Farmatsevtika menejmenti
Kommunikatsiya, qaror qabul qilish
Download 1.37 Mb.
|
FARMATSEVTIKA MENEJMENTI
13.4. Kommunikatsiya, qaror qabul qilish
va samaradorlik Korxonalarda axborot hajmi va u bilan bog‘liq kishilar soni muntazam ortib bormoqda. Axborot hajmining ortishi unumdorlikni oshirishda aloqa jarayonini boshqarish ahamiyatining ortib borishiga sabab bo‘lmoqda. Axborotni qayta ishlash jarayonida texnika taraqqiyoti (kompyuterlardan foydalanish, aloqa sun’iy yo‘ldoshlar, хalqaro telefon va televideniya tarmog‘i) uzatiluvchi axborot hajmi ortishi va uni uzatish vaqti qisqarishiga olib keldi. Axborot uzatish vaqti bu uni berishdan qabul qilib olishgacha o‘tgan vaqtni o‘z ichiga oladi. Masalan, baliq ovlovchi flot kemalari belgilangan joyga yetib borganligi haqida axborot olishi uchun oylab vaqt kerak edi. Hozirgi paytda flot shtabi bir necha daqiqada bunday axborotga ega bo‘ladi. Axborot uzatish vaqti qisqarganligi sababli uni qayta ishlash va foydalanishga jadallik bilan uzatilishi jismoiy va huquqiy shaxslar faoliyatini koordinatsiya qilishga yordam beradi. Axborotdan samaraliroq foydalanish korxona faoliyatini oshirish uchun imkon yaratadi. Bunda texnika, kishilar, tashkilot tarkibi, tashqi muhitning o‘zaro ta’siri hisobga olinishi kerak. Axborotni qayta ishlash sohasiga yangi texnika va texnologiya joriy etilishi bilan boshqaruvning barcha darajasida unumdorlik ortishiga olib keladi. Axborotni qayta ishlashning yangi texnologiyalari vazifalarni bajarish yoki katta hajmda mexanik mehnatni talab qiluvchi masalalarni hal qiladi. Kompyuter texnikasi barcha ijodiy jarayonlarni tezlatish imkonini beradi. Aloqa texnikasi zarur axborotni o‘z vaqtida olishga imkon yaratadi. Kishilarni texnika bilan uning qismlaridan foydalanishga o‘rgatish lozim. Axborot texnikasi rahbarga katta hajmda axborotdan foydalanishga imkon berish va boshqaruv qarorlarini qabul qilishda ko‘p mehnatni talab etuvchi operatsiyalarni qisqartirish yo‘li bilan qaror qabul qilish jarayonini yaxshilashga yordam beradi. Hisob va qiyoslash uchun kompyuterdan foydalanuvchi menejer qog‘ozda hisob-kitob qiluvchi menejerga nisbatan rejaning bir necha marta ko‘p variantlarini tahlil qila olish imkoniyatiga egadir. Kompyuterdan foydalanish tashkilot tarkibi o‘zgarishiga ham olib keladi. Hozirda mutaxassislar hal etishi zarur bo‘lgan ko‘plab qarorlarni quyi bo‘g‘in boshqaruvchilari, jumladan, ustalar bajarishi mumkin. Agar rahbar sifatliroq qaror qabul qilish va kattaroq hajmda axborotni qayta ishlash qobiliyatiga ega bo‘lsa, u nazorat qiluvchi masalalar hajmi, javobgar soha doirasini kengaytirishi mumkin. Kompyuterdan foydalanish ilgari bo‘g‘in rahbarlari to‘plagan axborotning katta qismini axborot texnikasi yordamida ancha tez, tejamkorlik va aniqlik bilan to‘plashi va bu bilan ishlovchilar sonini qisqartirish va boshqaruv qarorini qabul qilish jarayonini jadallashtirish yo‘li bilan unumdorlikni oshirish mumkinligini namoyon qildi. Download 1.37 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling