Farmatsevtika menejmenti
Download 1.37 Mb.
|
FARMATSEVTIKA MENEJMENTI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tashkilot menejment tizimini markazlashtirish va markazlashtirmaslikning solishtirma tavsifi
Markazlashtirish — bu tashkilot rahbariyatining yuqori iyerarxik pog‘onasida boshqaruv qarorlarini qabul qilishning hukmronlik funksiyalarini jamlanishi.
Menejment markazlashtirilishining darajasi, avvalo, tashkilotda qabul qilingan boshqaruv tashkiliy tuzulmasining xususiyatlarida ifodalanadi. U chiziqli tuzulmalardan chiziqli-shtabli va funksional tuzulmalarga o‘tilishida pastga tushadi. To‘liq markazlashtirilishda menejer tomonidan birga o‘tkaziladigan funksiyalarning soni minimal, markazlashtirilmaslikda esa — maksimal bo‘ladi. Markazlashtirish bir qator omillarga bog‘liq: tashkilotning o‘lchamlari (tashkilot qanchalik katta bo‘lsa, shunchalik ko‘p vakolatlar boshqaruvning pastki pog‘onalariga o‘tkaziladi); iste’molchilarning o‘rnashgan joyi (ular tashkilotidan va bir-biridan qanchalik uzoq joylashgan bo‘lsa, menejerlarni iste’mochilarga yaqinlashtirish uchun markazlashtirilmaganlikning darajasi shunchalik yuqori bo‘ladi); mahsulot turlarining bir xilligi (markazlashtirilmaganlik u yoki bu guruhdagi tibbiy tovarlarning sotilishi uchun javobgarlarni qo‘yib qo‘yish imkonini beradi); mahsulot yetkazib beruvchi ta’minotchilarning o‘rnashgan joyi va ularning soni (ular qanchalik ko‘p va uzoqda joylashgan bo‘lsa, markazlashtirilmaslik darajasi shunchalik yuqori bo‘ladi). Harakat muolajalari; boshqaruv obyekti; muammolarni hal etish (qarorni tayyorlash, qabul qilish, amalga oshirish, nazorat qilish) bosqichi; vazifalarning (takrorlanadigan, innovatsion va boshqa) xususiyati; makon, zamon, sifat, miqdor; vazifalar hal qilinadigan funksional soha (ta’minot, ishlab chiqarish, sotish, marketing, menejment) kabi parametrlar markazlashtirish va markazlashtirmaslikning mezonlari bo‘lib hisoblanadi. 15.5- jadvalda menejment tizimini markazlashtirish va markazlashtirmaslikning afzalliklari va kamchiliklari keltirilgan. 15.5- jadval Tashkilot menejment tizimini markazlashtirish va markazlashtirmaslikning solishtirma tavsifi
Vakolatlarning boshqaga o‘tkazilishi ayrim shaxslar yoki guruhlarga nisbatan qo‘llaniladi. Vakolatlarning boshqaga o‘tkazilishining asosiy sabablari quyidagilardan iborat: yuqori pog‘onadagi rahbarning tezkor masalalarni hal qilish yuklamasini cheklash, uning e’tiborini taktik va strategik masalalarning hal qilishga jamlanishi uchun sharoitlarni yaratish; quyi pog‘onadagi bo‘g‘inlarning ishlash qobiliyatini oshirish; „inson omili“ni faollashtirish, xodimlarni jalb qilinishi va manfaatdorligini oshirish. Vakolatlarning boshqaga o‘tkazish quyidagi bosqichlarni o‘z ichiga oladi: I. Ayrim yoki bir guruh xodimlarga individual aniq topshiriqlarni berish; II. Qo‘l ostidagi xodimlarga tegishli vakolatlar va resurslarning taqdim etilishi; III. Qo‘l ostidagi xodimlarning ularga berilgan topshiriqlarni bajarish bo‘yicha majburiyatlarini shakllantirilishi. Boshqaruvning iyerarxik tuzulmasida vakolatlarning boshqaga o‘tkazilishi „tepadan pastga“ amalga oshiriladi, shuning uchun funksiyalar va vazifalarning qayta taqsimoti va aniq bo‘linma yoki mansabdor shaxs zimmasiga biriktirilishi har bir pog‘onada o‘tadi. Vakolatlarning samarali taqsimlanishining shartlari quyidagilardan iborat: qo‘yilgan vazifalarni hal qilish uchun vakolatlarning yetarli bo‘lishi; boshqaga o‘tkazilayotgan vakolatlarning o‘zaro munosabatda bo‘lish kerak bo‘lgan subyektning vakolatlari bilan muvofiq holatga keltirmoq; vakolatlarining o‘tish chiziqlarini aniq bo‘lishi, ya’ni har bir xodim vakolatlarni kimdan olishi va kimga berishini, kimga hisobot berishi va kimdan hisobot olishini bilishi kerak. Vakolatlarni boshqaga o‘tkazishning samaradorligiga erishish shartlari boshqaga o‘tkazilayotgan hukmronlik, vakolatlar va javobgarlikni belgilash jarayonida quyidagi tamoyillarni amalga oshirilishi bilan ta’minlanadi: yakkaboshchilik (xodim topshiriqni bitta rahbardan oladi va ularning bajarilishi uchun bitta rahbarga javob beradi); boshqaruvchilik me’yorlarini cheklash (odatda, boshqaruvning yuqori va o‘rta pog‘onalarida bu me’yor 5—10 kishini tashkil qiladi); Download 1.37 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling