Farmakologiya va klinik farmatsiya kafedrasi


Buyrak kuchsizligida buyuriladigan parhez taomlar


Download 0.87 Mb.
bet30/55
Sana20.08.2020
Hajmi0.87 Mb.
#127117
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   55
Bog'liq
Mustaqil ish kitob

Buyrak kuchsizligida buyuriladigan parhez taomlar:


-Shakar qo`shib iste`molga buyurilgan quruq meva mahsulotlar- pista, bodom, yongoq,

-Funduq, o`rik donagi.



-Asal bilan yongoqdan qilingan murabbo.

-Mukashshar qilingan mosh (po`sti olingan mosh)

-Shakar solib pishirilgan shirguruch



-Ovqatga - bodiyon, sabzi, sholgom uruglari, kamroq murch. Sho`r narsalar berilmaydi.

-Issiq quruq hammomlar bilan ko`proq terlatiladi.



Foydalanilgan adabiyiotlar
Asosiy adabiyotlar

1. 1. Абу Али ибн Сино асарлари:

1.Абу Али ибн Сино. Тиб қонунлари [3 жилдли сайланма; тузувчилар: У. Каримов, Ҳ. Ҳикматуллаев]. 1-жилд. Тошкент, 1993.
2.Абу Али ибн Сино. Тиб қонунлари [3 жилдли сайланма; тузувчилар: У. Каримов, Ҳ. Ҳикматуллаев]. 2-жилд. Тошкент, 1992.
3.Абу Али ибн Сино. Тиб қонунлари [3 жилдли сайланма; тузувчилар: У. Каримов, Ҳ. Ҳикматуллаев]. 3-жилд. Тошкент, 1993.
4.Абу Али ибн Сино. Тиббий ўгитлар. Тошкент, 1991.Internet saytlari

http://www.ziyonet.uz

http://www.wikipedia.ru

http://www.chemist.com

http://www.himiki.ru

1-amaliy mashgulot. Zamonaviy Farmatsiyada Ibn Sino ta’limoti fani ahamiyati

va turi. Abu Ali ibn Sinoning hayoti va faoliyati. Tib qonunlari.

Mashg’ulotning maqsadi: talabalarda Zamonaviy Farmatsiyada Ibn Sino ta’limoti fani ahamiyati va

turi haqida ma‘lumot berish va amaliy ko‘nikmalarni shakllantirish.



Masalaning qo’yilishi: Ali ibn Sinoning hayoti va faoliyati. Tib qonunlari.

Talaba bilishi lozim: Ibn Sino ta’limoti fani ahamiyati va turi haqida

Talaba bajara olishi lozim: Zamonaviy Farmatsiyada Ibn Sino ta’limoti fani ahamiyati va turi haqida

ma‘lumot berish va amaliy ko‘nikmalarni shakllantirish.



Fanlararo va fan ichidagi bog’liqlik: Mashg‘ulot davomida olingan bilimlardan Farmatsevtik yordam,

BTY’o va klinik farmatsiyada barcha mavzularini o‘zlashtirishda foydalanish mumkun.



Motivatsiya: Tib qonunlari asarlari malumotlarini organish.

Mashg’ulotning mazmuni: Zamonaviy Farmatsiyada Ibn Sino ta’limoti fani ahamiyati va turi haqida

ma‘lumot berish va amaliy ko‘nikmalarni shakllantirish.ularning tavsiflari bilan tanishtirish.


Tayanch atama va iboralar. Ibn Sino ta’limoti. Tib qonunlari.

Mustaqil bajarish uchun vazifalar:

Keys topshiriqlari:

1. “Stol o’rtasida ruchka” o’yini:

Har bir talaba bitta qog’ozga javoblar variantini yozib olib uni qo’shnisiga uzatadi va o’zini ruchkasini stol o’rtasiga so’radi. O’qituvchi guruh ishini va u yerda har bir talabani qatnashishini nazorat qilib turadi. Javoblarni tahlil qilib chiqqach daftarga to’g’ri javobni yozishni taklif etadi.



2.Insert usuli

Insert – samarali o’qish va fikrlash uchun belgilashning interfaol tizimi hisoblanib , mustaqil o’qib o’rganishda yordam beradi. Bunda mavzu va materiallar talabalarga oldindan vazifa qilib beriladi. Uni o’qib chiqib v , + , - , ? belgilari orqali o’z fikrini ifodalaydi.

Insert jadvali mustaqil o’qish jarayonida olinadigan ma’lumotlarni bir tizimga keltirishga imkoniyat beradi. Oldindan olingan ma’lumotni yangisi bilan o’zaro bog’lash qobiliyatini shakllantirishga imkon beradi. Talabalar jadval tarkibi va uni to’ldirish qoidasi bilan tanishishadi. Shaxsan uni rasmiylashtirishadi

Matnni belgilash tizimi.

V “ – men bilgan narsani tasdiqlaydi “ + “ – yangi ma’lumot.

“ – “ – men bilgan narsaga zid.

? “ – meni o’ylantirdi. Bu borada menga qo’shimcha ma’lumot zarur.



Masalan:


Tushuncha

V

+

-

?

Ibn Sino ta’limoti fani ahamiyati













Ali ibn Sinoning hayoti va faoliyati













Tib qonunlari













Tib qonunlari sharq mamlakatlarida




























































3.„SWOT“ – tahlil jadvali.

SWOT tahlili talabalarga tizimli mushohada qilish, taqqoslash, solishtirish, tahlil, sintezni amalga oshirish ko’nikmalarini rivojlantiradi. Talabalar mini guruhlarga birlashishadi, taqqoslashadi, to’ldirishadi, o’zgartirishadi. Umumiy SWOT jadvalga jamlanadi.

SWOT – tahlil nomlanishi ingilizcha bosh harflardan olingan.

Strenghts – kuchli tomoni nazarda tutiladi;

Weakness – kuchsiz tomoni yoki ichki muammolar mavjudligi;

Opportunities –tashqaridagi mavjud imkoniyatlar;

Threats – xavflar, tashqi muhitdagi mavjud xavf-xatarlar

S Tib qonunlari

W "Tib Qonunlari" besh kitobdan iborat



O Tib qonunlari sharq mamlakatlarida


T eng mashhur va durdona asar



Nazariy qism

Nihoyatda murakkab va masuliyatli vazifani Ibn Sino katta mahorat bilan amalga oshiradiki, uning Tib qonunlari va bu asarning jahon tibbiyot ilmi tarixida tutgan mavqei va qozongan shuhrati yorqin guvohlik berib turadi. “Tib qonunlari” sharq mamlakatlarida shu qadar yuksak ahamiyatga molik bo`lib ketdiki, tabobat ilmini usiz tasavvur qilib bo`lmas edi. Sharqda e`tibor qozongan "Tib qonunlari" ko`p o`tmay garb mamlakatlarida ham shuhrat topdi. Ma`lumki o`rta asrlarning to uygonish davrigacha Yevropa mamlakatlarida ilm-fan sharq mamlakatlarga nisbatan ancha orqada edi. XII asrdan boshlab Yevropada sharq fani, adabiyoti va madaniyatiga bo`lgan qiziqish orta boradi va sharq olimlarining asarlari arab tilidan lotin tiliga tarjima qilish ishlari yo`lga qo`yila boshlandi. Umuman sharq madaniyatining Yevropaga kirib kelishi Ispaniya va Sitsiliya orqali bo`ldi. Tib qonunlari Yevropa vrachlari qo`lida asosiy qo`llanmaga aylangan va universitetlarda meditsina fani shu kitob bo`yicha o`qitila boshlangan, to 1650 yilgacha meditsina fakultetlarining o`quv dasturini yarmini Ibn Sinoning "Tib qonunlari" asari asosida tashkil qigan. Yirik Yevropa olimlarining tabobatga oid kitoblari ham Ibn Sino asarlari ta`sirida edi. Hatto buyuk Leonardo Da Vinchi ham shular jumlasidan bo`lib, uning asarlarida qator arab tibbiy atamalari uchraydi. Qisqacha qilib aytganda "Tib qonunlari" asosiy qo`llanma va darslik sifatida 600 yildan ortiqroq vaqt mobaynida xizmat qildi va hozirga qadar o’z qadr-qimmatini saqlab kelmoqda. Bu kitobga bo`lgan talab shunchalik zo`r ediki, XV asrda kitob chop etish kashf etilgach, birinchi bosilgan kitoblar ichida "Tib qonunlari" ham bor edi.

"Tib Qonunlari" besh kitobdan iborat va ular quyidagilar:



Birinchi kitob - tabobatning nazariy asoslari hamda amaliy tabobatning umumiy masalalari haqida ma`lumot beradi. Tabobat ilmining ta`rifi, uning vazifalari, xilt va mizoj haqidagi ta`limot bayon qilinadi. Keyin odam tanasining "oddiy" a`zolari - suyak, togay, asab, arteriya, vena, pay, mushaklar haqida qisqacha anatomik ocherk keltiriladi. Kasalliklarning kelib chiqish sabablari, ko`rinishlari, turkumlari hamda ularni davolashning umumiy usullari keltiriladi. Ovqatlanish, hayot tarzi va hayotning hamma bosqichlarida Sogliqni saqlash tadbirlari haqidagi ta`limot batafsil bayon qilinadi.

Ikkinchi kitob - o`sha davr tabobatida qo`llanilgan dori - darmonlar haqida zaruriy ma`lumotlar bayon qilingan mukammal majmuadir. Unda o`simlik, hayvon va ma`danlardan olinadigan 800 dan ortiq dori - darmonlar ta`rifi, ularning davolik xususiyatlari va qo`llanish usullari bayon qilingan. Muallif O`rta Osiyo va Yaqin Sharq hamda O`rta Sharq mamlakatlaridan chiqadigan - dori - darmonlardan tashqari Hindiston, Xitoy, Yunoniston, Afrika, O`rta yer dengizining orollari va boshqa joylardan keltiriladigan ko`plab dorivor o`simliklarni ham ko`rsatib o`tadi.

Uchinchi kitob - Inson tanasining boshidan tovonigacha bo`lgan a`zolarida yuz beradigan "Xususiy" va "Mahalliy" kasalliklar haqida ma`lumot beradi. Ya`ni, bu kitob xususiy patologiya va terapiyaga bagishlangan. Unda bosh miya, ko`z, quloq, burun, ogiz bo`shligi, til, tish, milk, lab, tomoq, o`pka, yurak, qizilo`ngach, oshqozon kasalliklari, jigar, o`t pufagi, ichak, buyrak, qovuq, jinsiy a`zolar kasalliklari haqidagi ma`lumotlar keltirilgan.



To`rtinchi kitob - inson a`zolarining birortasiga xos bo`lmagan "umumiy" kasalliklarga bagishlangan. Masalan, turli isitmalar (buxronlar), shishlar, toshmalar,

yara - chaqalar, kuyish, suyak sinishi va chiqishi, turli xil jarohatlar kiritilgan.

Shuningdek mazkur asarda o`ta yuqumli kasalliklar: chechak, qizamiq, moxov, vabo va quturish kasalliklari haqida so`z boradi. Shuningdek, toksikologiyaning ham asosiy masalalari bayon qilinadi. Kitobning maxsus bo`limi inson husni va chiroyini saqlashga va pardoz - andoz vositalariga bagishlangan, sochni to’kilishdan saqlaydigan, haddan tashqari semirib ketish yoki ozib ketishning oldini oladigan dori-darmon va tadbirlar haqida so`z yuritilgan.

Beshinchi kitob - farmakopiya bo`lib, unda murakkab tartibli dori - darmonlarni tayyorlash va ulardan foydalanish usullari bayon qilingan. Kitobning 1- qismida turli taryoqlar (ziddi - zaharlar), ma`junlar, habadori, kulchadori, elaki dori, sharbatlar, qaynatma, sharob, malham va boshqalar tavsifi berilsa, 2- qismida esa muayyan a`zolar - bosh, ko`z, quloq, tish, tomoq, ko`krak qafasi va qorin bo`shlig’i a`zolari, bo`gimlar va teri kasalliklarini davolash uchun ishlatiladigan dori darmonlar keltiriladi.

Xulosa qilib aytganda, Abu Ali ibn Sinoning eng mashhur va durdona asarlaridan biri "Kitob al -Qonun fit-tib" (Tib Qonunlari) kitobi hisoblanadi. Bu asar o`z zamonasidagi tabobat ilmlarining mufassal qomusi sifatida inson sogligi va kasalliklarga oid bo`lgan barcha muammolarni mantiqiy tartibda to`la mujassam etgan. Buyuk olimning qilgan xizmatlarini, jahonning ilm ahli e`zozlaydi.



Sharq tabobatida umumiy davolash usullari Odatda, kasallikni davolash asosan 3 narsa bilan tugal bo`ladi: tadbir va oziqlantirish.dorilarni iste`mol qilish.qo’l bilan bajariladigan ishlar.

Download 0.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   55




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling