Farmatsevtika menejmenti
Boshqaruvni tashkil etish va samaradorlik
Download 1.37 Mb.
|
FARMATSEVTIKA MENEJMENTI
13.3. Boshqaruvni tashkil etish va samaradorlik
Unumdorlikni oshirishda boshqaruvni to‘g‘ri tashkil etish muhim ahamiyatga ega. Тashkil etish jarayoni rahbariyat mehnat resurslari, materiallar, texnologiya, axborot va kishilarni qo‘yilgan maqsadga erishish uchun birlashtiruvchi vositadir. Boshqaruvni samarali tashkil etish natijasida (ya’ni, tashkiliy jarayonlar sozlanganligi) resurslardan maqbul foydalanish, ijrochilar majburiyatini taqsimlashda tushunmovchilik natijasida mehnat unumdorligi pasayishini kamaytirish, bo‘linmalar o‘zaro ta’siri buzilishiga chek qo‘yishni ta’minlaydi. Тo‘g‘ri yo‘lga qo‘yilgan tashkiliy jarayonlar mehnat unumdorligi ortishiga imkon beradi. Unumdorlik boshqaruvining boshqaruv texnologiyasi, boshqaruv ishini loyihalashtirish va boshqaruv tashkiliy tizimi kabi unsurlari bilan uzviy bog‘liqdir. Boshqaruvning samarali texnologiyasi mehnat unumdorligiga eng ko‘p ta’sir ko‘rsatuvchi omildir. Hozirgi paytda avtomatlashgan zavodlar, robot texnikasi, loyihalashtirishning avtomatlashgan tizimini qo‘llovchi amerikalik va Yaponiya ishlab chiqaruvchilari bozorning katta qismini egallab olmoqdalar, chunki yuqori sifatli mahsulotni raqobatdoshlariga nisbatan arzon narxda sotadilar. Idora ishiga kompyuter texnologiyasini joriy qilish mehnat unumdorligi ortishida boshqa omillarga nisbatan ko‘proq ahamiyatga ega. Lekin, ilg‘or texnologiya har doim ham mehnat unumdorligi ortishiga olib kelmaydi. Bunday texnologiya afzalliklari unga ishlovchilarning salbiy munosabati tufayli namoyon bo‘lmasligi mumkin. Тexnologiya darhaqiqat unumdorlik ortishiga olib kelishi uchun rahbariyat texnologiya talablari uni qo‘llovchi kishilar manfaatlariga to‘g‘ri kelishini ta’minlashi kerak. Boshqaruvning tashkiliy tarkibi rahbariyat va barcha darajada unga bo‘ysunuvchi hamda korxonaning asosiy tarkibiy bo‘linmalari o‘rtasidagi o‘zaro munosabatni belgilaydi. Тarkib unumdorlikka ma’muriy-boshqaruv soniga bo‘lgan nisbati orqali bevosita ta’sir etadi. Agar korxona o‘z faoliyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatmay boshqaruvchilar sonini qisqartirsa, unumdorlik yuqori bo‘ladi. Тashkilot tarkibi uncha yaqqol namoyon bo‘lmaydigan yo‘l bilan ham unumdorlikka ta’sir qiladi. Masalan, mutaxassis va olimlar yuqoridan qat’iy berilgan buyruqqa salbiy munosabatda bo‘ladilar. Bunda ular o‘z mehnati natijasidan qoniqmaydilar va ular mehnati uncha unumli bo‘lmaydi. Ijodiy yondashuvni talab etuvchi tarkibga ega tashkilotlar raqobat kurashida kengroq imkoniyatlarga ega bo‘ladilar. Jahon bozoriga o‘z vaqtida masalan, zamonaviy kompyuter bilan ish olib borish bu daromadlarni keskin ko‘paytirish va unumdorlikni oshirish demakdir. Kichik korxona ba’zan yirik korxonaga nisbatan masalariroq bo‘ladi. Korxona samarali ishlashi uchun biror vazifani bajarish biror aniq kishi yoki bo‘linmaga topshirilishi va unga mos vakolatlar berilishi lozimligi tajribadan ma’lum. Unumdorlikni javob beruvchi biror shaxs yoki guruhga berilgan vakolat doirasiga mablag‘larni sarf qilish huquqi ham kirishi kerak. Download 1.37 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling