Farg‘ona tumani Davlat xizmatlari markazi tomonidan 2023-yil “ ” da roʻyxat raqami


-bob. Bolalarni DMTTda saqlash uchun ota-onalar toʻlovi


Download 135.6 Kb.
bet7/12
Sana31.10.2023
Hajmi135.6 Kb.
#1735852
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
43-ДМТТ Nizom oxirgis

11-bob. Bolalarni DMTTda saqlash uchun ota-onalar toʻlovi


56. Tarbiyalanuvchilarni DMTTda saqlash deganda tarbiyalanuvchilarni parvarishlash, ovqatlantirish va ularga qarab turish tushuniladi.
57. Bolalarni DMTTda saqlash uchun ota-onalar toʻlovi qonun hujjatlarida belgilangan miqdorlarda amalga oshiriladi.
58. Ijtimoiy qoʻllab-quvvatlashga muhtoj oilalar farzandlarini saqlash uchun ota-onalar toʻlovi imtiyozli shartlarda qonun hujjatlarida belgilangan miqdorlarda amalga oshiriladi.
12-bob. DMTTni boshqarish


59. DMTTni boshqarish qonun hujjatlarida va mazkur Nizomda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
60. DMTTga vazirlik bilan kelishuv boʻyicha vazirlikning hududiy boʻlinmalari tomonidan tavsiya etilgan nomzodlar orasidan maktabgacha taʼlim tashkiloti Kuzatuv kengashi tomonidan tanlanadigan direktor rahbarlik qiladi.
61. DMTT faoliyatiga direktor joriy rahbarlik qiladi hamda davlat maktabgacha taʼlim tashkilotining Kuzatuv kengashi va tashkilot oldida hisob beradi.
62. DMTT direktori:
- mazkur nizom asosida unga berilgan vakolatlar doirasida faoliyat yuritadi;
- DMTT faoliyatiga rahbarlik qiladi va ishni samarali tashkil etadi;
- vazirlikning tegishli hududiy boʻlinmasi bilan kelishilgan holda DMTT shtatlarini tasdiqlaydi va belgilangan tartibda vakolatli organlardan roʻyxatdan oʻtkazadi;
- DMTT nomidan ishonchnomasiz harakat qiladi, joylardagi hokimiyat va davlat organlari, yuridik va jismoniy shaxslar bilan boʻlgan munosabatlarda tashkilot manfaatlarini ifoda etadi;
- belgilangan tartibda DMTTning mol-mulki va vositalaridan foydalanadi, Oʻz vakolati doirasida vazirlik va uning hududiy boʻlinmalari bilan kelishgan holda bitimlar tuzadi, oʻz vakolati doirasida buyruqlar chiqaradi va ishonchnomalar beradi;
- DMTT faoliyatini takomillashtirish, uning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash va xodimlarning ijtimoiy himoyasini taʼminlash yuzasidan tegishli tuman maktabgacha taʼlim boʻlinmasiga takliflar kiritadi;
- tarbiyalanuchilarning hayoti va sogʻligʻini muhofaza qilish, shuningdek, oʻquv jarayonini samarali tashkil etishni taʼminlaydi;
- DMTTning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, zamonaviy talablarga javob beradigan jihozlar, oʻquv-metodik qoʻllanmalar va multimediya vositalari bilan taʼminlash boʻyicha ishlarni tashkil etadi;
- DMTTning moliyaviy-xoʻjalik faoliyati uchun javob beradi;
- byudjetdan tashqari qoʻshimcha moliyalashtirish manbalari va moddiy resurslarni, shu jumladan qonunda ta’qiqlanmagan homiylarning mablagʻlarini jalb qiladi;
- amaldagi qonunchilikka muvofiq DMTT xodimlarini lavozimga tayinlaydi va lavozimdan ozod qiladi;
- vazirlik bilan kelishgan holda DMTTning ichki tartib qoidalarini, shuningdek qonunchilikka muvofiq boshqa qoidalarni tasdiqlaydi;
- qonun hujjatlari talablari va meʼyorlariga muvofiq, shuningdek byudjetdan tashqari mablagʻlarni jalb qilish hisobiga DMTTning moddiy-texnik jihatdan taʼminlanishini va xonalarni jihozlanishini amalga oshiradi;
- DMTTning moliyaviy mablagʻlaridan maqsadli va oqilona foydalanilishini ta’minlaydi;
- oʻz vakolati doirasida DMTTning barcha xodimlari uchun majburiy boʻlgan buyruqlar chiqaradi va koʻrsatmalar beradi;
- DMTT xodimlari oʻrtasida xizmat vazifalarini qayta taqsimlashi yoki zarur hollarda qonunchilik bilan taʻqiqlanmagan va DMTTni rivojlantirishga qaratilgan yangi vazifalarni bajarishni yuklashi mumkin;
- DMTT xodimlari oʻrtasidagi manfaatlar toʻqnashuvini bartaraf etish talablari va mehnat qonunchiligiga rioya qilinishini taʼminlaydi, shaffof va halol tanlov orqali xodimlarni mehnat shartnomasi asosida ishga qabul qilishni, malakasi oshirilishini va ishdan boʻshatilishini amalga oshiradi;
- DMTTning faoliyati boʻyicha hisobotlarni va boshqa zarur maʼlumotlarni belgilangan tartibda vazirlikning hududiy boʻlinmalariga taqdim etilishini taʼminlaydi;
- DMTTning xoʻjalik-moliyaviy faoliyatiga rahbarlik qiladi, amaldagi qonun hujjatlari va mazkur Nizomda vazirlik va uning hududiy boʻlinmalari vakolatiga kiradigan masalalar bundan mustasno;
- vazirlikning buyruqlari, farmoyishlari va boshqa normativ hujjatlarini soʻzsiz ijro etilishini taʼminlaydi;
- vazirlikning normativ hujjatlariga muvofiq holda tayyorlangan DMTTning normativ hujjatlarini tasdiqlaydi va joriy etilishini taʼminlaydi;
- DMTT faoliyatida manfaatlar toʻqnashuvlarini hal qilish, shuningdek DMTT va oʻzining faoliyatida huquqbuzarlik va korrupsiya holatlariga yoʻl qoʻymaslikni samarali choralarini koʻradi, bu kabi holatlarga yoʻl qoʻyilib, oʻrnatilgan odob-ahloq qoidalariga rioya qilinmaganida vazirlikning hududiy boʻlinmalariga xabar qiladi;
- favqulotda vaziyatlar, aniqlangan huquqbuzarliklar, jinoyatlar, xavfli va salbiy holatlar, DMTT tarbiyalanuvchilari, ularning ota-onalari va xodimlarning sogʻligʻi va hayotiga yetkazilgan zararlar toʻgrisida vazirlikning hududiy boʻlinmalariga darhol habar qiladi;
- DMTTning ish faoliyati haqida vazirlikning hududiy boʻlinmalariga oylik va choraklik hisobot beradi;
- DMTTning va xodimlarining faoliyatini qonun hujjatlari, vazirlikning buyruqlari, farmoyishlari va boshqa normativ hujjatlariga muvofiq tashkil qiladi va taʼminlaydi.

Download 135.6 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling