Farg’ona davlat universiteti texnalogig talim


Kuch namoyon bo`lishi sharoitlariga kuchning bog`liq ekanligi


Download 387.24 Kb.
Pdf ko'rish
bet10/36
Sana17.06.2023
Hajmi387.24 Kb.
#1525929
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   36
Bog'liq
G\'OLIBJON PEDAGOGIKA

Kuch namoyon bo`lishi sharoitlariga kuchning bog`liq ekanligi. Harakat kuchi (ya’ni harakatning bosimi 
yoki tortishishi) ko`p jihatdan qarshilik ko`rsatish kuchlarining tabiati bilan belgilanadi. 


Kuch va ko`chirilayotgan massa aloqadorligi. Agar odam massasi har xil bo`lgan jismlarni mushaklarga iloji 
boricha (chegara darajasida) zo`r berib, bir joydan ikkinchi joyga ko`chirayotganda bir qator harakatlarni bajarsa, 
namoyon bo`lgan kuchning miqdori ham har xil bo`ladi. Dastlab ko`chirilayotgan jismning massasi ortib borishi 
bilan kuch ham oshib boradi, biroq keyin massa orsa ham, kuch oshmaydi. Kuch-massa bog`liqligi jismoniy tarbiya 
amaliyotida juda ko`p xil ko`rinishda bo`ladi. Masalan, sportchining yadro itqitish uchun sarflaydigan kuchi uning 
shtanga ko`tarishda sarflaydigan kuchidan kam bo`ladi. Biroq jismning massasi juda katta bo`lsa, kishi unga 
sarflaydigan kuchning miqdori ko`chirilayotgan massaga bog`liq bo`lmaydi hamda kishining kuch imkoniyatlari 
bilangina belgilanadi. 
2. Chaqqonlikni tarbiyalash metodikasi 
Har qanday harakat biror-bir aniq vazifani hal qilishga qaratilgan: mumkin qadar balandroq sakrash, to`pni ilib 
olish, shtangani ko`tarish va boshqalar. Harakat vazifasining murakkabligi ko`pgina sabablar bilan, jumladan, bir 
vaqtda va ketma-ket bajariladigan harakatlarning o`zaro uyg`unligiga (harakat koordinasiyasiga) bo`lgan talablar 
bilan belgilanadi. Harakatlarning koordinasion murakkabligi chaqqonlikning birinchi o`lchovi hisoblanadi. 
Agar harakatning makon, vaqt va kuch xususiyatlari harakat vazifasiga mos kelsa, ya’ni harakat yetarli darajada 
aniq bo`lsa, harakat vazifasi bajariladi. Harakatning aniqligi tushunchasi harakatning makon, vaqt va kuch 
xususiyatlari aniqligidan iborat. Harakatning aniqligi chaqqonlikning ikkinchi o`lchovidir. 
Hayotda va jismoniy tarbiyada duch kelish mumkin bo`lgan barcha harakatlarni shartli ravishda 2 guruhga 
bo`lish mumkin: 1. Nisbatan stereotip harakatlar. 2. Nostereotip harakatlar. 
Engil atletika yo`lkasida yugurish, yengil atletikadagi uloqtirish va sakrashlar, gimnastika mashqlari, tekis joyda 
yurish birinchi guruhga; sport o`yinlari, yakkama-yakka bellashuv, kross va boshqalar ikkinchi guruhga misol 
bo`ladi. 
Stereotip harakatlardagi aniqlik, jumladan, kishi bu harakatlarni bajarishni qanchalik uzoq o`rganganiga bog`liq. 
Agar inson o`zi uchun yangi harakatlarni birdaniga bajara boshlasa, bu harakatlarni o`zlashtirib olishga ko`proq 
vaqt sarflagan kishiga qaraganda chaqqonroq hisoblanadi. Shuning uchun harakatlarni o`zlashtirib olishga 
sarflanadigan vaqt chaqqonlik ko`rsatkichlaridan biri bo`lishi mumkin. 
Nostereotip harakatlardagi chaqqonlik harakatni o`zgargan sharoit talablariga muvofiq ravishda tez o`zgartira 
bilishda namoyon bo`ladi. Bunda chaqqonlik kishining o`z harakatini maqsadga muvofiq tarzda qayta qurishi 
uchun sarflagan vaqti bilan ifodalanadi. 
Barcha aytilganlar e’tiborga olinsa, chaqqonlikni, birinchidan, yangi harakatlarni tez o`zlashtirib olish 
qobiliyati, ikkinchidan, harakat faoliyatini to`satdan o`zgarayotgan sharoit talablariga muvofiq ravishda tez qayta 
qurish qobiliyati deb qarash mumkin. 
Koordinason qobiliyatlarning rivojlanishiga ko`maklashuvchi turli-tuman mashqlarda, ayniqsa, harakatli va 
sport o`yinlari, gimnastika, akrobatika elementlari ko`plab mavjud bo`ladi. SHuning uchun ular o`quvchilarning 
jismoniy tarbiyasida juda keng qo`llaniladi. Bu vositalar umuman chaqqonlikning rivojlanishiga ko`maklashadi. 
Maxsus chaqqonlikni tarbiyalash uchun xususiyatlari bo`yicha musobaqa mashqlariga yaqin bo`lgan tayyorlovchi 
mashqlar qo`llanishi zarur.
Kichik va o`rta yoshdagi o`quvchilarda chaqqonlik sifatini eng samarali tarbiyalash mumkin. Bu davrda harakat 
ko`nikmalarini egallash qobiliyati, ko`rish, eshitish, teri bilan sezish va boshqa analizatorlarning jadal rivojlanishi 
kuzatiladi. 
Chaqqonlikni rivojlantiruvchi mashqlar maktab darsi va mashg`ulotlarning asosiy qismi boshlanishida va 
tayyorlov qismida bajariladi. Charchagan holatda chaqqonlikning rivojlanishi kam samarali bo`ladi. 
Mushaklarning tabaqalashtirilgan holda kuchlanishini takomillashtirish uchun quyidagi mashqlarni tavsiya 
qilish mumkin: 
1. Joyidan uzunlikka sakrash, joyidan ko`p marta sakrash, berilgan masofaga 10 hatlab sakrash. 
2. Ko`rsatilgan balandlikka 
sakrab o`tish. 
3. Tennis, basketbol va voleybol koptoklarini ko`rsatilgan masofadagi nishonga tekkizish. 
Fazoda tabaqalashtirish qobiliyatini mukammallashtirish uchun: 
1.Harakatlar ko`lamini yaxshilash uchun ko`zlarni yumgan holda berilgan burchakkacha (30,45,60,90,120 
gradus) predmetlarsiz va predmetlar bilan qo`llar (oyoqlar)ni ko`tarish. 
2. Muayyan miqdordagi qadamlarni qayta bosish, muayyan masofani (10, 20, 50, 60, 100 m) aylanishlar. 
Vaqtga harakatlarni tabaqalashtirish uchun mashqlar: 
1. Har xil harakatlarni (yurish, yugurish, sakrash, uloqtirish, umumrivojlanuvchi mashqlar) qat’iy belgilangan 
vaqtda bajarish. 
2. Berilgan vaqtda erkin mashqlar kombinasiyasini bajarish. 
3. Kuch, tezlik, aniqlik mashqlarini ko`p marta takrorlash. 
Barcha mashqlar har xil dastlabki holatlardan, har xil yo`nalishlar va tekisliklarda, har xil holatlarda bajariladi. 
Muvozanat vazifalarini mukammallashtirish uchun quyidagi mashqlar tavsiya qilinadi: 
1. Har xil balandlikda cheklangan maydonda muvozanatni yo`qotgunga qadar qo`llar va oyoqlar erkinligining 
har xil holatlari bilan, yumuq va ochiq ko`zlar bilan bir oyoqda turish. 
2. Gimnastika hodasida, narvonda predmesiz va predmetlar bilan turli-tuman mashqlar. 
3. Ikkala yoki bir oyoqda o`yinlar, estafetalar, to`siqlar chizig`ining unsurlari bilan muvozanatni saqlab turish; 


4. Turgan joyda ko`p marta aylangandan keyin yumuq ko`zlar bilan har xil uzunlikdagi kesmalardan (yurib) 
o`tish. 
Chaqqonlikni rivojlantirishda zaiflashtirish qobiliyatini takomillashtirish zarur. 
Qarama-qarshilik mashqlari katta samara beradi: mushak guruhlarini maksimal taranglashtirish - maksimal 
bo`shashtirish. Masalan:
1. D.h. qo`llar yonga uzatilgan, yelka kamari va qo`l mushaklarini maksimal taranglashtirib, panjalar musht 
qilib siqilgan. yelka kamari va qo`l mushaklarini bo`shashtirish va qo`llarni tushirish. 
2. D.h. eshakda turib, oyoqlar va tos sohasi mushaklarini maksimal taran glashtirib, o`ng (chap) oyoqni 
ko`tarish. Oyoqlarni oldinga – orqaga silkitib
mushaklarni bo`shashtirish. Shu tamoyil bo`yicha predmetlar bilan va 
predmetlarsiz boshqa mashqni tanlash mumkin. 
Chaqqonlikni tarbiyalash, birinchidan, koordinasion jihatdan murakkab harakatlarni o`zlashtirib olish 
qobiliyatini tarbiyalashdan va, ikkinchidan, harakat faoliyatini to`satdan o`zgargan sharoit talablariga muvofiq 
ravishda qayta qurish qobiliyatini tarbiyalashdan iboratdir. 
Chaqqonlikni oshirishga qaratilgan yuklamaning o`zgarishi shug`ullanuvchilar yenga oladigan koordinasion 
qiyinchiliklarni orttira borish yo`li bilan sodir etiladi. Bu qiyinchiliklar asosan quyidagi talablardan tashkil topadi: 
1) harakatlarning aniq bo`lishi; 2) ularning o`zaro muvofiqligi; 3) sharoitning to`satdan o`zgarishi. 

Download 387.24 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   36




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling