Farmatsevtika menejmenti


Download 1.37 Mb.
bet52/131
Sana14.12.2022
Hajmi1.37 Mb.
#1006262
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   131
Bog'liq
FARMATSEVTIKA MENEJMENTI

Тayanch iboralar


Ijtimoiy siyosat, ijtimoiy dasturlar, ijtimoiy loyihalar, mehnat motivatsiyasi, ijtimoiy himoya, imtiyoz, sotsiologik tadqiqotlar, ishsizlik, ish joyi, bandlik.


Nazorat savollari

1. Ijtimoiy munosabatlarning uch bosqichini ayting.


2. Har bir odam o‘zining ijtimoiy rolini bajarishiga qanday erishadi?
3. Jamoaning ijtimoiy tuzilmalarini o‘zgartirishga qaratilgan tadbirlar guruhini sanab bering.
4. Xodimlarning moddiy turmush darajalarini yuksaltirishga qaratilgan tadbirlar guruhini sanab bering.
5. Korxonada mehnat jamoalarida ijtimoiy boshqarish qanday amalga oshiriladi?
6. Korxonalar haqidagi qonunda qanday ijtimoiy kafolatlar ko‘zda tutiladi?
7. Inson xulqi nimaga bog‘liq, u o‘zining xatti-harakatlarini nima bilan asoslaydi?
8. Inson xulqini belgilovchi omillar tizimini ayting.
9. Mehnat jamoalarini samarali boshqarish uchun zaruriy shartlar nima?


13 bob. MENEJMENТ SAMARADORLIGI
13.1. Samaradorlikka kompleks yondashuv.
13.2. Biznes-reja va samaradorlik.
13.3. Boshqaruvni tashkil etish va samaradorlik.
13.4. Kommunikatsiya, qaror qabul qilish va samaradorlik.


13.1. Samaradorlikka kompleks yondashuv

Unumdorlik ko‘rsatkichi bo‘yicha boshqaruv deganda samarali boshqaruv tushuniladi. Barqaror yuqori unumdorlikni ta’minlash barcha boshqaruv vazifalari va biriktiruvchi jarayon kommu­nikatsiya, qaror qabul qilish va peshqadamlikni ta’minlashga taalluqlidir.


Korxonaga o‘zaro bir-biriga bog‘liq elementlardan iborat tizim nuqtayi nazaridan qarash zarur tashkilot elementlari hamda tashkilotning tashqi muhit bilan bir-biriga juda bog‘liqligi tufayli muammolar oson va tez hal etiladi. Boshqa tashkiliy muammolar kabi kelajakda unumdorlikni oshirish muammosi ham kompleks yondashuvni talab qiladi. Unumdorlikka ham tashqi muhitning, ham tizim o‘zgarish jarayonining turli omillari ta’sir etadi. Bu omillar bir-biriga ta’sir etishi sababli, unumdorlikni oshirishning (yagona) o‘zgarmas yo‘li bo‘lmaydi. Unumdorlikni oshirishga qaratilgan ko‘plab urinishlar korxonalar rahbarlari o‘z harakatlari natijasini ko‘ra bilmaganliklari sababli muvaffaqi­yatsizlikka uchraydi. O‘z korxonasi unumdorligiga baho berishda eng ko‘p yo‘l qo‘yiladigan xato faqat ishlab chiqarish hajmi ko‘rsatmalarini hisobga olishdir.
So‘nggi yillarda muvaffaqiyatli faoliyat yuritayotgan korxo­nalar tajribasi sifat xarajatlar majmuyining muhim unsuri ekanligini namoyon qilmoqda. Yuqori sifat sotish mumkin bo‘lgan mahsulot hajmini ortishi, xaridorlar tomonidan qaytariladigan mahsulot miqdori va kafolatli ta’mirlash hajmining qisqarishi hisobiga xarajatlar kamayishiga olib keladi. Natijada kompaniya o‘z raqobatbardoshligini oshirish imkoniyatini kengaytirishga sarflash uchun qo‘shimcha mablag‘ga ega bo‘ladi. Yuqori sifat sotuv hajmini oshiradi, ishlab chiqarish ko‘lamini kengaytirishga, foydani ko‘paytirishga imkon yaratadi. Butlovchi qismlarning sifatli bo‘lmasligi butun mahsulot sifatiga ta’sir ko‘rsatadi. Korxonalar o‘zaro bog‘liq bo‘lgani sababli biror-bir asosiy mahsulotning sifatsiz bo‘lishi ko‘pchilik tarmoqlarda unumdorlik pasayishiga olib keladi. Davlat apparatidagi past unumdorlik soliqlarning katta bo‘lishiga, natijada iqtsodiyot samaradorligini oshirishga sarf qilinishi mumkin bo‘lgan mablag‘lar qisqarishiga olib keladi.
Atrof-muhitning ifloslanish darajasini kamaytirish, ish joyining sanitariya holatini yaxshilash va korxona ishchilari sog‘lig‘ini himoya qilish uchun korxonalar qimmat uskunalar (masalan, tutun tutkichlar) sotib olishlari kerak, bu esa xarajatlar ko‘pa­yishiga olib keladi. Istiqbolda atrof-muhitni yaxshilash va mehnatni muhofaza qilish ish vaqtini taqsimlanishiga va natijada mehnat unumdorligi ortishiga olib keladi.
Mehnat unumdorligiga ta’sir etuvchi muhim omil — korxo­nani boshqarish ilmiga ega bo‘lishdir. Korxona unumli ishlashi uchun boshqaruv tizimini takomillashtirish zarur. О‘sib bora­yotgan raqobat sharoitida rahbaryat nega maqbul bo‘lgan qarorlar bugungi kunga to‘g‘ri kelmasligini bilishi lozim.



Download 1.37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   131




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling