Farmatsevtik botanika modul dasturi
Kurs ishi (loyihasi) bo’yicha umumiy ko’rsatma va tavsiyalar
Download 74.18 Kb.
|
ФАРМАЦЕВТИК БОТАНИКА
- Bu sahifa navigatsiya:
- Farmatsevtik botanika modul dasturi bo`yicha talabalar bilimini baholash va nazorat qilish mezonlari
Kurs ishi (loyihasi) bo’yicha umumiy ko’rsatma va tavsiyalar:
Farmatsevtik botanika modulidan kurs ishlari ko’zda tutilmagan. O’quv amaliyotini tashkil etish bo’yicha umumiy ko’rsatma va tavsiyalar O‘quv rejaga binoan o’quv amaliyoti farmasevtik botanika fanidan 30 ish kunidan iborat bo‘lgan o‘quv dala amaliyotini 4 semestrda o‘tadilar. Talabalarning yil davomida farmatsevtik botanika modulidan olgan bilimlarini mustaxkamlash, o‘simliklar morfologiyasini, sistematikasini va geobotanika asoslarini chuqurroq o‘rganish maqsadida yozgi o‘quv-dala amaliyoti mashg‘ulotlari o‘tkaziladi. Farmatsevtik botanikadan o‘tkaziladigan o‘quv-dala amaliyoti davomida talabalar o‘simliklar qoplami bilan yaqindan tanishadilar. Shuningdek ular yovvoyi va madaniy o‘simliklarning ma’lum xo‘jalik axamiyatiga ega ekanligi, ulardan qimmatbaxo dorivor, em-xashak va texnik o‘simlik sifatida foydalanishni ilmiy asosda amalga oshirish mumkinligiga ishonch xosil qiladilar. O‘simliklarning nomini aniqlashda aniqlagichdan foydalanish yo‘llarini to‘la o‘zlashtiradilar. Farmatsevtik botanika modul dasturi bo`yicha talabalar bilimini baholash va nazorat qilish mezonlari Talabalarning modul bo’yicha o’zlashtirish darajasi quyidagi nazorat turlari orqali aniqlanadi: Joriy nazorat (JN); Yakuniy nazorat (YaN). Modulga ajratilgan 6 kreditni talaba JN davomida yig'adi. JORIY NAZORAT (JN) Joriy nazoratda talabaning modul mavzulari bo’yicha bilim, amaliy ko’nikma va kompetensiyalarni egallash darajasini aniqlash va baholab borish ko’zda tutiladi. Organik kimyo moduli bo’yicha JN og’zaki, o’rgatuvchi-nazorat testlari, tarqatma materiallari bilan ishlash, vaziyatli masalalar, uyga berilgan vazifalarni tekshirish va boshqa shakllarda o’tkazilishi mumkin. Baholashda talabaning bilim darajasini, laboratoriya mashg’ulot materiallarini o’zlashtirishi, nazariy material muhokamasida va ta’limning interaktiv usullarida ishtirokining faollik darajasi, shuningdek, amaliy bilim va ko’nikmalarni o’zlashtirish darajasi, kompetensiyalarni egallash (y’ani nazariy, analitik va amaliy yondoshivlar) hisobga olinadi. Har bir mashg’ulotda barcha talabalar baholanishi shart. Maksimal ball 100, o’tish bali 55 ball. Joriy nazorat uchun ajratilgan 6 kredit quyidagicha taqsimlanadi: 3-semestr – 3 kredit O’simlik hujayrasining tuzilishi, hujayradagi zahira oziq moddalar, kristallar, hujayra shirasidagi moddalar, o’simlik to’qimalari– 1 kredit; Ildizning ichki tuzulishi, o’tli va yog’ochli o’simlik poyasining ichki, bargning ichki tuzulishi, fiksirlangan material asosida yuksak o‘simliklarni anatomik tuzilishini aniqlash. – 1 kredit; Vegetativ organlar ildiz, poya, barg morfologiyasi– 1 kredit; 4-semestr – 3 kredit Tuban sporali o’simliklar, yuqori sporali o’simliklar, ochiq urug’li o’simliklar – 1kredit Gulli o’simliklar, gul tuzilishi, to’gullar va meva hillari, urug tuzilishi. – 1kredit O’simliklar sistematikasi, o‘simliklar ekologiyasi, geobatanikasi va geografiyasi– 1kredit Talaba xar bir bo’limdan belgilangan kreditlarni to’plagandan keyingina yakuniy nazoratga kiritiladi. Joriy nazoratda saralash (o’tish) balidan kam ball to’plagan va uzrli sabablarga ko’ra nazoratlarda qatnasha olmagan talabaga qayta topshirish uchun, navbatdagi shu nazorat turigacha, so’nggi joriy nazorat uchun yakuniy nazoratgacha bo’lgan muddat beriladi. Kasalligi sababli darslarga qatnashmagan hamda belgilangan muddatlarda joriy va yakuniy nazoratlarni topshira olmagan talabalarga fakultet dekani farmoyishi asosida o’qishni boshlaganidan so’ng ikki hafta muddatda topshirishga ruxsat beriladi. Semestr yakunida modul bo’yicha joriy nazoratda saralash balidan kam ball to’plagan talaba akademik qarzdor hisoblanadi. Akademik qarzdor talabalarga semestr tugaganidan keyin qayta o’zlashtirish uchun bir oy muddat beriladi. Shu muddat davomida modulni o’zlashtira olmagan talaba fakultet dekani tavsiyasiga ko’ra belgilangan tartibda rektorning buyrug’i bilan talabalar safidan chetlashtiriladi. Download 74.18 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling