Farmatsevtika menejmenti


Farmatsevtika tashkilotlarining boshqaruviga


Download 1.37 Mb.
bet60/131
Sana14.12.2022
Hajmi1.37 Mb.
#1006262
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   131
Bog'liq
FARMATSEVTIKA MENEJMENTI

14.2. Farmatsevtika tashkilotlarining boshqaruviga
hozirgi zamon yondoshish usullari

Farmatsevtika tashkilotlarining menejmenti umumiy boshqaruv nazariyasi hamda farmatsevtika tovarlari va xizmatlari muomalasi sohasidagi amaliy faoliyat negizida shakllandi.


Farmatsevtika menejmenti bu faoliyatning ijtimoiy va iqtisodiy maqsadlariga erishish uchun umuman farmatsevtika tarmog‘i yoki farmatsevtika tashkilotining resurslaridan samarali foydalanish va ularni muvofiqlashtirish demakdir.
Boshqaruv fanining asosiy nizomlaridan, farmatsiyaning o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga olib, foydalanish — eng umumiy tushunchalar va toifalarni izchil aniqlashtirish asosida amalga oshiriladi (14.2- chizma).
Boshqaruv qonunlarini tabiat, jamiyat va tafakkur qonunlari bilan o‘zaro ta’siri shunda ifodalanadiki, tabiat qonunlarini mensimaslik ekologik ofatlarga, jamiyat qonunlarini mensimaslik ijtimoiy nizolar, nizolar, aholi salomatligining darajasini pasayishi va umuman olganda fuqarolarning turmush darajasining yomonla­shishiga, tafakkur qonunlarini mensimaslik esa — shaxs taraq­qiyotining shaklan o‘zgarishiga sabab bo‘lishi mumkin.
Farmatsevtika menejmenti uslubiyotining o‘zlashtirilishini yengillashtirish uchun boshqaruv fanida asosiy bo‘lib hisoblangan bir qator boshlang‘ich tushunchalarni ko‘rib chiqamiz.
Aholiga farmatsevtika yordamini ko‘rsatishning mahalliy tizimini rivojlantirish boshqaruvning asosiy qonunlariga muvofiq o‘tishi kerak.
1. Boshqaruv tizimlarining umumiylik va yaxlitlik qonuni deganda har qanday boshqaruv tizimi, shu jumladan farmat­sevtika tizimining tashkiliy va funksional yaxlitligi nazarda tuti­ladi. Uning tashkiliy tuzulmasi boshqaruvning maqsadlari va vazifalari bilan belgilab berilgan barcha zarur elementlardan tarkib topishi lozim.


2. Boshqaruv tizimlari erkinliklari darajalarining kerakli sonini ta’minlash qonuni har bir tashkilot faoliyatini obyektiv va subyektiv cheklanishlar yo‘li bilan barcha tizimlarning egiluv­chanligi va bikirligini maqbul ravishda birikishini taqozo etadi. Farmatsiyadagi obyektiv cheklanishlarga normativ-qonunchilik bazasining universalligi, subyektiv cheklanishlarga esa — rahbarlarning malakasi va sifati darajasi bilan erishiladi.


3. Boshqaruv tizimlarining zaruriy xilma-xilligi qonuni farmatsiyada boshqaruv tizimlarining mulkchilikni turli shakllari, tashqi muhitning omillari, jamoaning demografik xususiyatlariga va boshqalarga bog‘liq bo‘lgan tuzulmaviy va funksional xilma-xilligini ta’minlashdan iboratdir.
4. Boshqaruvchi va boshqariladigan tizimchalarning nisbiylik (mutanosiblik) qonuni aholini dorilar bilan ta’minlash tizimlarini rivojlantirishning har bir bosqichi uchun markazlashtiruvning maqbul darajasi belgilab berilishi, boshqaruvning aynan mos shakllari tanlanishi zarurligini ifodalaydi.
Boshqaruv qonunlaridan quyidagi — farmatsevtika tashkilot­larida boshqaruv faoliyatining boshlang‘ich, asosiy, fundamental­ g‘oyalaridan iborat bo‘lgan boshqaruv tamoyillari kelib chiqadi.

Download 1.37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   131




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling