Farmatsevtika menejmenti
Download 1.37 Mb.
|
FARMATSEVTIKA MENEJMENTI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tizimli yondoshish
- Tizim tuzulmasi
Jarayonli yondoshish boshqaruvga o‘zaro bog‘langan quyidagi: rejalashtirish, tashkilotchilik, asoslanganlik, nazorat qilish va muvofiqlashtirish boshqaruv funksiyalarining uzluksiz seriyasi deb qaraydi.
Boshqaruv jarayoni tashkilot faoliyatining ma’lum vaqt davri uchun maqsadlari va vazfalari tizimini shakllantirishdan boshlanadi. So‘ngra belgilangan rivojlanish maqsadlariga erishishga qaratilgan chora-tadbirlar rejalashtiriladi. Rejalashtirilgan chora-tadbirlarning amalga oshirilishi ma’lum tashkiliy tuzulmalarning yaratilishi, ijrochilarning jalb qilinishi, ularning ishini zamon va makon bo‘yicha muvofiqlashtirilishini taqozo etadi. Ishlayotgan tashkiliy tuzulmalar doirasida ko‘zda tutilgan chora-tadbirlarning bajarilishi tashkilot faoliyatining hisobi olib borilishi, uning doimiy nazorat, tahlil qilinishi va tartibga solinishini (muvofiqlashtirilishini) talab etadi. Tizimli yondoshish rahbarlarning tashkilotga tashqi muhitning o‘zgaruvchan sharoitlarida turli maqsadlarga erishishga yo‘naltirilgan o‘zaro bog‘liq bo‘lgan elementlarni o‘z ichiga olgan tizim deb qarashlariga asoslangan. Tizimli yondoshish — bu boshqaruv falsafasi bo‘lib, bozor sharoitida omon qolish uslubi, mavhumdan aniqqa o‘tish uslubidir. Tizimiy tahlil — obyektlarni tizimlar sifatida tadqiqot qilish uslubiyoti. Tizim — bu bir-biri bilan va tashqi muhit bilan o‘zaro muloqotda bo‘lgan va ishlashning umumiy qonuniyatlari bilan birlashtirilgan, yagona birlikni tashkil etadigan elementlarning majmuyidir. Shunday qilib, tizim ikkita tarkibiy qismdan iborat bo‘ladi: tashqi muhit: tizimning kirishi, chiqishi, tashqi muhit bilan bog‘lanish, qaytar aloqa; ichki tuzulma: boshqaruv subyektining obyektga ta’sir ko‘rsatish jarayonini, kirishning chiqishga o‘tishini va tizimning maqsadlariga erishilishini ta’minlovchi o‘zaro bog‘liq bo‘lgan komponentlar majmuyi. Farmatsevtika menejmentida tizimning tahlilni hamma asosiy tushunchalaridan foydalaniladi. Tizim tuzulmasi — tizimning bosh (global) maqsadiga eng yaxshi yo‘l bilan erishish uchun tizimning, lokal maqsadlarni mujassamlantirgan va ma’lum tartibda o‘rnashgan komponentlarining majmuyi. Tizim ichidagi va tashqi muhit bilan bog‘lanish — tizimning komponentlari va tashqi muhit o‘rtasidagi axborot, moddiy, moliyaviy va boshqa oqimlar. Download 1.37 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling