Farmatsevtika menejmenti


Download 1.37 Mb.
bet85/131
Sana14.12.2022
Hajmi1.37 Mb.
#1006262
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   131
Bog'liq
FARMATSEVTIKA MENEJMENTI

Markazlashtirish — bu tashkilot rahbariyatining yuqori iyerarxik pog‘onasida boshqaruv qarorlarini qabul qilishning hukmronlik funksiyalarini jamlanishi.
Menejment markazlashtirilishining darajasi, avvalo, tashkilot­da qabul qilingan boshqaruv tashkiliy tuzulmasining xususiyat­larida ifodalanadi. U chiziqli tuzulmalardan chiziqli-shtabli va funksional tuzulmalarga o‘tilishida pastga tushadi. To‘liq markaz­lash­tirilishda menejer tomonidan birga o‘tkaziladigan funksiyalar­ning soni minimal, markazlashtirilmaslikda esa — maksimal bo‘ladi.
Markazlashtirish bir qator omillarga bog‘liq:
tashkilotning o‘lchamlari (tashkilot qanchalik katta bo‘lsa, shunchalik ko‘p vakolatlar boshqaruvning pastki pog‘onalariga o‘tkaziladi);
iste’molchilarning o‘rnashgan joyi (ular tashkilotidan va bir-biridan qanchalik uzoq joylashgan bo‘lsa, menejerlarni iste’mochilarga yaqinlashtirish uchun markazlashtirilmagan­likning darajasi shunchalik yuqori bo‘ladi);
mahsulot turlarining bir xilligi (markazlashtirilmaganlik u yoki bu guruhdagi tibbiy tovarlarning sotilishi uchun javobgar­lar­ni qo‘yib qo‘yish imkonini beradi);
mahsulot yetkazib beruvchi ta’minotchilarning o‘rnashgan joyi va ularning soni (ular qanchalik ko‘p va uzoqda joylashgan bo‘lsa, markazlashtirilmaslik darajasi shunchalik yuqori bo‘ladi).
Harakat muolajalari; boshqaruv obyekti; muammolarni hal etish (qarorni tayyorlash, qabul qilish, amalga oshirish, nazorat qilish) bosqichi; vazifalarning (takrorlanadigan, innovatsion va boshqa) xususiyati; makon, zamon, sifat, miqdor; vazifalar hal qilinadigan funksional soha (ta’minot, ishlab chiqarish, sotish, marketing, menejment) kabi parametrlar markazlashtirish va markazlash­tirmaslikning mezonlari bo‘lib hisoblanadi.
15.5- jadvalda menejment tizimini markazlashtirish va markazlashtirmaslikning afzalliklari va kamchiliklari keltirilgan.
15.5- jadval


Tashkilot menejment tizimini markazlashtirish va markazlashtirmaslikning solishtirma tavsifi



Afzalliklari

Kamchiliklari

MARKAZLAShTIRISh

Boshqaruvning stratеgik jihatdan yo’nalganligini ta'minlash

Axborotni uzatish uchun ko’p vaqt sarflanishi, unda xatolarning bo’lishi

Qarorlarni, umumiy vaziyatni yaxshi biladigan shaxslar tomonidan qabul qilinishi

Qarorlarni, ma'lum bir vaziyatni yaxshi bilmaydigan shaxslar tomonidan qabul qilinishi

Boshqaruv funktsiyalarining
takrorlanishini bartaraf qilish

Boshqaruv jarayonining egiluvchan bo’lmasligi

MARKAZLAShTIRMASLIK

Boshqaruvning egiluvchanligi va harakatchanligini ta'minlash

Qarorga taktik xususiyatni taqdim etadi

Axborot oqimlarining qisqarishi

Boshqaruv faoliyatining
muvofiqlashtirilishini qiyinlashtiradi

Zimmadagi ishlar yuklamasini ikkinchi darajali muammolardan holi qiladi

Umumiy tashkiliy manfaatlarni e'tiborsiz qoldiradi

Qarorlarni, ma'lum bir vaziyatni yaxshi biladigan shaxslar tomonidan qabul qilinishi

Tashkilotning buzilishiga sabab bo’lishi mumkin

Vakolatlarning boshqaga o‘tkazilishi ayrim shaxslar yoki guruhlarga nisbatan qo‘llaniladi. Vakolatlarning boshqaga o‘tkazilishining asosiy sabablari quyidagilardan iborat:


yuqori pog‘onadagi rahbarning tezkor masalalarni hal qilish yuklamasini cheklash, uning e’tiborini taktik va strategik masa­lalarning hal qilishga jamlanishi uchun sharoitlarni yara­tish;
quyi pog‘onadagi bo‘g‘inlarning ishlash qobiliyatini oshirish;
„inson omili“ni faollashtirish, xodimlarni jalb qilinishi va manfaatdorligini oshirish.
Vakolatlarning boshqaga o‘tkazish quyidagi bosqichlarni o‘z ichiga oladi:
I. Ayrim yoki bir guruh xodimlarga individual aniq topshi­riqlarni berish;
II. Qo‘l ostidagi xodimlarga tegishli vakolatlar va resurslarning taqdim etilishi;
III. Qo‘l ostidagi xodimlarning ularga berilgan topshiriqlarni bajarish bo‘yicha majburiyatlarini shakllantirilishi.
Boshqaruvning iyerarxik tuzulmasida vakolatlarning boshqaga o‘tkazilishi „tepadan pastga“ amalga oshiriladi, shuning uchun funksiyalar va vazifalarning qayta taqsimoti va aniq bo‘linma yoki mansabdor shaxs zimmasiga biriktirilishi har bir pog‘onada o‘tadi.
Vakolatlarning samarali taqsimlanishining shartlari quyida­gilardan iborat:
qo‘yilgan vazifalarni hal qilish uchun vakolatlarning yetarli bo‘lishi;
boshqaga o‘tkazilayotgan vakolatlarning o‘zaro muno­sabatda bo‘lish kerak bo‘lgan subyektning vakolatlari bilan muvofiq holatga keltirmoq;
vakolatlarining o‘tish chiziqlarini aniq bo‘lishi, ya’ni har bir xodim vakolatlarni kimdan olishi va kimga berishini, kimga hisobot berishi va kimdan hisobot olishini bilishi kerak.
Vakolatlarni boshqaga o‘tkazishning samaradorligiga erishish shartlari boshqaga o‘tkazilayotgan hukmronlik, vakolatlar va javobgarlikni belgilash jarayonida quyidagi tamoyillarni amalga oshirilishi bilan ta’minlanadi:
yakkaboshchilik (xodim topshiriqni bitta rahbardan oladi va ularning bajarilishi uchun bitta rahbarga javob beradi);
boshqaruvchilik me’yorlarini cheklash (odatda, boshqa­ruvning yuqori va o‘rta pog‘onalarida bu me’yor 5—10 kishini tashkil qiladi);

Download 1.37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   131




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling