Farmakologiya va klinik farmatsiya kafedrasi


Jigardagi tabiiy mizojlarning belgilari


Download 0.87 Mb.
bet26/55
Sana20.08.2020
Hajmi0.87 Mb.
#127117
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   55
Bog'liq
Mustaqil ish kitob

Jigardagi tabiiy mizojlarning belgilari.


Mizoj turi

Tabiiy issiq mizoj belgilari: Jigar venalarining kengligi, badanning issiqligi, qovurg’a togaylari ustida junlarning ko`pligi, ovqat va ichkilikka ishtahaning kuchliligi bilan namoyon bo`ladi.

Tabiiy sovuq mizoj belgilari: Jigar venalarining torayishi,badanning sovuq bo`lishi, qovurg’a togaylari ustida junlarning siyrakligi, ishtahaning kuchsizligi va quvvati kuchsiz, qoni suvsimon suyuq bo`ladi.

Tabiiy quruq mizoj belgilari: qonning kamligi, quyuqligi, jigar venalari devorining qattiqligi, butun badanning quruq bo`lishi, junlarning qalinligi, jigari quruq bo`ladi.

Tabiiy ho’l mizoj belgilari: qoni ko`p va suyuq, jigar venalari devorining yumshoqligi,butun badanning ho’l bo`lishi (doimiy ter bosishi), jigari ho’l, rutubatli bo`ladi.

Ibn Sino ta`limotida jigar kasalliklari quyidagicha klassifikasiyalanadi:


1.Jigarning mizoj buzilishi kasalliklari (moddali va moddasiz)

2.Jigar kuchsizligi



  1. Jigarning tarkib kasalliklari (jigar sirrozlari)

  2. Uzluksizlikning buzilishi kasalliklari (har xil travmalar natijasida jigarning yorilishi)

  3. Jigar shishlari (exinokokkli kistalar, jigar gemangiomalari, jigar rak kasalliklari)

  4. Hamkor a`zolar kasalliklari (surunkali gepatoxolesistitlar, surunkali gepatoxolesistopankreatitlar)

Jigar kuchsizligi


Bu shish yoki yiringli shishdan iborat ravshan bir narsa bolmasdan turib, jigar faoliyatining pasayishidir. Jigar kuchsizligi doimo jigar kasalliklaridan keyin keladi va u moddasiz yoki moddali buzilgan mizoj sababli bo`lib, u 2 xil ko’rinishda, ya`ni jigarning o’zidan yoki jigar bilan hamkorlik qiluvchi a`zodan kelib chiqadi.

Jigar kasalliklarida qo`llaniladigan dorivor o`simliklar.

ARPABODIYON - a`zolardagi chiqindilarni chiqarishda hazm sistemasi

a`zolari kasalliklarida keng qo`llaniladi. Arpabodiyon mevasining qaynatmasi qorin dam bo`lganda , mizoj sustlashganda yelni haydovchi sifatida ishlatiladi.



ZA`FARON - jigarni quvvatlovchi, o`t haydovchi, xushbo’y va noyob dorivor sifatida ishlatiladi.

SACHRATQI - o`simligi ildizining qaynatmasi ishtaha ochuvchi, ovqat hazm qilishini yaxshilovchi ta`sir ko`rsatadi. Sachratqi va moychechak gullari aralashmasidan tayyorlangan qaynatma jigar , taloq, buyrak va me`da kasalliklarida o`t haydovchi, siydik haydovchi sifatida qo`llanilib kelinmoqda.

Do`lananing mevasi guli va bargi ishlatiladi. Mevasidan tayyorlangan ekstrakt va damlamalar jigar , o`t -tosh kasalliklarida, yurak faoliyatining funksional buzilishlarida davolash maqsadida ishlatiladi .

Limono`t - ko`p yillik yovvoyi o`simlik. Tarkibida vitamin- C, 0,33 % gacha efir moyi, 0,55 % gacha flavonoidlar, organik kislotalar, qand, 16,56 % gacha oshlovchi va boshqa moddalar bor. Limono`t bargi damlamasi jigar, oshqozon, yurak kasalliklarida, kamqon kasalliklarida, tomir tortishganda va boshqa hollarda og’riq qoldiruvchi hamda surgi dori sifatida ishlatiladi

Sabzi - Vitaminlarga boy, jigarda uglevod almashinuvini va ovqat hazm bo`lishini yaxshilaydi yurak qon tomirlar faoliyatida nuqsonlar bo`lganda tomir devorlarini kengaytiruvchi, tinchlantiruvchi omillar sifatida ta`sir ko’rsatadi. Yurak atrofida, tosh orqasida hosil bo`ladigan og’riq xurujlaridan holi qiladi.

Olmaning tarkibida qand moddasi, turli xil kislotalar, C, B vitaminlar, organizm uchun zarur bo`lgan tuzlar ham bor. Yurak va jigar kasalliklarida kamqonlik va bundan tashqari oshqozon ichak yo`lini yallig’lanishida ham ishlatiladi

Sarsabil - Lolagulllar oilasiga mansub ko`p yillik o`simlik. O`simlikning ildizlari, poyasi, mevasidan foydalaniladi. U qimmatli sabzavot mahsuloti sifatida ham foydalaniladi. Uning tarkibida organizm uchun nihoyatda zarur bo`lgan lizin moddasi, A vitamin, B1, B2,B6,C, PP vitaminlari bor. Qon bosimini pasaytiradi, yurak va jigar faoliyatini uygunlashtiradi, periferik qon tomirlarini kengaytiradi

O`rik - Xalq tabobatida yurak, jigar, xafaqon, oshqozon- ichak kasalliklarida ishlatiladi. Uning tarkibida kaliy, vitaminlar, mikro va makro elementlarga boy.

Zira - Soyabonguldoshlar oilasiga mansub ko`p yillik xushbo’y o`simlik. Tarkibida ko`p miqdorda efir moylari bor. Ziraning suvi bilan yuz yuvilsa tiniq bo`ladi. Shuningdek zira qon to`xtatuvchi, jigar va yurak kasalliklarida qon aylanishini yaxshilovchi, ateroskleroz kasalligida xolesterin almashinuvini yaxshilovchi ta`sir ko`rsatadi. Uning yovvoyisi buyraklardagi toshni maydalaydi. Ichak og’riqlarida, qorin dam bo`lishida ham foyda qiladi

Chakanda - Jiydaguldoshlar oilasiga mansub butasimon o`simlik. Chakanda mevalari va undan olinadigan moy xalq tabobati hamda ilmiy medisina amaliyotida qo`llaniladi. Chakanda mevasi tarkibida 8 % moy, 10,5 % gliserinlar, 10,4 % steorin kislotasi, B1,C, B2, E vitaminlari, folat kislota bor. Chakanda mevasidan ajratib olingan moy va sharbatlar jigar, yurak - qon tomir, revmatizm kasalliklarida qo`llaniladi

QALAMPIRMUNCHOQ - jigar va oshqozon faoliyatini yaxshilaydi. Ko`ngil aynish va qusishni oldini oladi.

Kashnichdan tayyorlangan damlamalar o`t haydovchi, ovqatni yaxshi hazm qiluvchi, qayt qilishda tinchlantiruvchi vosita sifatida ishlatiladi.

Tog jambili - Bakterosid, yallig’lanishga qarshi, tinchlantiruvchi, ishtahani ochuvchi sifatida jigar kasalliklarida ishlatiladi.

Zirk osimligidan tayyorlangan damlama va qaynatmalar jigar kasalliklarida yuqori nafas kasalliklarida, oshqozon-ichak kasalliklarida ishlatiladi. Uning siydik haydovchi terlatuvchi ,og’riq qoldiruvchi, o’t haydovchi xususiyatlari bor.

Yer qalampir ildizi -tarkibida uglevodlar, efir moylari, mikroelementlar, alkaloidlar va vitamin C ko`p bo`ladi. Jigar kasalliklarida o’tni haydovchi, ishtahani ochuvchi, siydik haydovchi dorivor o`simlik sifatida ishlatiladi.

Jumrot - mevalari tarkibida ko`p miqdorida qand, organik kislotalar, limon kislotasi va vitaminlarga boy dorivor o`simlik. Jigar kasalliklarida quvvatlovchi, moddalar almashinuvini yaxshilovchi, zararsizlantiruvchi xususiyatga ega.

Foydalanilgan adabiyiotlar
Asosiy adabiyotlar

1. 1. Абу Али ибн Сино асарлари:



1.Абу Али ибн Сино. Тиб қонунлари [3 жилдли сайланма; тузувчилар: У. Каримов, Ҳ. Ҳикматуллаев]. 1-жилд. Тошкент, 1993.
2.Абу Али ибн Сино. Тиб қонунлари [3 жилдли сайланма; тузувчилар: У. Каримов, Ҳ. Ҳикматуллаев]. 2-жилд. Тошкент, 1992.
3.Абу Али ибн Сино. Тиб қонунлари [3 жилдли сайланма; тузувчилар: У. Каримов, Ҳ. Ҳикматуллаев]. 3-жилд. Тошкент, 1993.
4.Абу Али ибн Сино. Тиббий ўгитлар. Тошкент, 1991.Internet saytlari

http://www.ziyonet.uz

http://www.wikipedia.ru

http://www.chemist.com

http://www.himiki.ru

http://www.organicchem.com

http://www.rutrecker.org

8-mavzu - Nafas a’zolariga ta’sir etuvchi dorivor o‘simliklar .

Reja:

    1. O`pka xastaliklarini tashxislash

    2. O`pka xastaliklarini davolash

Tayanch iboralar: Pharmacon,mizoj
O`pka mizojining issiq ekaniga ko`krakning kengligi, nafasning kattaligi, ba`zan nafas ikki hissa bo`ladi - katta nafas chiqarish, tovushning qattiq va yo`gonligi, sovuq havoning kam zarar qilishi va issiq havoning ko`p zarar qilishi, shuningdek ko`pincha biror narsa ichmasdanoq mayin sovuq shamoldan bosiladigan tashnalik belgi bo`ladi. Issiq mizoj bilan birga ko`pincha alanga va yo`tal ham bo`ladi.

O`pka mizojining sovuq ekaniga ko`krakning kichikligi va torligi, tovush va nafasning siqiqligi va har ikkalasining ingichkaligi, har bir sovuq narsa bilan zararlanish va o`pkada balg’amning ko`p paydo bo`lishi dalolat qiladi. Sovuq mizojda ko`pincha nafas ikki hissa bo`ladi. Shuningdek hansirash va yo`tal ham paydo bo`ladi.



Ho’l mizojga chiqindilarning ko`pligi, tovushning xirillashi, umuman xirillash, ayniqsa modda bo`lib, modda yuqoriga intilsa, shunday bo`ladi, gavda kuchsiz bo`lmasa ham baland ovoz chiqara olmaslik belgi bo`ladi.

Quruq mizojga chiqindilarning kamligi, tovushning dagalligi va uning turnalar tovushiga o`xshashligi dalolat qiladi. Ba`zan moddaning kuchli quyuqlashuvi sababli hansirash paydo bo`ladi. Shu mizojlarning har biri o`pkada goho tabiiy bo`ladi, goho keyin paydo bo`ladi va ular yuqorida aytilgan belgilarning ba`zisida birgalashadi, ba`zisida esa ajrashadi. Ularning birgalashadigan belgilari yuqorida ko`rsatilgan belgilardir. Lekin keyinda aytiladigan belgilarida birgalashmaydi. Ikkalasining ajrashadigan belgilari ikkita: biri mizoj tabiiy bo`lsa, belgisi ham tabiiy ravishda voqe` bo`ladi. Mizoj keyin paydo bo`lgan bo`lsa, belgisi ham gayritabiiy bo`lib yuz beradi. Lekin, belgi ko`krakning kattaligi yoki kichikligi kabi faqatgina tabiiy bo`ladigan jinsdan bo`lsa, u, tabiiy mizojga belgi bo`ladi.

Bilginki, issiq, sovuq, katta-kichik, oson-qiyin, badbo`y - xushbo`y va bulardan boshqa xil nafas ko`krak va o`pka ahvolini ko`rsatadigan belgilarning aniqrog’i va xosrog’i hisoblanadi. Tovush ham shunga o`xshash, masalan, zarar mushaklarda bo`lsa, bo`gilgan tovush zararning yoyiluvchi mushakda ekanligiga, xirillagan tovush esa, zararning yigiluvchi mushakda ekanligiga belgi bo`ladi. Yo`tal, tupuk tashlash, tomir urishi ham ko`krak va o`pka ahvoliga eng xos belgi bo`ladi.

O`pka yurakka qo`shnidir va yurakning ahvolidan o`pkaga olinadigan dalil - eng kuchli dalil bo`ladi. Tomir urishi o`pka nayi shaxobchalarining yonveridagi joyning ahvoliga eng kuchli belgi bo`lsa, yo`tal kekirdak yonverining va et qismining ahvoliga eng kuchli dalil bo`ladi. O`pkaning ogir sezilishi moddaning o`pkada ekanligiga, achishish va sanchish sezilishi esa, moddaning pardalarda va mushaklarda ekaniga xos dalildir. Balgam tuflash yengil yo`tal bilan bo`lsa, modda o`pka nayinig eng yuqorisida va uning yaqinida bo`ladi. Balgam tashlash kuchli yo`tal bilan bo`lsa, modda uzoq va chuqurlikda joylashgan bo`ladi. Goho ko`krak a`zolarining kasalliklariga uzoq a`zolardagi belgilar ham dalil bo`ladi. Masalan, ko`krak-qorin to`sigining shishlarida bosh aylanadi, o`pka shishlarida yuz qizil bo`ladi.

Download 0.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   55




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling