Farg’ona davlat universiteti texnalogig talim
O‘quvchi faoliyatini aylanib yurib mashq bajarish
Download 387.24 Kb. Pdf ko'rish
|
G\'OLIBJON PEDAGOGIKA
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3. Sportchining jismoniy texnik va taktik tayyorgarligi Sport mashguloti ikki yo’nalishni; umumiy va maxsus jismoniy tayyorgarlik (MJT) jarayonini
- Maxsus tayyorgarlik
5. O‘quvchi faoliyatini aylanib yurib mashq bajarish usuliyati orqali tashkillash asosan yuqori sinf
o‘quvchilari bilan, rejalashtirilgan o‘quv materiali o‘rganib ulgurganidan so‘ng, mashqdan-mashqga o‘tish, o‘qituvchining buyrug‘i (signali), signalisiz mashqni bajargandan so‘ng o‘rin almashtirish maqsadida boshqa jihozga o‘tish tarzida tashkillanadi. Bu usuliyatning samaraliligi shundaki, vaqt tejaladi, o‘quvchilarning barchasi birvarakayiga band bo‘ladi, ularda mustaqil shug‘ullanishga ehtiyoj va instruktorlik malakalari shakllanadi. Bu usuliyatning «Kreystring» deb ataladigan to‘rt xil ko‘rinishi mavjud. O‘quvchilarni mustaqil ishlashi mashg‘ulotlarni tashkillashning alohida shakli sifatidaham, belgilangan vazifalarnihal qilish uchun o‘quvchi faoliyatini tashkillash ususliyati tarzidaham ko‘zga ko‘rinishi mumkin. Mustaqil ishlashni o‘rgatishning asosiy va xususiy maqsadi mashg‘ulotlarda o‘quvchilarni mustaqil shug‘ullantirilishini tarbiyalash. O‘quvchining faoliyatidagi mustaqil ishlash malakasining dastlabki belgilari, tashqaridan yordamsiz yoki ahamiyatsiz darajadagi yordam bilan ishlashi orqali namoyon bo‘ladi. O‘quvchining mustaqilligining darajasi uni yoshiga xos anglashi imkoniyatlari va o‘quv materialining mazmuniga bog‘liq. 3. Sportchining jismoniy texnik va taktik tayyorgarligi Sport mashguloti ikki yo’nalishni; umumiy va maxsus jismoniy tayyorgarlik (MJT) jarayonini tarkiban birlashtiradi. Umumiy jismoniy tayyorgarlik (UJT) jarayonida organlar, sistemalar va funktsiyalarni umumiy rivojlantirish asosida sport ixtisosligiga mavjud shart-sharoitlarni yaratadi, kengaytiradi, shuningdek, uning turli xil harakat, ko’nikma va malakalarining munosabatlarini boyitadi. Maxsus tayyorgarlik esa, muayyan sport turi uchun – xos bo’lgan sifat va qobiliyatlarni rivojlantirishni ta’minlaydi, shuningdek, unga xos texnik va taktik bilim va malakalar bilan qurollantiradi. Umumiy tayyorgarlikni ham, maxsus tayyorgarlikni ham, mashgulot jarayonidan olib tashlab yoki birini ikkinchisi bilan almashtirib bo’lmaydi. Chunki umumiy va maxsus tayyor-garlikning orasida o’zaro uzviy bogliqlik mavjud. Ularning o’rtasidan chegara o’tkazish mumkin emas. Ayrim mutaxassislar shunga tayanib, sport trenirovkasining bu jihatlarini ajrat-maslikni taklif qiladilar. Bizning fikrimizcha esa umumiy va maxsus tayyorgarlik o’zining xususiy funktsiyalari, vosita-lari, usullari va shuningdek, mashgulot jarayonlari bilan birmuncha farq qiladi. Maxsus jismoniy tayyorgarlik sport ixtisosining muhim omilidir, umumiy jismoniy tayyorgarlik esa sportchi rivojlanishining u yoki bu tomonlari orasidagi turli xil aloqalar orqali ixtisoslashish jarayoniga bilvosita ta’sir qiluvchi omildir. Sportchining umumiy tayyorgarligi ixtisosligi xususiyatlarini ham aks ettirishi lozim. Chunki, alohida jismoniy mashqlar davomida ijobiy va shuningdek, salbiy ta’sirlar uchrab, umumiy tayyorgarlik har xil sport turlarida bir xil bo’lishini cheklab turadi. Ko’rganimizdek, umumiy tayyorgarlik har xil sport turlarida turlicha bo’ladi, ammo uni maxsus tayyorgarlik bilan aralashtirib bo’lmaydi. Umumiy va maxsus tayyorgarlik sport trenirovkasida har doim, ko’p yillar davomida amalga oshiriladigan uzluksiz jarayon: qator mualliflar sportchining mahorati ortib borishi bilan umumiy jismoniy tayyorgarlik mashgullarining soni va unga ajratiladigan vaqtni kamaytirish kerak deb ishontirishga urinadilar. UJTning hajmi unga ajratiladigan vaqtni kamaytirish hisobiga emas, balki maxsus jismoniy tayyorgarlik ustida ko’proq ishlash hisobiga qisqartilishi kerak. Mashgulot turkumlarida UJT va MJTning o’zaro munosabatiga kelsak, u quyidagicha ifodalanadi: tayyorgarlik davrining I bosqichida ayniqsa poydevor mezotsiklida UJT ustunlik qiladi, keyin-chalik asta-sekin u kamaytiriladi, tayyorgarlikning II bosqi-chida va musobaqalashish davrida MJT ortadi, bu davrda UJT faol dam olish shaklida markaziy o’rin egallaydi. Download 387.24 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling