Farg‘ona tumani Davlat xizmatlari markazi tomonidan 2023-yil “ ” da roʻyxat raqami


DMTT direktori lavozimiga qoʻyiladigan malaka talablari Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan belgilanadi. 64


Download 135.6 Kb.
bet8/12
Sana31.10.2023
Hajmi135.6 Kb.
#1735852
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
43-ДМТТ Nizom oxirgis

63. DMTT direktori lavozimiga qoʻyiladigan malaka talablari Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan belgilanadi.
64. DMTTning direktori lavozimida faoliyat olib borishga qonun hujjatlarida cheklovlar belgilanishi mumkin.


13-bob. DMTT boshqarish organlari


65. Quyidagilar DMTTning boshqaruv organlari hisoblanadi:
-Pedagogik kengash;
-Kuzatuv kengashi.
66. DMTTning Pedagogik kengash faoliyati jamoatchilik asosida tashkil qilinadi. Pedagogik kengash DMTT oʻquv-tarbiya jarayonini takomillashtirish, shuningdek uning faoliyati bilan bogʻliq barcha tashkiliy masalalarni muvofiqlashtirish boʻyicha kollegial organ hisoblanadi.
67. DMTTning Pedagogik kengashi:
- DMTTda taʼlim-tarbiya jarayonini takomillashtirish masalalarini koʻrib chiqadi;
- DMTTning ish rejasini va pedagog xodimlarining pedagogik yuklamasini belgilaydi;
- DMTTning taʼlim dasturini amalga oshirish natijalarini baholaydi;
- DMTT va bolaning qonuniy vakillari oʻrtasida oʻzaro hamkorlik tartibini belgilaydi;
- DMTTning pedagog xodimlari malakasini oshirish, ularning ijodiy tashabbusini rivojlantirish, taʼlim jarayoniga fan yutuqlarini va ilgʻor pedagogik tajribani joriy etish masalalarini muhokama etadi;
- DMTT xodimlarini maʼnaviy va moddiy ragʻbatlantirish masalalarini koʻrib chiqadi;
- DMTT rahbari va pedagog xodimlar hisobotlarini eshitadi.
DMTT pedagogika kengashi qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni ham bajarishi mumkin.
DMTT Pedagogika kengashi faoliyatini tashkil etish tartibi vazirlik tomonidan belgilanadi.

  1. DMTTda bolani tarbiyalash, shakllantirish va oʻqitishda koʻmaklashish maqsadida Kuzatuv kengashi tashkil etiladi. Uning tarkibi ushbu tashkilotga boradigan bolalarning ota-onalari va qonuniy vakillari, uning xodimlari, shuningdek, nodavlat notijorat tashkilotlar vakillari orasidan tuziladi.

69. DMTTning Kuzatuv kengashi 11 kishidan kam boʻlmagan tarkibda tuziladi. Uning tarkibiga har bir guruhdan tarbiyalanuvchilarning ota-onalari va qonuniy vakillari orasidan 3 nafardan, DMTTning pedagoglari va tarbiyachilarning yordamchilari orasidan 2 nafardan, DMTT maʼmuriyatidan 1 nafar, tegishli hududiy maktabgacha taʼlim boʻlimidan 1 nafar, jamoat tashkilotlari va homiylar orasidan
2 nafar aʼzolar kiritiladi.
DMTTning Kuzatuv kengashi:

  • DMTTni rivojlantirishning ustuvor yoʻnalishlarini belgilaydi;

  • maktabgacha taʼlimning tuman boʻlimi tomonidan tavsiya etilgan nomzodlar orasidan DMTT rahbarini saylaydi, shuningdek, uni egallab turgan lavozimidan ozod qilish boʻyicha takliflarni belgilangan tartibda kiritadi;

  • DMTT rahbarining uning faoliyatini takomillashtirish yuzasidan koʻrilayotgan chora-tadbirlar, moliya-hoʻjalik holati, daromadlar va xarajatlar, byudjet, byudjetdan tashqari, homiylik va boshqa mablagʻlardan foydalanish toʻgrisidagi hisobotlarini vaqti-vaqti bilan eshitadi;

  • DMTTda sogʻlom ovqatlanishni tashkil qilinishi sifatini aniqlash maqsadida DMTTovqatlanish boʻlimi faoliyati yuzasidan monitoring oʻtkazadi;

  • DMTT rahbari, pedagog xodimlar va boshqa xodimlar faoliyatiga taalluqli ijtimoiy soʻrovlar oʻtkazadi;

  • tuman maktabgacha taʼlim boʻlimlariga DMTT xodimlarini ragʻbatlantirish toʻgʻrisida takliflar kiritadi.

DMTTning Kuzatuv kengashi qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
DMTTning Kuzatuv kengashi faoliyatini tashkil etish tartibi vazirlik tomonidan belgilanadi.



Download 135.6 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling