Farg'ona davlat universiteti sirtqi bo’lim “ijtimoiy-gumanitar fanlar” kafedrasi iqtisodiyot


Inflyatsiyaning iqtisodiy va ijtimoiy oqibatlari


Download 0.72 Mb.
Pdf ko'rish
bet14/16
Sana19.04.2023
Hajmi0.72 Mb.
#1365565
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
Bog'liq
Obidov Muhammadjon 20-116 Pul va Banklar Mustaqil ish

 Inflyatsiyaning iqtisodiy va ijtimoiy oqibatlari 
  Har bir mamlakatda inflyatsiya mavjudligi undagi iqtisodiy holatnig 
yomonlashuviga sabab bo`ladi. Ushbu salbiy holatlar quyidagi yo`nalishlarda 
yuzaga chiqadi:
1) 
Ishlab chiqarish xajmi qisqaradi, chunki narx-navolarning doimiy 
tarzda tebranib turishi ishlab chiqarishni rivojlantirishga bo`lgan istiqbollarga 
ishonchni yo`qotishga olib keladi;
2) 
Ishlab 
chiqarish 
sohasidagi 
kapital 
savdo 
va 
vositachilik 
operatsiyalariga oqib o`tishi kuzatiladi. Chunki savdo va vositachilik sohalarida 
kapital aylanishi tez amalga oshadi va katta foyda keltiradi. Inflyatsiya yuqori 
bo`lgan davrda aholi o`rtasida puldan qochish holati kuzatiladi, ya`ni kishilar 
qo`llaridagi pullardan imkoniyat darajasida tezroq sarflashga harakat qiladilar. Ular 
pullarga turli tovarlar sotib oladilar. Buning natijasida savdo va vositachilik 
do`konida tovarlar tez sotiladi;
3) 
Narx-navoning keskin va notekis o`zgarishi natijasida chayqovchilik 
kengayadi. Inflyatsiya natijasida tovar tanqisligi (defitsit) yuzaga chiqadi. Ushbu 
taqchillik narx-navoning keskin ko`tarilishiga olib keladi;
4) 
Davlat moliya resurslari qadrsizlanadi. Davlat byudjeti daromadlari 
byudjet xarajatlari amalga oshirilguncha qadar davrda qadrsizlanadi. Byudjet 
daromadlari va xarajatlari o`rtasidagi mutanosiblikni saqlash qiyinlashadi va 
buning natijasida byudjet taqchilligi (defitsiti) yuzaga chiqadi;


5) 
Mamlakatda kredit operatsiyalari cheklanadi. Chunki inflyatsiya 
darajasi tufayli yuridik va jismoniy shaxslarga tijorat banklaridan beriladigan 
kreditlarning foiz darajasinig yuqori darajada o`rnatiladi. Ushbu salbiy holat 
ishonchni pasaytiradi.
Inflyatsiyaning eng asosiy ijtimoiy oqibati bo`lib daromadlar va boyliklarni 
qayta taqsimlanishi amalga oshishi hisoblanadi. Ushbu qayta taqsimlanishi
quyidagi omillar natijasida amalga oshadi:
- mamlakat aholisining daromadlari indeksatsiya qilinmasligi;
- tijorat banklari tomonidan yuridik va jismoniy shaxslarga beriladigan 
kreditlar baholar indekslarining o`zgarishini hisobga olinmagan holda berilishligi.
Inflyatsiya shart-sharoitlarida mamlakatda ichki mahsulot va milliy daromad 
quyidagi yo`nalishlarda qayta taqsimlanadi:
1) 
Milliy iqtisodiyot tarmoqlari, ishlab chiqarish sohalari va mamlaat 
xududlari o`rtasida narx-navoning notekis o`sishi natijasid;
2) 
Mamlakat aholisi va davlat o`rtasida. Bunda davlat tomonidan 
muomaladagi ortiqcha pul massasidan qo`shimcha daromad sifatida foydalanadi. 
Xalqaro amaliyotda bu inflyatsion soliq deb nomlanadi;
3) 
Mamlakat aholisining sinflari va turli toifalari o`rtasida. Maxsulotlar 
va xizmatlarga bo`lgan narx-navoning notekis o`sib ketishi natijasida aholi 
o`rtasida ijtimoiy toifalarga bo`linishini (boylar, kambag`allar, qashshoqlar), 
mulkiy holatidagi farqni chuqurlashuviga, jamg`armalar va joriy iste`molning 
keskin o`zgarishi yuzaga chiqadi. Inflyatsiyaning ijtimoiy salbiy ta`siri eng avvalo 
qat`iy belgilangan daromadlari oluvchi shaxslar hisoblangan – nafaqaxo`rlar, 
nogironlar, ko`p farzandli oilalar va davlat xizmatchilari (o`qituvchilar, vrachlar, 
bog`cha xodimlari va boshqalar) uchun juda og`ir kechadi;
4) 
Debitorlar va kreditorlar o`rtasida. Ushbu holatda olingan qarzlarni pul 
qadrsizlanishi natijasida debitorlar daromad oladi va buning aksi, kreditorlar 
qo`shimcha zarar ko`radi.
Biz yuqorida keltirgan inflyatsiyaning iqtisodiy va ijtimoiy salbiy oqibatlari 
qo`shimcha ravishda mamlakatning tashqi iqtisodiy aloqalarga ham faol ta`sir 


ko`rsatadi. Inflyatsiya darajasi yuqori mamlakatlar bilan qo`shimcha sug`urta va 
turli kafolatlar asosida o`zaro munosablar olib boradilar. Xalqaro amaliyotda ushbu 
munosabatlar savdoning kamsitilishi yoki diskriminatsiya deb nomlangan.
Mamlakat iqtisodiyotiga ayniqsa jilovlanmagan (giperinflyatsiya) juda salbiy 
ta`sir etadi. Buning natijasida iqtisodiy va ijtimoiy qarama-qarshiliklar 
keskinlashadi, aholi o`rtasida xukumatga bo`lgan norozilik kuchayadi. Shuning 
uchun, xukumat qarama-qarshiliklarni ijobiy hal qilish, milliy pul tizimining 
barqarorlashtirish 
uchun 
oqilona 
ishlab 
chiqilgan 
inflyatsiyaga 
qarshi 
choratadbirlarni amalga oshirishi lozim bo`ladi.

Download 0.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling