Farmatsevtika menejmenti


Boshqaruv mazmuni va obyektining o‘zaro bog‘lanishi


Download 1.37 Mb.
bet106/131
Sana14.12.2022
Hajmi1.37 Mb.
#1006262
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   131
Bog'liq
FARMATSEVTIKA MENEJMENTI

Boshqaruv mazmuni va obyektining o‘zaro bog‘lanishi



Boshqaruv ob'еkti

Boshqaruv mazmuni

Faoliyatni boshqarish

  1. Farmatsеvtika yordamini shakllantirilishi va uni istе'molchilarning barcha toifalari va guruhlariga kеrakli muddatlarda, zarur hajmda va tеgishli sifat bilan ko’rsatilishi




  1. Faoliyatni rеjalashtirish




  1. Maqsadlar va vazifalarni bеlgilab olish




  1. Tuzulmaviy elеmеntlarning o’zaro hamjihatligini oqilona tashkil etish




  1. Natijalarni o’lchash va baholash tizimini yaratish




  1. Qo’yilgan maqsadlar va vazifalarga erishilishini nazorat qilish

Odamlarni boshqarish

  1. Xodimlarning imkoniyatlari va manfaatlarini amalga oshirish




  1. Hamkorlikni va manfaatlarning kеlishuvini ta'minlash




  1. Kadrlar siyosati




  1. O’qitish




  1. Axborot olish




  1. Asoslanganlik




  1. Attеstatsiya




  1. Ijtimoiy-psixologik muhitni yaxshilash

Tashqi aloqalarni
boshqarish

  1. Shеriklar, raqobatchilar, ta'minotchilar, yuqori tashkilotlar va boshqalar bilan munosabatlar



Boshqaruv qarori — bu aniq maqsadga erishishning ko‘pgina variantlari ichidan muqobil variantni tanlash natijasi.
Maqbul variant tanlovini amalga oshiruvchi va o‘z qarorlari uchun javobgarlikni olib boruvchi shaxslar — qarorlarni qabul qiluvchi shaxslar (QQQSH) deb hisoblanadi. Bu ikki: tanlov va javobgarlik shartlarining bo‘lishi majburiydir. Qarorlarni ham farmatsevtika tashkilotining rahbarlari, ham uning bo‘linmasini rahbarlari qabul qiladilar.
Turli pog‘onadagi rahbar o‘zining amaliy ishida yuzaga keladigan muammolarni hal qiladi.
Muammo — bu hal qilinishi lozim bo‘lgan murakkab nazariy masala yoki amaliy vaziyat.
Muammolar ko‘lami (aloqador shaxslarning soni, yo‘qotish­larning bo‘lishi); muhimligi (tashkilot uchun oqibatlarning xususiyati); shoshilinchligi (qarorlarni qabul qilishning vaqt bo‘yicha qat’iylik darajasi); hal qilish imkoni (umuman hal qilin­maydigan, mazkur sharoitlarda hal qilinmaydigan, hal qilinadi­gan); tuzulmalashtirilganligi (yaxshi tuzulmalashtirilgan, bo‘sh tuzulmalashtirilgan, sifatli taqdim etilgan) bilan farqlanadi.
Muammolarning hal etilishi ma’lum ketma-ketlikka rioya etilishini taqozo etadi. Ularning navbatini o‘rnatish asosiga quyidagi asosiy omillar olinishi mumkin:
oqibatlar;
tashkilotning o‘ziga ta’siri;
muammoning shoshilinchligi va vaqt bo‘yicha cheklanganligi;
asoslanganlik darajasi va ijrochilarda qobiliyatning mav- judligi.
Ushbu va boshqa omillarni o‘rganib chiqish, menejerga muam­­molarning ahamiyatiga qarab navbatini belgilagan holda, ularni hal qilish tartibini aniqlash imkonini beradi. Hal qilinishi bilan voz kechish mumkin bo‘lmagan (dori vositalarining bozoriga yangi mahsulotlar bilan chiqish, raqobatbardoshlikni oshirish va boshqa) yangi imkoniyatlar, qo‘shimcha resurslar paydo bo‘ladigan muam­molar eng muhim bo‘lib qoladi.
Nizo va to‘xtab qolishlarni tezkor tugatilishi bilan cheklanmay, ular­ni yaratuvchi sabablarni bartaraf qiladigan qaror to‘la-to‘kis deb hisoblanishi kerak.
Boshqaruv qarorini ishlab chiqish, qabul qilish va amalga oshirish siklini o‘z ichiga oladigan boshqaruv jarayoni, qarorlar qabul qilinishini taqozo etadigan vaziyatlar paydo bo‘lganligini ko‘rsatuvchi qandaydir hodisadan boshlanadi. Qarorlarni qabul qiluvchi shaxslarning o‘zini tutishi, shuningdek qarorlarning o‘zi ham ko‘p jihatdan yuzaga kelgan vaziyatlarning obyektiv va subyektiv xususiyatlariga bog‘liq bo‘ladi.
Muammoli vaziyat quyidagi hollarda paydo bo‘ladi:
boshqaruv obyekti oldiga qo‘yilgan vazifalarni bajarmasa;
hal qilinishida boshqa uslubiyotni talab etuvchi yangi masa­lalar paydo bo‘lsa;
boshqaruv obyektlarining holatini yaxshilash zaruriyati bo‘lsa.
17.1- chizmada muammoli vaziyat paydo bo‘lishining asosiy sabablari aks ettirilgan.




17.1- chizma. Muammoli vaziyat paydo bo‘lishining asosiy

Download 1.37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   131




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling