Farmatsevtika menejmenti


Farmatsevtika tashkilotining mehnat


Download 1.37 Mb.
bet88/131
Sana14.12.2022
Hajmi1.37 Mb.
#1006262
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   131
Bog'liq
FARMATSEVTIKA MENEJMENTI

16.1. Farmatsevtika tashkilotining mehnat
jamoasi: umumiy tushuncha va tavsiflar

„Mehnat jamoasi“ tushunchasi murakkab va ko‘p qirrali hisoblanadi. U quyidagi: rivojlanish alomatlari va bosqichlari, rivojlanish pog‘onalari, funksiyalar, tuzulmalar, ko‘lam (o‘lcham), ijtimoiy-psixologik jarayonlar, ishlash uslubi kabi tavsiflarga asoslanadi.


Farmatsevtika tashkilotining mehnat jamoasi — bu aholiga farmatsevtika yordamini ko‘rsatish bo‘yicha birgalikda mehnat faoliyatini amalga oshiruvchi xodimlarning birlashmasi.
Birgalikdagi mehnat faoliyati — mehnat jamoasining eng muhim alomatlaridan biri bo‘lib hisoblanadi, lekin u mehnat ja­moa­sining yagona alomati emas. Ular jumlasiga, shuningdek, maqsadlar birligi, jamoa manfaatlari, jamoa a’zolarining iqtisodiy va ijtimoiy-psixologik birdamligi, hamkorlik va o‘zaro yordam, demokratiya va intizom asosidagi boshqaruv, rivojlanishning taraqqiy etishi alomatlari ham kiritiladi.
Mehnat jamoalarining shakllanishi — murakkab jarayon bo‘lib, u, odatda, jamoa rivojining uch: quyi, o‘rta va yuqori (sifatli holat) pog‘onasiga muvofiq bo‘lgan bosqichni o‘z ichiga oladi. Jamoaning rivojlanish pog‘onalari ma’lum ko‘rsatkichlar bilan tasniflanadi, bular: jamoa va shaxsiy manfaatlari hamda harakatlarining birligi; faollik va maqsadlarning amalga oshirilishi; mehnatdan qoniqish; birdamlik; barqarorlik; ijtimoiy-psixologik muhit.
I bosqich — bu shakllanish bosqichidir, u yangi tashkil etilayotgan jamoalarga xosdir. Uning eng muhim elementlari jamoa tuzulmasini butlash va xodimlarni tanlab olish hisoblanadi. Bunday guruh a’zolarining faoliyati asosan rahbarning farmo­yishlari va talablarini bajarishdan iborat bo‘lib, bunda xodimlar turli man­faatlarga, o‘z funksiyalarini bajarishga tayyorgarlikning turli darajalariga ega bo‘ladilar. Ular o‘zlariga qo‘yiladigan talablarni ishlash tartibi hamda ketma-ketligini turlicha tushuna­dilar va idrok qiladilar. Guruhning tayyorgarligi yuqoriroq bo‘lgan bir qismi, ularni ongli ravishda qabul qiladilar va faol qo‘llab-quvvatlaydilar. Guruhning qolgan a’zolari ularni shun­chaki ixti­yo­riy ravishda bajaradilar. Sifatli o‘zgarishlar natijasida jamoa o‘z rivojining keyingi bosqichiga o‘tadi.

Download 1.37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   131




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling