Farmatsevtika menejmenti


Farmatsevtika menejmentining uslubiy asoslari


Download 1.37 Mb.
bet62/131
Sana14.12.2022
Hajmi1.37 Mb.
#1006262
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   131
Bog'liq
FARMATSEVTIKA MENEJMENTI

14.3. Farmatsevtika menejmentining uslubiy asoslari

Farmatsevtika menejmentining ilmiy asosini umumiy menej­mentning konsepsiyalari tashkil etadi. O‘zbekistonda ham, jahon ilm-fani va amaliyoti singari, farmatsevtika tovarlari va xizmatlari muomalasida umumiy menejment bilan bir qatorda uning har xil turlari keng rivojlanmoqda.


Menejmentning turlari har xil alomatlar bo‘yicha aniqlanadi. Тashkilotning faoliyat sohasiga qarab innovatsion, ishlab chiqarish, moliyaviy, iqtisodiy, xalqaro, ijtimoiy, kadrlar bo‘yicha, marketing menejmenti, sifat va boshqa menejment turlari ajratiladi. Mazmun tamoyili bo‘yicha normativ, strategik, tezkor (operativ) menejment ko‘rib chiqiladi.
Normativ menejment farmatsevtika tashkilotining falsafasini, uning tadbirkorlik siyosatini ishlab chiqilishi va amalga oshiri­lishini, raqobatchilikdagi tutgan o‘rni belgilanishini ko‘zda tutadi.
Strategik menejment farmatsevtika tashkilotining strategiyalari to‘plami ishlab chiqilishini, ularning vaqt bo‘yicha taqsimlanishini hamda ularning amalga oshirilishi ustidan nazoratni nazarda tutadi.
Tezkor (operativ) menejment farmatsevtika tashkilotini rivoj­lan­tirish yuzasidan qabul qilingan strategiyalarni amalga oshirish bo‘yicha taktik va tezkor chora-tadbirlar ishlab chiqadi.
Menejmentning turli xil shakllarining yagona uslubiy asosini, uning toifalar va tushunchalar, tamoyillar hamda maqsadlar, funksi­yalar, vazifalar va usullardan tarkib topgan umumiy naza­riyasi tashkil etadi.


14.3.1. Boshqaruvning toifalari, tushunchalari
va tamoyillari


Farmatsevtika menejmentining toifalari — farmatsevtika tovarlari va xizmatlari muomalasi sohasida tashkilotlarni bosh­qarish jarayonlarida muhim xususiyatlarni hamda barqaror muno­sabatlarni aks ettiruvchi eng umumiy va asosiy (funda­mental) tushunchalardir.
Asosiy toifalar tarkibiga menejmentning obyektlari va subyekt­lari, turlari, tamoyillari, uslublari kiritilgan.
Boshqaruv obyekti sifatida farmatsevtika tashkiloti tizim bo‘lib; subyektlar sifatida — farmatsevtika tovarlari va xizmatlari muoma­lasi sohasidagi iyerarxiyaning turli pog‘onalaridagi qarorlarni qabul qilish vakolatlariga ega bo‘lgan menejerlar chiqadilar. „Menejer“ toifasi farmatsevtika tashkilotini, uning tuzulmaviy bo‘g‘inlarini (bo‘limlarini) rahbarlari va ma’lum turdagi ishlarning tashki­lotchilariga (ma’murlar) nisbatan tatbiq etiladi.
Farmatsevtika menejmentini o‘rganish, asosan to‘rtta: an’anaviy, jarayonli, tizimiy va vaziyatga qarab uslubiy yon­doshishlardan kelib chiqqan holda tashkil etiladi.
An’anaviy yondoshish boshqaruvning asosiy tamoyil (qoida­) larini ishlab chiqish va amaliyotda ulardan foydalanishga tayanadi.
Farmatsevtika menejmentining tamoyillari boshqaruvning asosiy tamoyillariga asoslanadi va umumiy qonuniyatlarni, rioya etilganda tashkilotlarning samarali rivojlanishini ta’minlovchi barqaror talablarni aks ettiradi. Iqtisodiyotning farmatsevtika sohasidagi bozor munosabatlari boshqaruvning mumtoz tamoyillarini qayta ko‘rib chiqish zaruriyatini taqozo etdi.
Quyidagilar: tizimlarning yaxlit bo‘lishi; iyerarxik batartiblik; bir maqsadga qaratilganlik; ilmiy jihatdan asoslanganlik; markazlashtirish va markazlashtirilmaganlikning maqbul ravishda birlashtirilishi; menejmentning fundamental asoslari: sifat, innovatsiya, mehnatning asoslanganligi, tashkiliy madaniyat (ijtimoiy madaniyat), rahbarlik uslubiga tayanish; menejment­ning majburiy sharti sifatida javobgarlik; gorizontal va vertikal bo‘yicha samarali kommunikatsiyalar; har bir xodimning imkoni­yat­larini amalga oshirish va qobiliyatlarning namoyon bo‘lishi uchun sharoitlar yaratish hamda qilgan mehnatidan o‘zi qanoat­lanishini ta’minlash; umumiy natijalarda har bir xodim o‘zining ulushi bilan qatnashishini o‘rnatish; muntazam ravishda attestatsiya o‘tkazish, xodimlar malakasini oshirish va lavozimi ko‘tarilishini ta’minlash — hozirgi zamon farmatsevtika tashkiloti boshqaruvi­ning asosiy tamoyillari bo‘lib hisoblanadi.

Download 1.37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   131




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling