35. Tarbiyalanuvchilar, ularning qonuniy vakillari, DMTTniing pedagog xodimlari taʼlim-tarbiya jarayonining ishtirokchilari hisoblanadi.
36. DMTTdagi taʼlim-tarbiya jarayoni yillik, kalendar-mavzuli rejalar va mashgʻulotlar jadvali bilan tartibga solinadi.
37. DMTTda taʼlim va tarbiyaning shakli, vositalari va metodikalari Oʻzbekiston Respublikasining qonunlari, ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qoʻyiladigan Davlat ta’lim standartiga muvofiq amalga oshiriladi.
38. DMTTda taʼlim-tarbiya jarayonini tashkil etishning asosiy shakli oʻyin hisoblanadi.
39. Har bir yoshdagi guruhlar mashgʻulotlari va oʻyinlarining har kungi soni, davom etadigan davri va izchilligi DMTTdagi tegishli pedagog xodimning oʻquv rejasi bilan belgilanadi.
40. DMTTda qoʻshimcha pullik taʼlim-tarbiya xizmatlari Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirining “Davlat maktabgacha taʼlim muassasalarida qoʻshimcha pullik taʼlim-tarbiya xizmatlari koʻrsatish faoliyatini tashkil etish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomni tasdiqlash haqida”gi buyrugʻiga muvofiq amalga oshiriladi (Oʻzbekiston Respublikasi Аdliya vazirligi tomonidan 2019-yil 18-yanvarda roʻyxatdan oʻtkazilgan, roʻyxat raqami 3123).
8-bob. MTTda tarbiyalanuvchilar sogʻligʻini asrash
41. DMTTda tarbiyalanuvchilarning hayoti va sogʻligʻini muhofaza qilish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi bilan kelishilgan holda vazirlik tomonidan belgilanadi.
42. DMTT tarbiyalanuvchilariga dastlabki tibbiy yordam DMTT shtatiga kiradigan tibbiyot xodimi, tomonidan taʼminlanadi hamda DMTTning rahbari va boshqa xodimlari bilan birgalikda bolalarning hayoti, sogʻligʻi va jismoniy kamoloti, davolash-profilaktika tadbirlari oʻtkazilishi sanitariya-gigiyena normalariga, ovqatlanish rejimi va sifatiga rioya etilishi uchun javobgardir.
43. DMTT tibbiyot xodimining faoliyatini nazorat qilish tuman tibbiyot birlashmasi tomonidan amalga oshiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |