Farg’ona davlat universiteti texnalogig talim


Download 387.24 Kb.
Pdf ko'rish
bet7/36
Sana17.06.2023
Hajmi387.24 Kb.
#1525929
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   36
Bog'liq
G\'OLIBJON PEDAGOGIKA

Jismoniy tarbiya – pedagogik jarayon bo`lib, inson organizmini morfologik va funktsional jihatdan 
takomil-lashtirishga, uning hayoti uchun muhim bo`lgan asosiy harakat malakasini, mahoratini, ular 
bilan bog`liq bo`lgan bilimlarni shakllantirish va yaxshilashga qaratilgan. Masha shu ta’rifda jismoniy 
tarbiyaning insonni tarbiyalashning mustaqil turi sifatidagi o`ziga xosligi taokidlab o`tilgan. 
Jismoniy tarbiyaga oid bo`lgan bu o`ziga xoslikning tarkibida ikkita alohida ma’noga ega bo`lgan 
«jismoniy bilim» va «jismoniy sifatlarni rivojlantirish» deb atalgan tushuncha yotadi. 
«Jismoniy bilim» termini yangi davrdagi jismoniy tarbiyaning eng avvalgi tizimlarida uchraydi. 
Masalan, Fit «o`z vujudini tarbiya» qilish maqsadida jismoniy mashqlar zarurligi haqida gapirgan edi. 
2. Harakatlarga o’rgatish bosqichlarining tuzilish asoslari 
Jismoniy tarbiya jarayonida o`rgatishning asosiy xususiyati - bu o`rgatishning harakat malakalari va maxsus 
bilimlarni egallashga qaratilganidir. O`rgatish shug`ullanuvchilarning jismoniy rivojlanishi bilan uzviy bog`liq 
bo`ladi. Ta’lim-tarbiya amaliyotining har qanday sohasida bo`lganidek, jismoniy tarbiya jarayonida ham o`qitish 
o`qituvchi va o`quvchilarning birgalikdagi ijodiy faoliyatlaridan tashkil topadi va bunda, albatta, o`qituvchi 
yetakchi rol o`ynaydi. 
Harakatlarga o`rgatish umumiy o`qitish tamoyillariga asoslanadi, bu tamoyillar jismoniy tarbiya sohasida o`z 
maxsus ifodasini topadi. Bu maxsuslik harakat ko`nikmalari va malakalarini hosil qilish qonuniyatlaridan kelib 
chiqadi. 
 Harakatlarga o`rgatishning asosiy yo’nalishi va xususiyatlari 
O`quvchiga bilim berishda jismoniy tarbiya ta’limi muhim o`rinni egallaydi. Bu jarayonda harakat faoliyatini 
yoki uning ma’lum bo`lagini bajarishga o`rgatiladi, jarayon mashq qilish-takrorlash orqali amalga oshiriladi va 
shug`ullanuvchida shu harakat haqida nazariy bilimning shakllanishiga, jismoniy sifatlarni rivojlantirish-
tarbiyalashga olib keladi. Demak, jismoniy tarbiya jarayonida ta’lim maxsus bilimlarni va harakatni bajara olishni 
o`zlashtirish va uni o`quvchiga, shug`ullanuvchiga uzatishning uyushtirilishini yo`lga qo`yishdan iboratdir. 
O`qitish amaliyotida “harakat faoliyati ta’limi”, “harakatga o`rgatish”, “harakat malakasi”, “harakat 
ko`nikmasi”, “nazariy bilim” kabi atamalardan foydalaniladi hamda yuqorida qayd qilinganidek jismoniy ma’lumot 
berish maqsadi amalga oshiriladi. 
Harakat faoliyatini (yoki jismoniy mashqni) o`rgatish nisbatan qisqa pedagogik vazifadir. Harakat faoliyatini 
o`rgatish atamasi harakat faoliyati aniq bo`lib, uning nazariy bilimi ham berilganda qo`llaniladi. Harakat faoliyatini 
o`qitishda harakat malakasi shakllanadi, ko`nikma vujudga keladi, bir vaqtning o`zida muvofiq jismoniy harakat 
sifatlari: kuch, tezlik, chidamlilik, chaqqonlik, mushaklar egiluvchanligi va bo`g`imlar harakatchanligi rivojlanadi. 
SHu sababli pedagogik jarayonda e’tibor bir narsaga – ta’limga, ya’ni malakani shakllantirishga yoki harakat 
sifatlarini rivojlantirishga qaratilishi lozim. 
Harakat faoliyatini o`qitish jarayonida faqatgina bilim berish va tarbiyalash vazifalari birgalikda hal qilinmay, 
sog`lomlashtirish xususiyatiga ega bo`lgan vazifalar ham amalga oshiriladi. Hech qaysi umumta’lim predmetida 
bunchalar yaqqol namoyon bo`lmaydigan sog`lomlashtirish vazifasi harakat faoliyatini o`qitishda yorqin namoyon 
bo`ladi. 
Harakat faoliyatini o`qitishda bilim berish vazifalari ham o`zining xususiyatlariga ega. O`quv materiallarini 
egallash jarayonining yetakchi tarkibiy qismi o`quvchilarning faol harakat faoliyatidir. Ularning o`quv-mehnat 
faoliyati hammadan avval jismoniy kuch sarflashni talab qiladi. O`quvchining o`quv faoliyatiga oid ayrim 
qonuniyatlarni bilish insonning ish qobiliyati umumiy qonuniyatlarini hisobga olishni taqozo etadi. Individning ish 
qobiliyati bir necha omillarga bog`liq: ajdodlaridan meros qobiliyatlar, hayotiy jarayonda to`plangan tajribalar va 
ma’lum belgilangan sharoitda aniq faoliyatni boshqara olish. Bu omillar qanchalar yaxshi rivojlangan bo`lsa, inson 
shunchalar katta ishchanlik qobiliyatini namoyon qila oladi. 


Odatdagi sharoitda inson o`z ish qobiliyatlarining bir qismidangina foydalana oladi, xolos. Zahirada deb 
hisoblangan boshqa qismi faqat oshirib qo`yilgan maksimal talablarga javob berishda namoyon bo`lishi mumkin. 
Noodatiy tashqi sharoit zahiradagi ish qobiliyatining namoyon bo`lishiga imkoniyat yaratibgina qolmay, inson 
qobiliyatlarining maksimal darajada rivojlanishini tarbiyalaydi.
Harakat faoliyatini o`qitishning ikkinchi xususiyati harakat malakalari tizimini shakllantirish hisoblanadi. Faqat 
harakat faoliyati tizimigina o`quvchi jismoniy tayyorgarligining xususiyatini belgilaydi. Masalan, 30 metrga 
yugurish 60 metrga yugurish bilan taqqoslanganda, uning boshqa harakat faoliyatlari bilan ko`p marotaba 
bog`lanishlarga ega ekanligi ma’lum bo`ladi. Tirmashib chiqish va muvozanat saqlash mashqlari esa boshqa 
harakat faoliyatlari tizimiga nisbatan qaram emas. Bu faoliyatlarning ta’siri natijasi boshqa faoliyatlarnikidan 
yuqori yoki past bo`lishi mumkin. 
Uchinchi xususiyati – ta’limni ikki yo`nalishda amalga oshirishda harakat sifatlarini kompleks rivojlantirish 
bilan aloqadorligi: 
a) harakat malakasi harakat sifatlarining rivojlanishi bilan bog`liqdir. eng avvalo, aynan o`sha harakat 
malakasiga oid harakat sifatlari rivojlanadi; 
b) harakat malakasi uchun maxsus xususiyatga ega bo`lgan harakat sifatini rivojlantirish bir vaqtning o`zida 
boshqa sifatlarni rivojlantirishdan samaraliroq kechadi. 
Masalan, qisqa masofaga yugurishda tezlik rivojlanadi, lekin tezlik kuch, chidamlilik va boshqa sifatlarni 
optimal rivojlantirganidagina natijaliroq rivojlanadi. 

Download 387.24 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   36




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling