Farg'ona davlat universiteti sirtqi bo’lim “ijtimoiy-gumanitar fanlar” kafedrasi iqtisodiyot


Download 0.72 Mb.
Pdf ko'rish
bet16/16
Sana19.04.2023
Hajmi0.72 Mb.
#1365565
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
Bog'liq
Obidov Muhammadjon 20-116 Pul va Banklar Mustaqil ish

Xulosa va takliflar 
  
O`tgan yilninig yakuni bo`ycha respublikamiz davlat byudjeti ortig`i bilan 
bajarildi, ko`zda tutilgan defitsit o`rniga yalpi ichki mahsulotga nisbatan 0,3 foiz 
miqdorida profitsitga erishildi. Puxta o`ylangan qat`iy pul-kredit siyosatini izchil 
olib borish tufayli inflyatsiyani ko`zda tutilgan prognoz ko`rsatkichlari 
chegarasida, ya`ni yillik 7,8 foiz darajasida saqlab qolishga erishildi. Joriy yilni 
oladigan bo`lsak, o`rtacha ish haqi miqdorini byudjet sohasida – va shunga mos 
ravishda xo`jalik yurituvchi sub`ektlarda ham – 1,4 barobar oshirish ko`zda 
tutilmoqda. Inflyatsiyaning o`sish ko`rsatkichini 7-9 foiz darajasida saqlab turish 
mo`ljallanmoqda. Inflyatsiya va uning rivojlanishi alohida olingan mamlakatda 
ma`lum xususiyatlarga ega bulishi mumkin. Hozirgi davr inflyatsiyasi, utgan davr 
inflyatsiyasidan fark kiluvchi xususiyatlarga zga. Oldingi inflyatsiyalar 
vaktinchalik bulib, ular odatda urush vaktida harbiy xarajatlarni koplash uchun 


kogoz pullar chikarilishi natijasida yuzaga kelgan. Biror daromad olmasdan turib, 
ya`ni ishlab chikarish va Tovar oborot sur`atlarini oshirmasdan, yoki bu 
kursatkichlar kamayib ketgan holda davlat tomonidan buladigan xarajatlarni 
moliyalashtirishning asosiy yullaridan biri kogoz pullarni muomalaga chiqarishdan 
iborat bo’lgan. Natijada muomalaga chikarilgan pullar, muomala uchun zarur 
bulgan oltin mikdoridan oshib ketgan va pulning real kiymati uning nominal 
kiymatidan tushib ketgan, ya`ni, xakikatda pul birligi uzida kursatilganidan kam 
oltin mikdorni ifoda kila boshlagan. Oxirgi yillarda inflyatsiya tez-tez uchrab 
turadigan jarayon bulib sifati ham uzgarib bormokda. Buning sababi shundaki, 
hozirgi kunlardagi inflyatsiya: birinchidan, uzluksiz baholarning oshishiga; 
ikkinchidan pul muomalasi konunining buzilishi natijasida umumxujalik 
mexanizmining ishdan chikishiga olib keladi. XX asr inflyatsiyasining asosiy 
sababi tovar kamyobligigina bulib kolmasdan, ishlab chiqarish va kayta ishlab 
chikarishda krizislar mavjudligi bilan ifodalanadi. Xozirgi davr inflyatsiyasi 
birinchidash; pul talabining tovar taklifidan oshishi natijasida pul muomalasi 
konunining buzilishi; ikkinchidan; - ishlab chikarishga ketadigan xarajatlar 
salmogining usishi natijasida tovarlar bahosining oshishi va shu sababli pul 
massasining ortib borishi bilan ifodalanadi.
Iqtisodiyoti bozor munosabatlariga o`tayotgan mamlakatlarda inflyatsiyaga 
qarshi kurashish va milliy pul tizimini mustaxkamlash uchun asosan quyidagi 
chora-tadbirlar amalga oshirish lozim:
- milliy iqtisodiyotni sog`lomlashtirish, investitsiya faoliyatining tushib 
ketishini bartaraf etish va iqtisodiy rivojlanishning oqilona darajasini ta`minlash;
- raqobatbardosh, yuqori texnologik ishlab chiqarishni tashkil etish va uni 
rivojlantirish maqsadida davlat strategiyasini ishlab chiqish hamda uni amalga 
oshirish;
- xalq iste`mol tovarlarini ishlab chiqaruvchi korxonalarda ishlab chiqarish 
fondlarining tarkibini o`zgartirish va unda zamonaviy texnika hamda 
texnologiyalarni joriy etish;
-tijorat banklarining investitsiya va kredit faoliyatini rag`batlantirish;


- soliq tizimini takomillashtirish va ushbu yo`nalishda asosiy e`tiborni 
soliqlarning rag`batlantiruvchi funktsiyasiga qaratish;
- davlat tomonidan kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni qo`llabquvvatlash;
- mamlakat ichida mahsulotlar, valyuta, kredit er, ko`chmas mulk, mehnat va 
qimmatli qog`ozlarining yagona bozorini shakllantirish hamda uni rivojlantirish;
- pul-kredit siyosatini iqtisodiyotnign rivojlanishi holatiga asosan o`zgartirib 
turish;
- tashqi iqtisodiy faoliyatni erkinlashtirish va mahsulotlar, ishlar, xizmatlarni 
eksport qilishni rag`batlantirish;
- erkin bozor baholarini saqlagan holda daromadlar, xarajatlar va narx-navoni 
davlat tomonidan tartibga solish va uni nazorat qilish;
- davlat byudjet taqchilligini noinflyatsion yo`llar bilan qisqartirish;
- davlatning strategik oltin-valyuta zahiralarini chuqur tahlil etish va ulardan 
oqilona foydalanish. Oxirgi yillarda inflyatsiya tez-tez uchrab turadigan jarayon 
bo’lib sifati ham uzgarib bormoqda. Buning sababi shundaki, hozirgi kunlardagi 
inflyatsiya: birinchidan, uzluksiz baholarning oshishiga muomalasi qonunining 
buzilishi natijasida umumxo’jalik mexanizmining ishdan chiqishiga olib keladi. 

Document Outline

  • FARG'ONA DAVLAT UNIVERSITETI
  • SIRTQI BO’LIM
  • “IJTIMOIY-GUMANITAR FANLAR” KAFEDRASI

Download 0.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling