Farmatsevtika menejmenti


Menejmentning asosiy ilmiy maktablari


Download 1.37 Mb.
bet58/131
Sana14.12.2022
Hajmi1.37 Mb.
#1006262
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   131
Bog'liq
FARMATSEVTIKA MENEJMENTI

Menejmentning asosiy ilmiy maktablari



Shakl-
lanish davri

Maktabning nomi

Eng mashhur namoyondalari

Asosiy kontsеptsiyalar va tamoyillar

1885–1920 yillar.

Ilmiy boshqaruv maktabi

F. Tеylor
G. Emеrson
G. Ford
G. Gilbrеt
L. Gilbrеt
G. Gant

  1. Mеhnatni va ishlab chiqarish jarayonlarini ilmiy tashkil etish

  2. Bajarilgan ishlar natijalarini oshirish uchun ilmiy tahlildan foydalanish

  3. Boshqaruv funktsiyalarini faoliyatning alohida mustaqil turiga ajratib chiqarish

1920–1950 yillar.

Ma'muriy (mumtoz) maktab



A. Fayol
A. Bogdanov
A. Gastеv
O. Еrmanskiy
P. Kеrjеntsеv
M. Vеbеr
A. Urvik
L. Giolik
D. Muni
A. Chandlsr

  1. Boshqaruvning funktsiyalarini ta'riflash

  2. Tashkilotni oqilona boshqarish tizimini ishlab chiqish

  3. Tashkilotning va xodimlarni boshqarish tuzulmasini barpo etish tamoyili

1930y. hozirgi kungacha

Insoniy munosabatlar va axloqiy bilimlar maktabi (nеomumtoz)

M. Follеt
E. Meyo
Ch. Bеrnard
F. Rotlisbеrgеr
R. Laykеrt
D. Mak Grеgor
A. Maslou
F. Gеrtsbеrg
R. Blsyk

  1. Tashkilot ijtimoiy tizim sifatida

  2. Shaxslararo va guruhlararo munosabatlarni boshqarish usullaridan foydalanish (kommunikatsiyalar, guruhli o’sish sur'ati, еtakchilik)

  3. Boshqaruvda insoniy axloq borasidagi fan yutuqlaridan foydalanish (asoslash, harakatlarga baho bеrish, nuqtai nazarini o’zgartirish)

1940 y. hozirgi kungacha

Miqdoriy uslublar va tizimiy yondoshish maktabi

L. Bеrtalanfi
S. Optnеr
L. Kantorovich
V. Nеmchinov
V. Trapеznikov S. Chеrchmеn
N. Vinеr

  1. Tizimlar, qarorlar qabul qilish, axborotlar va kibеrnеtika nazariyasini tashkilotning boshqaruvida tadbiq etish

  2. qarorlar qabul qilishning rasmiy (miqdoriy) va norasmiy uslublarini qo’llash

  3. Axborot tizimlari va hisoblash tеxnikasidan foydalanish

XX asrning 50-yillarida boshqaruv sohasidagi tadqiqotlar quyidagi beshta yo‘nalish: mumtoz, insoniy munosabatlar, axloq-odob fanlari, miqdoriy va tizimiy yondoshishlar bo‘yicha parallel ravishda olib borildi. Ishlab chiqishlarning bunday ko‘p tomonlamaligi urushdan keyingi iqtisodiyotning ehtiyojlariga javob berar edi. Tizim yondoshish asosida boshqaruvning eng murakkab muammolari hal eta boshladi. 1971- yildan boshlab boshqaruv vaziyatga qarab yondoshish tizimiy tadqiqotlarning mantiqiy davomi bo‘lib xizmat qildi.


Shunday qilib, tashkilotlar faoliyatining samaradorligiga ta’sir ko‘rsatuvchi tashqi va ichki omillar to‘g‘risidagi bilimlarning rivojlanishiga qarab boshqaruvning an’anaviy maktablarini modifikatsiyalari yuzaga keldi, boshqaruvda Jarayonli, Tizimli va Vaziyatga qarab yondoshish usullari o‘z rivojini topdi (14.2- jadval).
14.2- jadval



Download 1.37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   131




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling