Farmatsevtika menejmenti
Download 1.37 Mb.
|
FARMATSEVTIKA MENEJMENTI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Boshqaruv texnologiyalari
Boshqaruv tamoyillari — bu axloq-odobning rasmiy (qonunlar, standartlar, qarorlar va boshqalar) hamda norasmiy (an’analar, madaniyat, etika) institutlari bilan mustahkamlangan qoidalari va me’yorlari.
Farmatsevtika menejmenti ma’lum ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlarga qarab doimiy ravishda tuzatishlar kiritiladigan o‘zgaruvchan jarayon bo‘lishiga qaramasdan, uning nazariyasi va amaliyotida boshqaruvning 14.3- jadvalda keltirilgan asosiy tamoyillaridan anchagina keng miqyosda foydalaniladi. Boshqaruvning tamoyillari asosida har bir tashkilot faoliyatining yakuniy natijalariga erishish maqsadlari shakllanadi. Maqsadlarga erishish — boshqaruv faoliyatini funksiyalar bo‘yicha ixtisoslashishi sharoitlarida subyektlarni boshqaruv obyektlariga turli usullar bilan ta’sir ko‘rsatish orqali amalga oshiriladigan boshqaruv uslublaridan foydalanishga asoslangan savollar va ularni yechish shartlari majmuyi sifatida ko‘pgina masalalarni hal etish yo‘li bilan amalga oshiriladi. Boshqaruvning qonunlari, tamoyillari, uslublari, funksiyalari va boshqa toifalari boshqaruv mexanizmi tushunchasiga kirgan bo‘lib, u subyekt-obyekt munosabatlari uzviyligining turli-tumanligini tavsiflaydi. Aniq farmatsevtika tashkilotlarida boshqaruv mexanizmi boshqaruv texnologiyalari yordamida amalga oshiriladi. Boshqaruv texnologiyalari bu qo‘yilgan maqsadlarga erishish uchun boshqaruv ta’sirini o‘tkazish san’ati, mahorati va bilimdonligidir. 14.3- jadval Boshqaruvning asosiy tamoyillari
Boshqaruv texnologiyalari — axborotni yig‘ish uslublari va vositalari; farmatsevtika tashkilotining xodimlariga samarali ta’sir ko‘rsatish usullari; tashkilotchilik va boshqaruvning tamoyillari, qonunlari va qonuniyatlari; nazorat tizimlarini hamjihatlikda o‘z ichiga oladi. Farmatsevtika tashkilotining turi va xususiyatlariga hamda vaziyatga qarab quyidagi texnologiyalardan foydalaniladi: maqsadlar bo‘yicha boshqaruv, uch turga bo‘linadi: a) oddiy maqsadli (rahbar tomonidan faqat yakuniy maqsad va unga erishish muddatlari ishlab chiqilishini o‘z ichiga oladi, unda amalga oshirish mexanizmlari ko‘rsatilmaydi); b) dasturiy-maqsadli (muddatlar va mexanizmlarni ko‘rsatgan holda harakatlar dasturi ko‘rinishida maqsadlar tizimi shakllantirilishini ko‘zda tutadi); d) reglamentli (yakuniy maqsad yoki maqsadlar va resurslarning cheklanishi belgilanadi); natijalar bo‘yicha boshqaruv tizim faoliyati mahsulotlarining, uning „chiqishi“, natijalar parametrlarini, masalan mahsulot sifatining ko‘rsatkichlari, narxlar diapazoni, xarajatlar darajasi, rentabellik va hokazo avval boshdan shakllanishiga hamda „kirish“ parametrlariga va tizim faoliyatining algoritmiga „qaytar aloqa“ signallari bo‘yicha tuzatishlar kiritilishiga asoslangan; muntazam tekshirishlar va ko‘rsatmalar berish yo‘li bilan boshqaruv o‘zgarmas maqsadga nisbatan amalga oshiriladigan faoliyatga taklif etilayotgan yo‘riqnomalar, chora-tadbirlar va boshqalarni bajarish yo‘li bilan asta-sekin tuzatishlar kiritilishini ko‘zda tutadi; marketingli boshqaruv iste’molchilarning ehtiyojlari va manfaatlariga ustuvorlik berilishiga asoslangan; reaktiv boshqaruv — bu ko‘proq yoki kamroq darajada barqaror bo‘lib qolgan yakuniy maqsaddan chetga chiqishlarni bartaraf etish harakatlaridan iboratdir; strategik boshqaruv strategik vazifalarni tahlil qilish va xavf-xatarlarni va rivojlantirish imkoniyatlarini oldindan ko‘ra bilish hamda ahamiyatiga qarab farqlash asosida tashkil etiladi. Turli texnologiyalarni bir-biriga qo‘shilib ketishi boshqaruvning atrofdagi vaziyatga qarab samaradorligi oshishiga sabab bo‘ladi. Ma’muriy qo‘mondonlik iqtisodiyoti sharoitlarida farmatsevtika xizmatining boshqaruvi ko‘proq darajada buyruqlar, yo‘riqnomalar va ularning bajarilishi ustidan nazoratga asoslangan edi. So‘ngra maqsadli, dasturiy maqsadli, ekstrapolatsiya asosida uzoq muddatga rejalashtirish o‘z o‘rnini strategik boshqaruvga bo‘shatib berdi. Boshqaruv jarayoni bir qator xususiyatlarga ega: 1) u makon va zamonda uzluksiz amalga oshiriladi; 2) bu bir maqsadga qaratilgan jarayondir; 3) boshqaruv subyektining boshqaruv obyektiga ko‘rsatadigan ta’sirining yakuniy natijasi maqsadga nisbatan qaratilishi kerak bo‘lgan samaradorlikdir. Natija qo‘yilgan maqsadga qanchalik yaqin bo‘lsa, boshqaruvning sifati shunchalik yuqori bo‘ladi. Menejmentning samaradorligi, odatda, iqtisodiy va ijtimoiy samaralarning yig‘indisi bilan o‘lchanadigan samaradorlik (asosiy faoliyatning natija berishi) orqali namoyon bo‘ladi. Ta’sirchanlik (tashkilot maqsadlariga erishish darajasi); tejamkorlik (resurslarni kerakli va amaldagi sarf-xarajatlarining nisbati); sifat (mahsulotlar xizmatlarning standartlarga va iste’molchilarning talablariga muvofiqligi); foyda keltirishi (daromadlar va jami xarajatlar o‘rtasidagi nisbat); unumdorlik (ma’lum davr davomidagi natural, qiymat yoki boshqa ko‘rsatkichlardagi mahsulotlar yoki xizmatlar hajmini barcha turdagi xarajatlarga nisbati); mehnat hayotining sifati (xodimlarning ishlash sharoitlari); innovatsion faollik (tashkilot faoliyatining turli funksional sohalarida yangiliklarning joriy etilishi). Download 1.37 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling