Farmakologiya va klinik farmatsiya kafedrasi
Siydik chiqarishdagi ofatlar
Download 0.87 Mb.
|
Mustaqil ish kitob
Siydik chiqarishdagi ofatlarSiydikning kuydirishi, siyishning qiyinlashishi hamda siydikning tutilib qolishi, siydikning beixtiyor chiqishi, siydikning ko`p chiqishi va tomchilab turishi shu jumladandir; diabet siydikning ko`p chiqishining bir turidir. Siydikning kuydirishiga sabab yo siydikning o`tkirligi va uning burakushk xossasidir. Bu keyingilar mizojdan bo`ladigan sabab bilan yoki siydikni mo`tadillashtirish uchun tayyorlangan narsaning, masalan, u yerdagi bezli et oraliqlarida tayyorlangan rutubatning yo`qolishi sababli yuz beradi. Bu rutubat siydik yo`lida oqib, uning ichki sathiga yopishadi va siydikka ham aralashib, uning ta`sirini mo`tadillashtiradi. Agar bu rutubat yo`qolsa, o`rinlar qoplovchi yelimni, siydik esa o`zining yopishqoqligi va mo`tadilligini yo’qotadi, natijada achitib kuydirish so`zak paydo bo`ladi. Ko`p jinsiy aloqa rutubatni yo`qotadigan narsalardandir, chunki bu rutubat aloqa vaqtida maniyga urug’likka yondoshligi sababli ko`p chiqib ketadi; badanni so’lituvchi illatlar ham u rutubatni yo’qotuvchi sabablardan sanaladi. Olatga yaqin siydik yo`llaridagi yaralar va qo’tirlar ham shunday sabablardan bo`lib, ular kuydirib achishtiradi. Birinchi sababdan bo`lgan kuydirishning alomati. Siydikning o`tkirligi va unda moddaning bo’lmasligi, ikkinchisiniki esa, qon va modda siyishdan iborat bo`ladi. Senga ma`lumki, birinchi sabab, ko`pincha, ikkinchi sababga olib boradi, birinchisi ikkinchiga boshlang’ich kabi bo`ladi, bu narsa safroli ich ketishning ichak yaralariga boshlang’ich bo`lishiga o`xshaydi. Siydik kuydirishini davolash. Agar siydik moddali va qonli bo`lsa, uni davolash qovuq va uning atrofidagi yaralarni davolash kabidir, bu, yuqorida tafsili bilan bayon qilindi. Buning uchun yaxshi nusxa. Quyidagi sifatda kulchalar tayyorlanadi: qovun urug’i, bodring va qovoq urug’ining har biridan yigirma dirham, qundur yelimi, arab yelimi va bakam daraxti yelimining har biridan o’n dirham, afyundan uch dirham va petrushka urug’idan bir dirham olinadi; shu tarkib ko’knor sharobi bilan ichiladi; bir ichimi kulcha yasalgandan keyin ikki dirham vaznida bo`ladi. Agar yara va siydikda modda bo`lmasa, eng yaxshi davo, qovuq kasallariga oid fasllarda bilganingga muvofiq ichni surib, ortiqcha xiltlarni bo`shatish bilan siydikni chuchmal qilish, shuningdek qusish, sovuqlik va ho’llovchi taomlar, sabzavotlar va mevalarni iste`mol qilish, har xil sho`r, o`tkir mazali va juda shirin narsalardan, hamda charchash va jinsiy aloqadan qochishdir. Kanavcha urug’i, isfagul urug’i va behi urug’i kabi narsalarning shilliqlarini hamda ko`knor va siydiruvchi sovuqlik urug’larning bir miqdorini ichirish va ularni hiyla qurolida qovuqqa yuborish ham foyda qiladigan tadbirlardandir; bularning hammasi sovuq suv bilan ichiriladi. Arpa bo`tqasi, arpa suvi, chala pishgan tuxum, shuningdek bodom yog’i bilan yohud semiz jo`ja va tovuq bilan tayyorlangan qadoq oshi va mosh oshi iste`mol qilinsa, foydali bo`ladi. Agar so`zak bezlarda paydo bo`lgan quruqlikdan bo`lsa, uning iloji badanni ho`llash va jinsiy aloqa kabi badanni quritadigan narsalardan saqlanishdir. Bu kasallikda hiyla quroli yordamida yuboriladigan narsalar: isfagul shirasi, kanavcha urug’;uning shirasi va behi urug’ining shirasi, arab yelimi, qo`rg’oshin upasi, yangi tuxumning oqi va xotinlar sutidan iborat. Ba`zan eshak suti, xotinlar suti va echki sutini doimo yuborib turish kifoya qiladi, ba`zan bu sutlarga sovuq shilliqlardan va oq shamcha dorilardan ozgina solinadi. Ba`zan tuxum oqining yolg’iz o`zi yoki yuqorida aytilganlarning birortasi qizil gul yog’i bilan yuboriladi. Ba`zan, bunga uvushtiruvchi dorilar qo`shiladi. Agar og’riq qattiq bo`lsa, ayniqsa kasal modda siyganda, yuboriladigan narsalar ichiga birorta uvushtiruvchi narsa qo`shish zarur bo`ladi. Yaxshi nusxa: ko`knor po`sti, kraxmal, chuchukmiyaning quyultirilgan shirasi- bulardan qovuqda yuboriladigan tarkib yasaladi. Download 0.87 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling