Farmatsevtika menejmenti


Download 1.37 Mb.
bet64/131
Sana14.12.2022
Hajmi1.37 Mb.
#1006262
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   131
Bog'liq
FARMATSEVTIKA MENEJMENTI

Tizimga kirish — unga kiruvchi resurslar.
Tizimdan chiqish — tizim ishlashining natijasi.
Maqsad — tizim, o‘z tuzulmaviy tashkiloti oqibatida intila­digan yoki uning chiqishidagi yakuniy holati.
Tashqi muhit — tizim bilan bevosita yoki bilvosita bog‘langan makromuhit yoki mikromuhitning komponentlari.
Qaytar aloqa — tizimning rostlagichlaridan keluvchi axborot (yakuniy natijalar).
Har qanday farmatsevtika tashkiloti ichki va tashqi muhitning omillari birligida ishlovchi, farmatsevtika yordamini o‘z vaqtida, to‘liq, to‘xtamasdan va malakali ko‘rsatilishiga yo‘naltirilgan ochiq tizim sifatida ko‘rib chiqilishi mumkin.
Tizimiy yondoshish qo‘llanilganda avval „chiqish“ (natija) parametrlari shakllantiriladi. Masalan, dorixona tashkiloti uchun natijalar aholining dorixona tovarlari turiga bo‘lgan ehtiyojlarini qondirish darajasi, sarf-xarajatlar, rentabellik darajasi va boshqalar bilan ifodalanishi mumkin. „Chiqish“ normativlar bo‘yicha raqobatbardosh bo‘lishi kerak.
So‘ngra „kirish“ parametrlari, ya’ni tashkilot faoliyati jarayoni­ni amalga oshirish uchun kerakli: moliyaviy, moddiy, axborot, mehnat, texnologik resurslar aniqlanadi. Resurslardan foydala­nish­dagi asosiy vazifa — sarf-xarajatlarning eng kam hajmida va unga katta samaradorlikda asosiy va oraliq maqsadlarga erishishdan iborat. Resurslarga bo‘lgan ehtiyoj farmatsevtika tashkilotining tashkiliy-texnikaviy va iqtisodiy holati hamda tashqi muhitning parametrlari (iqtisodiy-siyosiy, ijtimoiy-demografik, madaniy muhit va mazkur mintaqaning infratuzulmasi) o‘rganib chiqilga­nidan so‘ng mo‘ljallab belgilanadi.
„Qaytar aloqa“ tashkilot faoliyati parametrlariga tuzatishlar kirituvchi „chiqish„dan „kirish„gacha va tashkilotning „ichki muhiti„gacha bo‘lgan kommunikatsion kanaldir.
Tizimiy yondoshish an’anaviy yondoshishdan farqli o‘laroq tizimning har bir: tizimga „kirish“ (kelib tushadigan resurslar), kelib tushgan resurslarni mahsulotga aylanish jarayoni, tizimdan „chiqish“ (mahsulot), „qaytar aloqa“ qismini o‘zaro bog‘lanishda sinchiklab o‘rganib chiqish konsentratsiyasini taqozo etadi. Тizimiy yondoshishdan foydalangan holda, menejer qiziqishlaridan tashqarida bo‘lgan tizimlarni chuqur tahlil qilishga vaqt ketkazmasdan, aniq tizimni tahlil qilib chiqish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Aniq farmatsevtika tashkilotlaridagi boshqaruv jarayoni, oqibat natijada, odamlarning o‘zini tutishi, ularning faoliyati asoslanishi va rag‘batlantirilishini boshqarish bo‘lib chiqadi.
An’anaviy yondoshish boshqaruv jarayonini yanada to‘laroq amalga oshirish imkonini beradi. U menejerni faqatgina bosh­qaruv qoidalaridan foydalanishga emas, balki qo‘yilgan maqsadga muvofiq har bir aniq vaziyatdan kelib chiqqan holda boshqaruv ta’sirini o‘tkazish usullarini tanlashga yo‘naltiradi. Bunda ayrim odamlarning xulqi, odamlarning guruhlarda o‘zini tutishi, rah­barning o‘zini tutish xususiyatlari va uni alohida odamlarga hamda guruhlarga ko‘rsatadigan ta’siri kabi asosiy ijtimoiy-psixologik jihatlarni hisobga olish juda muhimdir.
O‘zbekiston bozor islohotlarining o‘tkazilishi farmatsevtika sohasining boshqaruviga yangicha yondoshishlar shakllanishini taqozo etdi:
boshqaruv tizmini bozor va davlat tomonidan tartibga solinish­ning uyg‘unlashishi asosida markazlash­tirilmasligi;
boshqaruvning mintaqaviy darajada hal qilinadigan masalalar sonining ko‘payishi va murakkabligi oshishi bilan birga davom etadigan polisentrik tizimiga o‘tish;
xo‘jalik yurituvchi bozor subyektlarini ijtimoiy yo‘nal­tirilgan ochiq tizimlar sifatida shakllantirish va faoliyatini amalga oshirish;
farmatsevtika tashkilotlarining ijtimoiy yo‘nalishini iste’mol­chiga va mehnat jamoasining ichidagi ijtimoiy muammolarni hal qilinishiga qaratish.



Download 1.37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   131




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling