablaridan biri bu narxlar ustidan 
ma`muriy 
nazorat 
o`rnatishdir. 
Buning 
natijasida 
bozor 
mexanizmi 
deformatsiyalanadi. Uning qaysi darajada va o`zgarganligi darajasi va davomiyligi 
davlat tomonidan olib boriladigan siyosatga hamda tartibga solish shakliga 
bevosita bog`liq bo`ladi. Ushbu inflyatsiyaning salbiy tomoni shundan iboratki, 
inflyatsiya davrida ishsizlik darajasi oshadi, chunki ishlab chiqarish rivojlanmaydi.


 Xorijiy va milliy iqtisodiy nazariyaning qarashlariga asosan milliy 
iqtisodiyotning balansini buzilishi va uning oqibatida inflyatsiyaning yuzaga 
chiqishining quyidagi o`rtta omillari mavjud:
- qog`oz pullarning emissiya qilishda va tashqi savdoda davlatning mutloq 
monopoliyasi;
- hozirgi zamon davlat funktsiyalarini bajarish uchun davlat xarajatlarini 
ortishi; 
- kasaba uyushmalari tomonidan byudjet muassasalari ishchi-xodimlarining 
ish haqlarini oshirish bo`yicha faoliyati;
- iqtisodiyotda mahsulot ishlab chiqarish, ishlarni bajarish, xizmatlar 
ko`rsatish sohasida ayrim xo`jalik sub`ektlarining monopoliya (oligopoliya) 
holatining mavjudligi.
Biz yuqorida ta`kidlab o`tgan omillar nafaqat o`zaro bog`liq, balki ular talab 
va takliflarning o`sishi yoki pasayishiga turlicha ta`sir ko`rsatadi.
Xorijiy amaliyotda inflyatsiyaning yuzaga chiqishini usullariga asosan 
quyidagi turlarga ajraniladi: taklif inflyatsiyasi, talab inflyatsiyasi, xarajatlar 
inflyatsiyasi, kredit inflyatsiyasi, import bilan bog`liq inflyatsiyasi, kutilayotgan 
inflyatsiyasi.
Taklif inflyatsiyasida ishlab chiqarish xarajatlarini oshishi natijasida 
mahsulotlar, bajarilgan ishlar va ko`rsatiladigan xizmatlarga bo`lgan narxnavoning 
o`sishi yuzaga chiqadi. Ushbu inflyatsiya turida monopol holatdagi korxonalar 
tomonidan ishlab chiqarishda asosiy vositalarni modernizatsiya qilish bilan bir 
vaqtda ulardan to`liq foydalanmaslik natijasida xarajatlar ortadi. Buning natijasida 
barcha ishlab chiqarish xarajatlari nisbatan kam chiqarilgan maxsulotlarning narx-
navosini o`sishi amalga oshiriladi.
Talab inflyatsiyasi. Inflyatsiyaning ushbu turi mamlakat aholisi va xo`jalik 
sub`ektlarning daromadlari haqiqiy ishlab chiqarilgan mahsulotlar, bajarilgan ishlar 
hamda ko`rsatilgan xizmatlar miqdoridan tez o`sadi. Odatda, talab inflyatsiya 
aholining to`liq ish bilan ta`minlangan holatda yuzaga chiqadi. Aholining 
daromadlarinig tez sur`atda o`sishi natijasida mahsulotlarga, bajarilgan ishlar va 


ko`rsatiladigan xizmatlari bo`lgan narx-navo oshadi. Bunday holatda talabnig har 
qanday o`sishi narx-navoning o`sishiga olib keladi.
Xarajatlar inflyatsiyasi. Inflyatsiyaning ushbu turi xom-ashyo va energetik 
resurslarga bo`lgan xarajatlarning o`sishi tufayli ishlab chiqariladigan mahsulotlar 
va bajariladigan ishlarning narx-navosini o`sishi natijasida yuzaga chiqadi. 
Xomashyo va energetik resurslarga bo`lgan dunyo narxlarini ko`tarilishi hamda 
xorijiy valyutaga nisbatan milliy valyuta kursini pasayishi xarajatlar 
inflyatsiyasining yuzaga chiqishini asosiy sabablari hisoblanadi. Xarajatlar 
inflyatsiyasida ma`lum bir mahsulotning narx-navosini o`sishi avtomat ravishda 
boshqa mahsulotlar narxnavoni o`sishiga olib keladi. Masalan, neft` mahsulotlariga 
bo`lgan dune bahosinig o`sishi natijasida unga bevosita bog`liq mahsulotlar, 
bajariladigan ishlar va ko`rsatiladigan xizmatlar narx-navosi o`sib ketadi. 
Xarajatlar inflyatsiyasi taklif inflyatsiyasiga o`xshash, lekin bu inflyatsiyada ba`zi 
xarajatlarning o`sishi aniq olingan mamlakat iqtisodiyotiga bevosita bog`liq 
bo`lmagan holatlarda yuzaga chiqishi mumkin.
Kredit inflyatsiyasi. Ushbu inflyatsiya turi mamakat markaziy, ba`zi 
mamlakatlarda milliy banklari tomonidan olib boriladigan kredit ekspansiyasi 
natijasida yuzaga chiqadi. Markaziy bank tijorat binklari uchun. Yuqori darajadagi 
qayta moliyalashtirish stavkasining o`rnatilishi natijasida xo`jalik sub`ektlariga 
beriladigan kredit qimmatlashadi. Xo`jalik sub`ektlari olingan kredit va u bo`yicha 
foizlarni o`zlari ishlab chiqaradigan mahsulot tannarxiga kiritadi hamda ushbu 
holat mahsulotlar narx-navosini ko`tarilishiga sabab bo`ladi.
Import bilan bog`liq inflyatsiya. Inflyatsiyaning ushbu turi aniq olingan 
mamlakatga tashqi omillar asosida yuzaga chiqadi. Ushbu holatda import 
qilinadigan mahsulotlarga bo`lgan narx-navoning ko`tarilishi natijasida ba`zi 
mahsulotlarga bo`lgan narx-navolar zanjir tarzida ko`tarilishi mumkin.
Kutilayotgan inflyatsiya. Inflyatsiyaning ushbu turida davlat tomonidan olib 
borilayotgan pul-kredit va byudjet siyosati natijasida joriy yil uchun inflyatsiyaning 
tahliliy darajasi belgilanadi va u daraja tartibga solib turiladi.

Download 0.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling