Farg’ona davlat universiteti texnalogig talim


 Sport mashg`ulotlari nomi


Download 387.24 Kb.
Pdf ko'rish
bet11/36
Sana17.06.2023
Hajmi387.24 Kb.
#1525929
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   36
Bog'liq
G\'OLIBJON PEDAGOGIKA

3. Sport mashg`ulotlari nomi 
Jismoniy tarbiyada uchta asosiy yo`nalish mavjud bo`lib, inson jismoniy tarbiyasi ana o`sha 
ramkalar 
asosida amalga oshiriladi. Ular umumiy jismoniy tayyorgarlik, kasb-hunar jismoniy tayyorgarligi, sport 
tayyorgarligidir. 
Umumiy jismoniy tayyorgarlik sog`liqni mustahkamlashga, keng doirada harakat malakalari va 
ko`nikmalariga ega bo`li-shiga, o`zidan keyingi maxsus tayyorgarlikka zamin bo`lishi uchun xizmat qiladigan 
asosiy harakat sifatlarini rivojlantirishga yo`naltirilgan. 
Umumiy jismoniy tayyorgarlik maqsadida jismoniy tarbiyaning barcha turdagi vositalaridan, xilma-xil 
jismoniy mashqlardan, tabiatning sog`lomlashtiruvchi kuchlari va gigienik omillardan foydalaniladi. Umumiy 
jismoniy tayyorgarlik jismoniy tarbiyaning barcha etaplarida ko`proq maktab jismo-niy tarbiya tizimida, ommaviy 
fizqo’ltura ishlarida va jismo-niy mashqlar bilan individual shug`ullanish shakllari orqali amalga oshiriladi. 
Kasb-hunar jismoniy tayyorgarligi – bu jismoniy tar-biyaning mutaxassislashtirilgan, aniq mehnat turi va 
mudofaa faoliyatiga tayyorlashga yo`naltirilgan jarayondir. Bunda asosan, jismoniy mashqlarning hunar yoki 
kasbga yaqin bo`lgan turlaridan foydalaniladi. Kasbga yo`naltirilgan jismoniy tayyorgarlik vositalarining 
qo`llanishi mehnat harakat malakala-rining shakllanishini egallash jarayonini tezlashtiradi, mehnat unumdorligini 
oshiradi, organizmning, tashqi muhit ta’sirining zararli faktorlariga qashilik ko`rsatishini yaxshilaydi. 
Umumiy va kasb jismoniy tayyorgarligi deb ajratish ma’lum darajada shartli bo`lib, ikkala yo`nalishi ham 
bir-birini to`ldiradi. 
Sport tayyorgarligi jismoniy tarbiyada maxsus yo`nalishni ifoda etadi. Buning vazifasi insonni tanlab 
olingan biror sport turida yuqori natijalarga erishishni ta’minlashdir. 
Jismoniy tarbiyada sport tayyorgarligi, organizmning funktsional imkoniyatlarini takomillashtirish bilan 
bog`liq bo`lgan, yuqori sport natijasi kishilarning jismoniy tayyor-garligini baholash kriteriyasiga aylanadi va 
jismoniy tarbiyaga mo`ljal sifatida juda keng qo`lamda qo`llaniladi. 
Sport trenirovkasi pedagogik hodisa bo’lib, mashq qilish usuliyatlari tizimi yordamida bevosita yuqori sport 
natijalariga erishishga qaratilgan va jismoniy tarbiyaning ixtisoslashgan jarayonidir. Shuni ta’kidlash muhimki, 
sport pedago-gika nuqtai nazaridan birdan-bir maqsad bo’lmasdan, tarbiyalash, soglomlashtirish va hayotga 
tayyorlashning vositasidir. 
Sport mashgulotining vazifalari: soglikni mustahkamlash va ma’naviy tarbiya talablari, shaxsni har 
tomonlama garmonik rivojlantirish; sport texnikasi va taktikasini egallash; tanlangan sport turiga xos jismoniy, 
ruhiy va irodaviy sifatlarni rivojlantirish, sport gigienasi va o’z-o’zini nazorat qilish sohasida amaliy va nazariy 
bilimlarni egallashdan iborat. Sport mashguloti davomida faqat yuqori mahoratinigina egallamasdan, sogligini 
mustahkamlash, jismoniy sifatlarini rivojlantirish, serunum mehnat va Vatan himoyasi uchun zarur bo’lgan hayotiy 
zaruriy malakalarni eggalash vazifalari hal qilinadi.

Download 387.24 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   36




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling