Farmatsevtika menejmenti
Tashkiliy loyihalashtirish
Download 1.37 Mb.
|
FARMATSEVTIKA MENEJMENTI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Funksional alomat bo‘yicha departamentlash.
- Tovar alomati bo‘yicha departamentlash.
- Iste’molchilarning segmentlari bo‘yicha
Tashkiliy loyihalashtirish — bu tashkilotni faoliyatning eng muhim yo‘nalishlariga muvofiq keladigan bloklarga bo‘lish, lavozim vakolatlarini belgilash; aniq shaxslarning majburiyatlarini belgilash. Tashkilotni alohida (bo‘limlar, bo‘linmalar, departamentlar) bloklarga bo‘lish departamentlash deb nomlanadi.
Departamentlash mehnat taqsimoti, tashkiliy bog‘lanishlar, boshqaruvchilik me’yorlari, iyerarxiya pog‘onalari, huquq va javobgarlikni o‘z ichiga oladi. Farmatsevtika tashkilotining „tashkiliy binosi“ ana shu „g‘ishtchalar„dan quriladi. Uning asosiy elementlari o‘rtasidagi o‘zaro harakatlar vertikal va gorizontal bog‘lanishlar orqali amalga oshiriladi. Hozirgi vaqtda tashkiliy tuzulmalar to‘rtta asosiy uslubdan foydalangan holda loyihalashtiriladi: o‘xshashlik uslubi — ilg‘or tajribalarni tahlil qilish asosida o‘xshash sharoitlarda ishlayotgan tashkilotlarning namunaviy tuzulmalarini ishlab chiqishdan iborat; ekspert uslubi — ekspertlarning eng ilg‘or ananalari va tavsiyalarini umumlashtirishdan iborat; maqsadlarni strukturizatsiyalash uslubi — tashkilotni maqsadlari tizimining ishlab chiqilishi va uni keyinchalik, ishlab chiqilayotgan tuzulma bilan birlashtirilishini ko‘zda tutadi; tashkiliy modellashtirish uslubi — aniq ifodalangan mezonlardan foydalangan holda shakllantirilgan matematik, grafik ta’rifni aks ettiradi. Tuzulmaviy bo‘linmalarni asosiy elementlari quyidagilardan iborat: ishlarning turi; ish joylari; departamentlar (bo‘limlar); tashkiliy bog‘lanishlar. Bo‘lim (bo‘linma) — qo‘yilgan maqsadga erishish yo‘lida birgalikdagi harakatlarni amalga oshiruvchi xodimlar guruhining rasmiy jihatdan birlashishi. Tashkilotlarda, shu jumladan farmatsevtika tashkilotlarida bo‘limlarni ajratish, odatda, quyidagi alomatlardan biri bo‘yicha amalga oshiriladi: funksional (bir turdagi funksiyalar bo‘yicha); tovarlar (sotiladigan mahsulot bo‘yicha); jug‘rofik (xizmat ko‘rsatiladigan mintaqa bo‘yicha); iste’molchilarning segmenti bo‘yicha. Tashkiliy tuzulma, odatda, grafik rasm vositasida tasvirlanadi va tashkilotning sxemasi deb nomlanadi. Odatda, tashkilotning sxemasi, yuqori pog‘onani egallagan xodimlar piramidaning asosiga quyi pog‘onadagi xodimlarga nisbatan ko‘proq hukmronlik va javobgarlikka ega bo‘lishini ko‘rsatuvchi piramida shaklida tuziladi. Farmatsevtika tashkilotlari tuzulmasini tashkil etishning eng ko‘p tarqalgan shakli — funksional tuzulmadir (15.1- chizma). Masalan, dorixona omborida funksiyalar bo‘yicha quyidagi: mahsulotni qabul qilish, saqlash, buyurtmalarni jamlash, ekspeditsiya bo‘limlari ajratilishi mumkin. Dorixona tashkilotida dorinomalar (retsepturalar) — ishlab chiqarish va zaxiralar bo‘limi funksional bo‘lishga muvofiq kelishi mumkin. 15.1- chizma. Funksional alomat bo‘yicha departamentlash. Tovar alomati bo‘yicha departamentlash tashkilotdagi funksional bo‘lishning o‘rnini bosolmaydi. Ushbu alomat faqat boshqaruvning qo‘shimcha pog‘onalari va bo‘limlarni ajratish imkonini beradi (15.2- chizma). Masalan, dorixona tashkilotida tovar alomatidan foydalangan holda quyidagi: tayyor dorilar, dorivor o‘simliklar, ko‘zoynaklar optikasi, davolash kosmetikasi, bolalar ovqati va parhez taomlari, gomeopatik vositalar va boshqa bo‘limlar ajratilishi mumkin. 15.2- chizma. Tovar alomati bo‘yicha departamentlash. Tashkilotning mintaqaviy alomat bo‘yicha qurilgan tuzulmasi, tovar alomati bo‘yicha departamentizatsiyalashga o‘xshashdir. Ularning farqi shundan iboratki, quyi pog‘onadagi departamentlarni bo‘lish asosi qilib tovar emas mintaqaviy bozorlar olinadi. Shunday qilib, jug‘rofik alomatdan foydalangan holda tashkiliy tuzulmani qurishda 15.2- chizmada quyidagi o‘zgarishlar bo‘lishi mumkin: 1) direktorning marketing bo‘yicha o‘rinbosarida uning o‘rinbosarlari sifatida turli jug‘rofik segmentlarni marketing bo‘yicha bo‘limlarining rahbarlari bo‘ladi; 2) savdo bo‘limining rahbari o‘z tasarrufida ma’lum jug‘rofik mintaqaning mijozlari bilan ishlovchi sotish bo‘yicha menejerlarga ega bo‘lishi mumkin. Mintaqaviy tuzulma Respublikaning turli mintaqalarida tovarlarni sotish bilan shug‘ullanuvchi farmatsevtika tashkilotlari uchun xosdir. 15.3- chizma. Iste’molchilarning segmentlari bo‘yicha Download 1.37 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling