Farmatsevtika menejmenti


Jamoaning ijtimoiy rivojlanishini boshqarish


Download 1.37 Mb.
bet50/131
Sana14.12.2022
Hajmi1.37 Mb.
#1006262
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   131
Bog'liq
FARMATSEVTIKA MENEJMENTI

12.3. Jamoaning ijtimoiy rivojlanishini boshqarish

Korxonani muvaffaqiyatli boshqarish uchun mehnat jamoa­sida normal ruhiy sharoit yaratish, hamkorlik va o‘zaro yordam munosabatini o‘rnatish, intizomni mustahkamlash va jamoa oldida javobgarlik hissini tarbiyalash zarur. Inson shaxsiyatiga uning imkoniyatlari va talablariga e’tiborni kuchaytirish ham muvaffa­qiyatli boshqaruv garovidir. Korxonani ijtimoiy boshqarishda butun boshqaruv apparati shu jumladan rahbar ayniqsa faol ishtirok etadi. Bunda boshqaruvning funksional tashkilotlari — korxona ijtimoiy-psixologik xizmati, sotsiolog, psixolog, kadrlar bo‘limi alohida o‘rin egallaydi.


Hozirgi paytda faqat yirik korxonalarda ijtimoiy psixologik xizmatlar mavjud bo‘lib, ularning vazifasi maxsus tadqiqot olib borish bilan cheklangandir. Kichik va o‘rta korxonalarda sotsiologik izlanishlar bilan deyarli shug‘ullanilmaydi.
Shu sababli barcha korxonalarda ijtimoiy-psixologik xizmatlar tashkil etish dolzarb masala bo‘lib hisoblanadi. Bu bo‘linmalar ijtimoiy axborot bilan ta’minlash, turli tavsiyalar ishlashdan tashqari ma’lum bilim berish boshqaruv xodimlariga ijtimoiy boshqaruv bo‘yicha bilim berish, mehnat jamoasi a’zolariga muomala madaniyatini o‘rgatish, eng ko‘p ruhiy vazifa yuklatilgan boshqaruv kadrlarini aniqlash va hokazolar bilan shug‘ullanishi mumkin.
Mehnat, hayot, salomatlik sharoitini yaxshilash, mehnat jamoasi a’zolarini majburiy tibbiy sug‘urtalashni kafolatlash masalalari ijtimoiy rivojlanish masalalari bilan birgalikda mehnat va fuqarolik kodeksiga muvofiq hal etilishi kerak.
Korxonani ijtimoiy boshqarishda boshqaruvning ijtimoiy-psixologik usullari keng qo‘llanilib, ularni bilib qo‘llash korxonada ro‘y berayotgan ijtimoiy hodisalarni chuqur o‘rganish, ishlovchilar kayfiyati — nerv tizimiga ta’sir etuvchi psixologik omillarni bilishni talab etadi. Boshqaruvning ijtimoiy psixologik muammolari hayot, inson hayot tarzining har tomonlama o‘zgarishi uning madaniy va bilim darajasi ortishi bilan dolzarbligi ortib bormoqda.
Bozor iqtisodiyoti ijtimoiy vazifalar qo‘llashni kengayti­radi, chunki hozirgi davrda mehnat samaradorligi faqat ishlab chiqari­shning texnika bilan qurollanish darajasiga emas, balki, ishlab chiqarish jamoasi ijtimoiy tarkibi, jamoada kishilar muno­sabatini boshqarish darajasi, ishlovchilar faolligi daraja­siga ham bog‘liq. Shuning uchun jamoa ijtimoiy rivojlanishi, yuqori unumli mehnat uchun qulay sharoit yaratishga alohida e’tibor berish kerak.
„Korxonalar to‘g‘risida“gi qonunda korxona o‘z ishchilari va ularning oilalarini mehnat hamda maishiy sharoitini yaxshi­lashga, ular manfaat va ehtiyojlarini qondirish to‘g‘risida g‘am­xo‘rlik qilishi zarurligi ta’kidlab o‘tilgan. Jamoaning ijtimoiy ehtiyojlarini qondirish ehtimoli korxona ishi natijalari, jamoa daromadi bilan belgilanadi. Korxonada ijtimoiy rivojlanish masalalari barcha mehnat jamoasi a’zolarining bevosita ishtirokida hal etiladi.



Download 1.37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   131




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling