Farg‘ona tumani Davlat xizmatlari markazi tomonidan 2023-yil “ ” da roʻyxat raqami


DMTT pedagog va boshqa xodimlari lavozimlarida mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun Qonunda boshqa cheklovlar ham belgilanishi mumkin. 77


Download 135.6 Kb.
bet10/12
Sana31.10.2023
Hajmi135.6 Kb.
#1735852
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
43-ДМТТ Nizom oxirgis

76. DMTT pedagog va boshqa xodimlari lavozimlarida mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun Qonunda boshqa cheklovlar ham belgilanishi mumkin.
77. DMTTning pedagog xodimlari quyidagi huquqlarga ega:
- kasbiy or-nomusi va qadr-qimmatini himoya qilish;
- ijodiy tashabbus koʻrsatish, taʼlim berish va tarbiyalash metodikalarini, oʻquv qoʻllanmalari hamda taʼlim berish vositalarini erkin tanlash;
- DMTTni boshqarishda mazkur Nizomda belgilangan tartibda ishtirok etish;
- maktabgacha taʼlimning oquv dasturlarini ishlab chiqishda ishtirok etish;
- pedagogik faoliyatda maʼnaviy va moddiy ragbatlantirish;
- maktabgacha yoshdagi bolalarga maktabgacha taʼlim berish va tarbiyalash sohasidagi ilmiy, innovatsion, halkaro tadbirlarda ishtirok etish.
DMTTning pedagog xodimlari qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
DMTTning pedagog xodimlarini oʻz kasbiy majburiyatlarini bajarishi bilan bogliq boʻlmagan ish turlariga jalb qilishga yoʻl qoʻyilmaydi, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan holatlar bundan mustasno.
78. DMTT pedagog xodimlarining majburiyatlari:
- DMTTda bolalarga yuksak kasbiy darajada taʼlim va tarbiya berishi;
- pedagogika odob-axloq qoidalariga rioya qilish, bolalarning or-nomusi va qadr-qimmatini hurmat qilishi, bolalarni tazʻyiq oʻtkazilishidan himoya qilishi, ularni vatanparvarlik, mehnatga, atrof- muhitga va ota-onaga hurmat ruhida tarbiyalash;
- oʻz vaqtida va belgilangan tartibda kasbiy mahorat va malakalarini oshirish;
- oʻz kasbiy koʻnikmalari va pedagogik mahoratini doimiy takomillashtirib borishi shart.
DMTTning pedagog xodimlari zimmasida qonun hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlar ham boʻlishi mumkin.
DMTTda taʼlim-tarbiya jarayonidan siyosiy maqsadlarda yoki bolalarni qonun hujjatlariga zid harakatlarni sodir etishga undash uchun foydalanish ta’qiqlanadi.
79. DMTT pedagog xodimlari quyidagilar uchun javobgar xisoblanadi:
- DMTTdagi faoliyatida xizmat vazifalarining ijrosini taʼminlash, mazkur Nizomga muvofiq berilgan vazifalarni oʻz vaqtida va sifatli bajarish;
- faoliyagdagi huquqbuzarlik va mansabga sovuqqonligi yuzasidan harakat yoki harakatsizlik oqibatida kelib chiqqan jiddiy ziyon va zarar; malaka talablari va lavozim yoʻriqnomasiga muvofiq topshiriqlarni oʻz vaqtida va sifatli bajarish.
DMTT pedagog xodimlari qonun hujjatlariga muvofiq boshqa javobgarlik ham belgilanishi mumkin.



Download 135.6 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling