Farmatsevtika menejmenti


Download 1.37 Mb.
bet56/131
Sana14.12.2022
Hajmi1.37 Mb.
#1006262
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   131
Bog'liq
FARMATSEVTIKA MENEJMENTI

Tayanch iboralar


Mezon, samara, samaradorlik, iqtisodiy samaradorlik, ijtimoiy samaradorlik, iqtisodiy ko‘rsatkichlar, boshqarish sifati, kirish-chiqish sikllari, unumdorlik nazorati, ishlab chiqarishni loyihalashtirish.


Nazorat savollari

1. Boshqaruv samaradorligi deganda nima tushuniladi?


2. Boshqaruv samaradorligining qanday turlari Sizga ma’lum?
3. Iqtisodiy va ijtimoiy samaradorlik nima?
4. Iqtisodiy samaradorlikning qanday hisob usullarini bilasiz?
5. Boshqaruvning iqtisodiy samaradorligini qaysi ko‘rsatkichlar aniqlaydi?

II QISM FARMATSEVTIKA MENEJMENTI:
NAZARIYASI VA AMALIYOTI


14 bob. FARMATSEVTIKA MENEJMENTI:
USLUBIYOTI VA EVOLUTSIYASI

14.1. Boshqaruv va menejment.


14.2. Farmatsevtika tashkilotlarining boshqaruviga hozirgi
zamon yondoshish usullari.
14.3. Farmatsevtika menejmentining uslubiy asoslari.
14.3.1. Boshqaruvning tushunchalari va tamoyillari.
14.3.2. Boshqaruv funksiyalari va uslublari.
14.3.3. Farmatsevtika menejmentida modellar va uslublar.
14.1. Boshqaruv va menejment

Menejment“ tushunchasi zamonaviy va mahalliy far­matsiyaga deyarli tez va mustahkam kirib keldi, u farmatsevtika bozoridagi turli xil ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarda nazariy va amaliyot mutaxassislari tomonidan keng miqyosda foydalanil­moqda. Bu — menejmen o‘zida tez sur’atli o‘zgaruvchan jarayonni ifoda qilishi bilan bog‘liq. Unga hozirgi sharoitlariga qarab doimiy ravishda o‘zgartirishlar kiritiladi va shuning uchun ham u bir qancha (xususiyat)larga ega. „Menejment“ atamasini bir qancha ta’riflar bilan izohlash mumkin.


Menejment — bu ko‘zlangan maqsadga erishish uchun kapital, bino, ashyolar va mehnat singari resurslardan samarali foydalanish va ularni muvofiqlashtirish demakdir.
Menejment — bu ko‘zlangan maqsadga erishish uchun boshqaruvga ilmiy yondoshishlar, boshqaruv tamoyillari va uslublarini ishlab chiqish hamda ularni amaliyotda qo‘llash de­makdir.
„Menejment“ atamasi inglizcha „management“ so‘zidan olingan bo‘lib, so‘zma-so‘ziga „boshqarish“, „tasarruf etish“, „tashkil etish“ deb tarjima qilinishi mumkin.
Uzoq davom etgan tortishuvlardan so‘ng boshqaruv bo‘yicha maxsus adabiyotlarda inglizcha „menejment“ va ruscha „bosh­qaruv“ atamalariga aynan o‘xshash, o‘zaro o‘rindosh tushunchalar deb qaraladi.
Ushbu tushunchalarning bir-biriga mosligini mazkur atamalar bilan ifodalangan tushunchalarning mohiyatini bir xil ekanligi bilan izohlash mumkin (14.1- chizma).
Boshqaruv va menejment:
jarayon sifatida odamlarni, tashkiliy tizimlarning samarali ishlashiga qaratilgan bir qator boshqaruv vazifalarini bajarish yo‘li bilan amalga oshiriladigan kasbiy faoliyatini o‘zida mujassamlashtiradi;
fan sifatida odamlarning boshqaruv faoliyatining qonunlari va qonuniyatlari, tamoyillari, funksiyalari, shakllari va usullari majmuasini tashkil etadi;
san’at sifatida rahbarni, shaxsiy tavsiflaridan, o‘zining bilim­­lari va tajribasini amaliyotda samarali qo‘llay olishidan kelib chiqqan holda uning qobiliyatlarini namoyon qiladi;

aqliy zakovat sifatida rahbarning odobi, qat’iyati, fikrlashi, tavakkalchiligi va tajribasiga asoslangan holda, uning tashqi va ichki sharoitlarga qarab boshqaruvning tamoyillari, usullari va uslublarini amalga oshirish ko‘lami chegaralarini his eta olishini belgilab beradi.


Boshqaruv — bu boshqaruv subyektini mo‘ljallangan nati­jalarga erishish uchun boshqariladigan obyektga nisbatan bir maqsadga qarata ta’sir etish jarayoni.

Download 1.37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   131




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling