Farmatsevtika menejmenti


Ijtimoiy-demografik tuzulma


Download 1.37 Mb.
bet90/131
Sana14.12.2022
Hajmi1.37 Mb.
#1006262
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   131
Bog'liq
FARMATSEVTIKA MENEJMENTI

Ijtimoiy-demografik tuzulmabu jamoaning yoshi, jinsi, millati bo‘yicha, kasbiy-malakaviy tuzulma — ma’lumot va malaka darajasi bo‘yicha, ijtimoiy-psixologik tuzulma — shaxslararo munosabatlarning holati, mehnat faoliyatining asoslari bo‘yicha tarkibidir. Yuqorida ko‘rib chiqilgan tashkiliy tuzulma jamoaning shakllanishi barqaror­lashishi va rivojlanishida alohida ahamiyat kasb etadi.
Jamoaning tashkiliy tuzulmasi — bu uning a’zolarini ma’lum o‘zaro bog‘­la­nish­lari va o‘zaro munosabatlaridir. Rasmiy tashkiliy tuzulma — bu jamoaning a’zolari (bo‘linmalari) o‘rtasida asosiy kasbiy majburiyatlar, huquqlar va javobgarlikning taqsimlanishi­dir. Norasmiy tuzulma jamoa a’zolarining rasmiy jihatdan belgilanmagan o‘zaro munosabatlarini aks ettiradi.
U normativ hujjatlar bilan tartibga solinmaydigan, ishlab chiqarish vazifalarini hal qilish masalalari bo‘yicha xodimlar o‘rtasidagi munosabatlar hamda xodimlarning shaxsiy jihatlari bilan belgilanadigan munosabatlar (norasmiy munosabatlar) asosida vujudga keladi. Ushbu norasmiy munosabatlar mohiyati bo‘yicha qarashlar, qiziqishlar, manfaatlarning umumiyligi natijasida paydo bo‘ladigan do‘stona bog‘lanishlardir. Odatda, ular birovni yoki nimanidir yoqtirish yoki yoqtirmaslik tuyg‘ularini his etuvchi xodimlar o‘rtasida paydo bo‘ladi hamda ijobiy va salbiy hissiyotlarga asoslanadi.
Rasmiy va norasmiy tuzulmalarning asosini ularga tegishli bo‘lgan guruhlar tashkil etadi.
Guruhbu tashkilotning bir-biri bilan o‘zaro muloqotga kirishuvchi va o‘zlarini guruhning a’zolari deb his qiluvchi a’zolari.
Xodimlarning bo‘limlar bo‘yicha joy-joyiga qo‘yilishi rasmiy tuzulmaga misol bo‘la oladi. Ularning muvofiqlashtirilishi menejerlar tomonidan amalga oshiriladi. Norasmiy guruhlar o‘zaro muloqot jaryonida tabiiy ravishda vujudga keladi va o‘zining tuzulmasi bo‘yicha rasmiy tuzulmalardan anchagina farq qilishi mumkin. Ular ikki turga bo‘linadi — manfaatdor va do‘stona shaxslar guruhlari.
„Manfaatdor“ guruhlar o‘ziga xos aniq bir muammoni hal qilishdan manfaatdorligi natijasida (masalan, mehnatni ilmiy tashkil qilish usullarini joriy etish bo‘yicha tashabbuskor guruh) birlashadi, muammo hal qilinganidan so‘ng ular, odatda, tarqab ketadilar. Do‘stona guruhlar o‘zaro bir-birini yoqtirib birlashishi hisobiga paydo bo‘ladi. Ular do‘stona munosabatlarning buzilishi yoki yangi aloqalar paydo bo‘lishiga qarab tarqab ketishi yoki ularning tarkibi o‘zgarishi mumkin. Norasmiy guruhlarning tashkil bo‘lishi ularning a’zolariga bir qator: guruh a’zolari o‘rtasida muomala qilishni osonligi, ularning ko‘ngiliga yaqin bo‘lgan ijtimoiy va madaniy qadriyatlarning saqlanishi, o‘z maqomi va muloqotidan ijtimoiy jihatdan qoniqishi kabi afzalliklar beradi.
Har bir norasmiy guruhda jamoaning boshqa a’zolariga katta ta’sir ko‘rsatadigan yetakchi bo‘ladi. Egallagan lavozimidan, bunga uning rasmiy huquqlari bo‘lishi yoki bo‘lmasligidan qat’iy nazar o‘zining shaxsiy jihatlari hisobiga jamoaning boshqa a’zolariga o‘z ta’sirini o‘tkaza oladigan shaxs guruhda yetakchi bo‘ladi. Norasmiy guruhlarning tuzulmasi jamoaning rasmiy tuzulmasiga har jihatdan mos kelishi yoki umuman mos kelmasligi mumkin. Ular o‘rtasidagi farqlanishlar rasmiy tuzulmaning takomillash­magani, rahbarning yoki qo‘l ostidagi ayrim xodimlarning noto‘g‘ri harakatlari hisobiga yuz berishi mumkin.
Norasmiy guruh tashkilot yo‘nalishida rivojlanganda u o‘zining a’zolariga konfor­mist bosimini o‘tkazadi (konformizm — ma’qullashga bo‘lgan ehtiyoj yoki guruhda o‘rnatilgan yo‘l-yo‘riqlarga mos­lashuv). Agar norasmiy guruhlar tashkilotning asosiy maqsad­lariga zid bo‘lgan maqsadlarni ko‘zlaydigan bo‘lsa, norasmiy guruhlarning birdamligini sustlashtirishga qaratilgan choralar ko‘rilishi lozim, chunki ular rasmiy tuzulmaga qarshi turishi mumkin emas, aksincha, butun jamoa faoliyatiga faol kirishib ketishi zarur.
Tashkilotni samarali boshqarish uchun rahbar norasmiy guruhlar haqida bilishi emas, balki tashkilotning maqsadlariga erishish yo‘lida ularning a’zolari harakatidan mohirona foydalana olishi kerak. Shu bois norasmiy guruh yetakchisining tutgan o‘rni, uning a’zolari maqomining nisbiy darajasi va guruhdagi mavjud kommunikatsion bog‘lanishlarga e’tibor berish lozim. Bunday bo‘limlar menejerga rasmiy va norasmiy guruhlar faoliyatining samaradorligini eng yuqori qiymatga chiqarish imkonini beradi.
Mehnat jamoasini ish natijalariga uning o‘lchamlari (guruhli dinamika) katta ta’sir ko‘rsatadi. Odatda, jamoa qanchalik katta bo‘lsa, undagi jipslashuv darajasi shunchalik past bo‘ladi. 15 kishigacha bo‘lgan guruh yaxlitlik xususiyatiga ega bo‘lishi mumkin, guruhdagi a’zolar soni 15 tadan ko‘p bo‘lganda bu xususiyat yo‘qolib, mayda guruhchalar tashkil etila boshlaydi.
Har bir jamoa ham miqdoriy jihatdan, ham sifat jihatidan rivojlanishi mumkin. U maqbul o‘lchamlarga ega bo‘lishi kerak. Undagi odamlar turli yoshda bo‘lishi, guruhlar ayol va erkaklardan, kasbiy mahorati turli darajadagi xodimlardan tarkib topishi maqsadga muvofiqdir. Bunday jamoalarning yashash qobiliyati va birdamligi kuchliroq bo‘lib chiqadi, chunki zaruriy izchillik o‘rnatiladi, xatti-harakatlarida vazminlik, xushmuomalalik namoyon bo‘ladi. Yoshlarning shijoati yoshi bo‘yicha kattaroq xodimlarning mulohazalari bilan to‘ldiriladi. Jamoani shakllan­tirishda faqat xodimlarning shaxsiy jihatlarini emas, balki odamlar bilan o‘zaro munosabatlarini ham e’tiborga olish lozim.
Odamlar bilan o‘zaro munosabatlarning sifat tomoni hamda birgalikdagi faoliyatning unumdorligini oshirishga yoki unga to‘sqinlik qilishga xizmat qiluvchi psixologik sharoitlar ijtimoiy-psixologik muhitni (IPM) tavsiflaydi.

Download 1.37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   131




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling