Farg’ona davlat universiteti texnalogig talim


Quyidagilarni o’yin usuliyatning harakterli belgilari deb qarash mumkin


Download 387.24 Kb.
Pdf ko'rish
bet18/36
Sana17.06.2023
Hajmi387.24 Kb.
#1525929
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   36
Bog'liq
G\'OLIBJON PEDAGOGIKA

Quyidagilarni o’yin usuliyatning harakterli belgilari deb qarash mumkin: 
1. O’yin holatida raqiblik va emotsionallik elementlarini aniq ifodalash. O’yin usuliyati insonlar orasidagi 
eng qiyin munosabatlarni yo’zaga chiqarishi imkonini beradi. Hatto yugurish musobaqasi sharoitida 
qatnashuvchilar orasida shunchalar ko’p qirrali holatlar vujudga keladiki, lekin u ikki o’yinchi o’rtasidagi paydo 
bo’lgan holatlardan ancha oz bo’ladi. Shu bilan boliq holda o’yin usuliyati o’yinchilar orasidagi munosabatlarni 
katoiyan reglamentlashtirishni talab qiladi. 
2. Harakat faoliyatini bajarish davomida sharoitning o’zgaruvchanligi. Buning natijasida o’yinchilar paydo 
bo’ladigan vazifalarni hal qilishning turli-tuman usullariga ega bo’lishi, ularda shakllangan malakalar o’zgaruvchan 
sharoitda moslanuvchanligi va egiluvchanligi bilan ajralib turishi lozim. 
3. Harakat faoliyatidagi ijodiy tashabbuslarga yuqori talablar qo’yish. O’yin holatining o’zgaruvchanligi 
jismoniy mashqlarning natija beradiganlarini tanlashni va mustaqil-likni faolroq namoyon qilish talabini qo’yadi. 
3. Jismoniy tarbiyaning dastur bo`limlari o`quv vaqtlari hamda o`quv 
metod materiallarini har dars va choraklarga taqsimlash yillik o`quv reja 
jadvali 
Rejalashtirish va xisobotni olib borish o‘zaro chambarchas bog‘langan 2 ta jarayon bo‘lib, ular bir-birini 
asoslab beradi. Ma’lum davoga ish rejasini tuzish uchun asosiy yo‘llanmalarni, tadbirlar tizimini, yakuniy 
natijalarni aniqlab beruvchi kerakli malumotlarga ega bo‘lishi zarur.
Agar aniq reja ishda tizim, maqsad yo‘q bo‘lsa ishning yakuniy natijasi aniqlanmasa, u holda hisobot olib 
boriluvchi narsaning o‘zi bo‘lmaydi, hech qanday xulosaga erishilmaydi, Demak, reja olingan ma’lumotlar asosida 
tuziladi, rejaning bajarilishi esa bizga har bir ishni yakunlash uchun zarur bo‘lgan aniq ma’lumotlarni berishga 
imkon yaratadi.
O‘quv ishlarini rejalashtirishni boshlash uchun yuqorida qayd etilgan dasturlarning bo‘limlar mazmunini 
chuqur va to‘g‘ri tushunish hamda xulosa chiqara bilish maqsadga muvofiqdir. O‘quv ishlarini to‘g‘ri 
rejalashtirishdan maqsad:
- o‘quvchilarning sog‘liklarini mustahkamlash va organizmni chiniqtirish, tetri jismoniy rivojlantirishga 
hamda organizmning ishlash qobiliyatini oshrishga yordam berish;
- harakatning asosiy sifatlarini (tezkorlik, kuch - quvvat, chidamlilik, chaqqonlik, epchillikni) har 
tomonlama rivojlantirish;
- o‘quvchilarga jismoniy mashqlar gigienasi bo‘yicha bilimlarni shakllantirish va ko‘nikma malakalarni 
hosil qilish: gavdani to‘g‘ri tutishga, jismoniy tarbiya va sport bilan muntazam shug‘ullanishga odatlantirish.
Maktab bolalarini tabiiy harakat qilishga (yurish, yugurish, irg‘itish, tirmashib chiqish, suzish va h.k.) 
o‘rgatish,
- o‘z harakatlarini idora qila bilishga, ortiqcha harakatlarsiz nafas olishga odatlantirish: hayotda va sportda 
zarur bo‘gan yangi harakatlarga ko‘niktirib, shunday harakatlar qila bilishga o‘rgatish hamda mavjud 
ko‘nikmalarni yanada rivojlantirish.
Maqsadga intilish, mustaqillik va ijodiy qobiliyati: mardlik, sabotlilik va intizomlilik, ma’suliyat, 
vatanparvarlik, kollektivizm, do‘stlik hamda o‘rtoqlikni chuqur his eta bilishni shakllantirish, mehnatga va jamiyat 
mulkiga g‘ururli, munosabatda bo‘lishi, madaniy hulq - atvor malakalarini tarbiyalash va h.k.
Jismoniy tarbiya darsini mustaqil, qiziqarli, ketma - ketligi, fiziologik tomonlarini o‘ylab to‘g‘ri olib borish 
uchun o‘quv ishlarini rejalashtirishni juda yaxshi bilish zarur.
Jismoniy tarbiya bo‘yicha maktab, akademik litsey, kasb-hunar kollejlar oldiga qo‘yilgan vazifalarni 
muvaffaqiyatli bajarish uchun ularni to‘g‘ri rejalashtirish va hisobat olib borish muhim ahamiyatta ega. Maktabda, 
akademik-litsey, kollejlarda bugun ommoviy - jismoniy sport ishlarini va hamma o‘quv ishlarini va rejalashtirilsa 
saviyali tashkil etishda ko‘maklashadi. Maktabda ikki yo‘nalishda reja tuziladi:
a) Jismoniy tarbiya bo‘yicha maktabda bir yilga tuziladigan umumiy ish rejasi.
b) Jismoniy tarbiya bo‘yicha har bir sinf uchun o‘quv ishlarini rejalashtirish.
Bir yilga tuziladigan jismoniy tarbiya bo‘yicha umumiy ish rejasi ishlab chiqiladi va maktab pedogogik 
kengashda muhokama qilinadi hamda tasdiqlanadi.
Umumiy yillik ish rejasi - o‘z ichiga o‘quv ishlari, maktab kun tartibidagi jismoniy - sog‘lomlashtirish 
tadbirlari, sinfdan tashqari olib boriladigan jismoniy tarbiya, uchrashuvlar va sport bayramlarini o‘tkazish, jismoniy 
tarbiya va sportni targ‘ibot qilish, tibbiy nazorat va moddiy taminlashlarni qamrab oladi.
Umumiy ish rejasi - Jismoniy tarbiya va sport masalalari umuman ko‘rsatiladi: sport to‘garaklari, 
mashg‘ulot o‘tish joyi, jadval, sport kiyimi, shug‘ullanuvchilar ro‘yhati va h,k. Lekin har bir sinf uchun tuziladigan 
o‘quv ish reja juda keng va to‘la bayon etiladi. O‘quv yili boshlanishidan oldin o‘qituvchi o‘quv ish rejasini tuzadi. 
O‘quv reja tuzish uchun nimani bilishingiz kerak?
Eng avvalo nechta dars o‘tiladi, har bir dastur bo‘limlariga qancha vaqt ajratilgan. Bulardan tashqari har 
chorakda nechta dars o‘tilishi va qaysi dastur bo‘limlari o‘tilishini bilish shart. O‘quv ishni rejalashtirishda iqlim 


sharoit, moddiy baza va maktab sharoitini hisobga olinadi. Bu o‘quv ishlarini rejalashtirishda eng muhimi sinflar 
aro uzviyligi va mosliligi yo‘qolmasligi zarur.
Jismoniy tarbiya bo‘yicha jismoniy tarbiya jarayonining asosiy hujjatlari qo‘yidagilardir:
1. Jismoniy tarbiya bo‘yicha o‘quv dasturi.
2. Bir yilga tuziladigan o‘quv - reja.
3. Har bir dars uchun bir chorakka tuziladigan ish rejasi. 
4. Dars bayoni.
Yuqorida qayd etilgan hujjatlarni - o‘quv rejalarni tuzish uchun birinchi navbatda o‘tgan o‘quv yilning 
natijalarini kuz oldidan o‘tkazib tahlil qilish lozim; qanday yutuqlarga erishildi, dastur materiallarini 
o‘zlashtirilishi, o‘quvchilarning jismoniy tayyorgarligi, maktab sharoiti va boshqalarni, so‘ng yangi dasturni to‘la 
va chuqyr o‘rganib chiqish zarur. Bir yillik o‘quv rejani tuzishdan oldin dasturda ko‘ratilgan o‘quv vaqti (soatlar 
setkasi) va dastur bo‘limlarini iqlim sharoit va maktab sharoitini hicobga olgan holda choraklarga taqsimlash zarur. 
Bunda, masalan engil atletika bo‘limnni kuz va yozda o‘tilishi maqsadga muvofiqdir, ya’ni I va IV-choraklarda, 
balki, ayniqsa boshlang‘ich va usta sinflarda 2-3 soat darsini III-chorakga ham taqsimlansa bo‘ladi, chunki bu 
soatlarni chorak oxirida o‘tish ko‘zda tutiladi (mart oyi - bahor): gimnastika buyumlari sport honasida joylashgan. 
Ularni tashqariga olib chiqish qiyin.
Demak gimnastika bo‘limi II va III-choraklarga taqsimlash mumkin. Masalan, II-chorak yoki III-chorakda 
gimnastika bo‘limi bilan kurash bo‘limini birgalikda taqsimlash lozim (gimnastik to‘shaklar ishlatiladi). Sport 
o‘yinlar bo‘limini butun yil davomida o‘tkazilishi mumkin. Kross tayyorgarlik bo‘limini ham, lekin ko‘pincha I va 
IV-chorakka qo‘yiladi, ya’ni tabiat sharoitida
o‘tilishi.
Jismoniy tarbiya o‘quv ishlari bo‘yicha birinchi hujjatning nomi - o‘quv vaqti va dastur bo‘limlarini 
choraklarga taqsimlash jadvalidir.
Bu hujjat tuzilgandan so‘ng keyingi hujjatni tuzishga o‘tiladi. Bunda soatlarni ketma - ketligi, nechta 
dasrda o‘tilishi aniqlanadi. Ma’lumki, darslarning ikki hil turi bo‘lishi mumkin: to‘liq va aralash darslar. To‘liq dars 
deb, dastur bo‘limlarining bittasini o‘tilishini aytiladi. Masalan gimnastika darsi basketbol darsi, yoki engil atletika 
dars. Aralash dars esa, 2-3 dastur bo‘limlarini har bir darsda o‘tilishi, masalan, engil atletika sport o‘yini bilan 
birgalikda yoki gimnastika va basketbol (sport o‘yini) bilan birgalikda amaliyot shuni ko‘rsatdiki, aralash darslar 
o‘quvchilar uchun qiziqarli tuziladi, chunki bir necha darslar bir xil tipda bo‘laversa bolalarda zerikish hosil 
bo‘ladi. Pedogogik kuzatishlar va tajribalar asosida shuni aytish mumkin: qancha o‘quvchilar yoshi kichik bo‘lsa, 
shuncha aralash darslar ko‘proq bo‘lgani maqul, darslar nisbatan qiziqarli o‘tadi, va aksincha - qancha o‘quvchilar 
yoshi katta bo‘lsa, shuncha to‘liq darslar ko‘prok, bo‘lgani maqul, chunki yuqori sinflarda asosan takomillashtirish 
darslari o‘tilishi, hamma o‘tiladigan dastur materiallari ularga tanish va bu mashqlarni bajarishda mustahkam 
ko‘nikma malakalarga ega. Namuna sifatida ikkinchi hujjat - Dastur bo‘limlarini darslarga taqsimlash jadval - 
ko‘rsatiladi.

Download 387.24 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   36




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling