Farmatsevtika menejmenti


Download 1.37 Mb.
bet48/131
Sana14.12.2022
Hajmi1.37 Mb.
#1006262
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   131
Bog'liq
FARMATSEVTIKA MENEJMENTI

Тayanch iboralar


Marketing, marketolog, market, marketing menejmenti, marketing strategiyasi, marketingni rejalashtirish, tovarlar segmentatsiyasi, marketing tadqiqotlari, marketing kichik tizimi, bozor.


Nazorat savollari

1. Marketing turlarini ayting.


2. Marketing strategiyasi nimaga xizmat qiladi?
3. Marketing strategiyasini bosqichma-bosqich sanang.
4. Bozorni potensial hajmi deganda nimani tushunasiz?
5. Bozorga yorib kirish strategiyasi deganda nimani tushunasiz?
6. Bozorni bo‘g‘inlarga (segmentlarga) ajratish deganda nimani tushu­ nasiz?
7. Xaridor bozori sotuvchilar bozoridan nima bilan farq qiladi?
8. Sanoatga mo‘ljallangan tovarlar bozori bilan oraliq sotuvchilar bozori o‘rtasida qanday farq bor?
9. Sanoatga mo‘ljallangan tovarlar bozori va keng iste’mol tovarlari bozorining farqi nimada?
10. Korxonada marketing xizmati tuzilmasini aytib bering.


12 bob. IJТIMOIY MENEJMENТ
12.1. Ijtimoiy boshqaruv obyekti.
12.2. Jamoaning ijtimoiy rivojlanishi.
12.3. Jamoa ijtimoiy rivojlanishini boshqarish.
12.4. Inson xulqi omillari tizimi.


12.1. Ijtimoiy boshqaruv obyekti

Iqtisodiyotni boshqarish ishlab chiqarishni boshqarishnigina emas, balki kishilar, ular munosabatlari, shu jumladan, ijtimoiy munosabatlarini ham boshqarish demakdir. Keng ma’noda iqtisodiy munosabatlar ham ijtimoiy munosabatlarni bildiradi, chunki ular kishilar o‘rtasidagi munosabatlarni ham bildiradi. Ijtimoiy munosa­batlarning ikkinchi darajasi — ishchilar, dehqonlar va ziyolilar o‘rtasidagi, millatlararo va millatlar ichidagi munosabat, shahar va qishloq o‘rtasidagi munosabat, aqliy va jismoniy mehnat bilan shug‘ullanuvchilar o‘rtasidagi munosabatlardir. Ijtimoiy munosa­batlarning to‘rtinchi darajasi — mehnat jamoalari va jamoa a’zolari o‘rtasidagi munosabatlaridir. Ijtimoiy munosabatlarning bu uch darajasi bir-biri bilan chambarchas bog‘liq.


Ijtimoiy boshqa­ruvning har bir darajasining obyekti insondir. Ijtimoiy munosabat­larni boshqarish — insonni , kishilarni boshqarishdan iboratdir. O‘z navbatida, ijtimoiy munosabatlar mohiyatini aks ettiruvchi insonni boshqaruv bu munosabatlarni boshqarishni bildiradi.
Birinchi ikki darajada ijtimoiy munosabatlarni boshqarish davlat tomonidan, Konstitutsiya, qonun va qarorlarga muvofiq amalga oshiriladi. Mehnat jamoalari darajasida mehnat jamoalarini boshqarish korxona ma’muriyati tomonidan mehnat jamoasi ishtirokida amalga oshiriladi.
Korxona faoliyatida asosiy o‘rinni ishlab chiqarish jamoasi egallaydi. Korxona faoliyatining samaradorligi kadrlar tanlashga, ular topshirilgan vazifaga qay darajada unumli mehnat qi­lishlariga bog‘liqdir. Kishilarni boshqarish quyidagilarni ko‘zda tutadi:
har bir insonning ijtimoiy ahamiyati, ishlab chiqarishdagi o‘rni, vazifalari, huquq va majburiyatlarini belgilash. Kishi tomonidan egallanuvchi o‘rin jamoa hal etuvchi masalalar, kishi­ning tayyorgarlik darajasi, qobiliyat va qiziqishlariga bog‘liq bo‘ladi. Bu o‘rin turli huquq, texnika-texnologik me’yor va vako­latlar bilan belgilanadi;
har bir inson o‘z ijtimoiy o‘rni, vazifasi, majburiyat va huquq­larini bilishi kerak. Bunga ilm olish, tarbiya, mutolaa orqali erishiladi;
har bir inson o‘z ijtimoiy vazifasini bajarish, bunga eng avvalo moddiy va ma’naviy rag‘batlantirish tizimi, uning umumiy va kasbiy tayyorgarligi, intizomliligi va javobgarlik darajasi bilan erishiladi. Kishi ma’lum bir jamoa a’zosi bo‘lgani sababli uning egallaydigan ijtimoiy o‘rni ko‘p jihatdan jamoaga bog‘liq bo‘ladi.



Download 1.37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   131




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling